• Github , Gitlab , Bitbucket
  • Git qanday ishlaydi Asosiy tushunchalar Jamo bolib ishlashdagi muammolardan qochish uchun eng samarali yol bu proyektga versiyalar boshqaruv tizimini joriy qilish. Yani Gitni
  • Git - tarqoq tizimlar sirasiga kiradi. Bu degani u fayllar saqlanadigan markaziy serverga bog'liq emas. Git ma'lumotlarni lokal repositorylarga




    Download 75,33 Kb.
    bet2/4
    Sana02.12.2023
    Hajmi75,33 Kb.
    #109475
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-Amaliy

    Git - tarqoq tizimlar sirasiga kiradi. Bu degani u fayllar saqlanadigan markaziy serverga bog'liq emas. Git ma'lumotlarni lokal repositorylarga saqlaydi. Git repository nima? - bu dasturchining kompyuteridagi qattiq diskdagi bir katalog. Stabillik va har xil versiyalarni sinxronlashtirish uchun lokal repositorylar GithubGitlabBitbucket kabi online servislarda saqlanadi.
    Git o'zi nima uchun kerak?
    Odatda dasturchi bo'lib proyekt bilan (sayt) ishlashda asosiy qiladigan ishlarimiz quidagilardan iborat:

    • O'chirish;

    • Qo'shish;

    • O'zgartirish.

    Agarda proyektimizda misol uchun 10 tagacha fayl bilan ishlansa bu hech qanaqa muammo tug'dirmaydi. Nima o'zgartirilga, nima qo'shilgan va nima o'chirib yuborilgani bilinib turadi. 
    Lekin agar proyektimiz borgan sari kattalashsa va bu proyektga jalb qilingan dasturchilar soni ham oshib borsa protsesni boshqarish juda qiyinlashib ketadi. Boshqarish esa kerak sababi odamlar xato qilishi mumkin yoki bir necha dasturchi 1 ta faylni o'zi bilan ishlashi mumkin. Versiyalar boshqaruvisiz esa faqatgina bir dasturchining kiritgan o'zgarishlari saqlanib qoladi holos.
    Git qanday ishlaydi? Asosiy tushunchalar
    Jamo bo'lib ishlashdagi muammolardan qochish uchun eng samarali yo'l bu proyektga versiyalar boshqaruv tizimini joriy qilish. Ya'ni Gitni.
    Git dasturchilarga doim qaysi fayl qachon va qanday o'zgartirilgani haqida ma'lumotlarni berib boradi. Gitda har bir dasturchining o'zini shaxsiy ish maydonchasi bo'ladi. Ish kuni oxirida yoki proyekt oxirida dasturchi kiritgan o'zgartirishlar asosiy repository bilan sinxronizatsiya qilinadi. Quyidagi rasmda bu jarayonni ilyustratsiyasini ko'rishingiz mumkin.

    Demak serverda bitta umumiy proyekt repositoriyasi bor. Proyektda butun boshli jamoa ishlamoqda. Har bir dasturchi boshqa dasturchilarga halaqit qilmagan holda o'zining lokal repository nusxasida ishlaydi. 
    O'zgartirishlar kiritib bo'lingandan so'ng serverdagi repository bilan sinxronizatsiya qilinadi. Agar ikki dasturchi bir fayl ustida ishlashgan bo'lishsa sinxronizatsiya paytida konflikt yuzaga keladi. Bu konflikt repositorylarni sinxronlashtirayotgan dasturchi tomonidan joyida hal qilinadi.



    Download 75,33 Kb.
    1   2   3   4




    Download 75,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Git - tarqoq tizimlar sirasiga kiradi. Bu degani u fayllar saqlanadigan markaziy serverga bog'liq emas. Git ma'lumotlarni lokal repositorylarga

    Download 75,33 Kb.