O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniringi fakulteti
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
UCHUN
HISOBOTI
“Real Education” xususiy korxonasi
Guruh: 216-20.
Bajardi: Narziyev Asomiddin. Tekshirdi:Yo’ldoshev Abdurahmon.
Korxonadan raxbar: “Real Education” xususiy korxonasi raxbari Kenjayev T.
TOSHKENT 2023
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………….…………….3 I Bob. Korxona bilan tanishish va texnika xavfsizligi talablari
1.1. Korxona bilan umumiy tanishuv………………………………………….........4
1.2. Texnika xavfsizligi……………………………………………………………..5
1.3. Axborot xavfsizligi…………………………………………………………….8
II Bob. Amaliyot davomida bajarilgan vazifa va topshiriqlar
2.1. Kompyuter tizimlari……………………………………………………………10
2.2 Windows OT dan foydalanish………………………………………………….11
2.3 Hujjatlar ustida ishlash…………………………………………………………15
Xulosa………………………………………………………………………………17 Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar.………………………………………......18
Kirish
Amaliyot jarayonida korxona tomonidan biriktirilgan rahbar orqali ko‘plab bilimlar, kasbiy mahoratlar, ish jarayonlari, xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqdik. Ko‘plab tajribali mutaxassislar bilan birga integratsion tizimlarda, dasturlarda birga ishladik. Korxona ham biz amaliyotchilarga, amaliyot jarayonini muvaffaqiyatli o‘tash uchun ko‘plab shart-sharoitlar, qiziqarli tadbirlar uyushtirib berishdi. Bunga minnatdorchilik sifatida ish jarayonida biroz bo‘lsak ham korxona rivoji uchun hissa qo‘sha oldik deb hisoblayman. Amaliyotda asosan, universitet hamda mustaqil o‘zlashtirgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda sinab ko‘rdik, raqamli texnologiyalarni, dasturlarni inson yumushini yengillashtiradigan mahsulot sifatida yetishtirib chiqarishni o‘rgandik. Kompyuter texnologiyalari, tarmoq uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ham master klaslar ko‘rsatildi. Murakkab tarmoq tizimlarini qurishda kerka bo‘ladigan usullar, uskunalar bilan tanishtirildi.
Hozirgi kunda Respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimini amalga oshirilayotgan islohatlar bilan uzviy bog’liq bo‘lishi talab etilmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirilib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos. Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti - ilg‘or xo‘jalik subektlari, aksionerlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
3
I Bob. Korxona bilan tanishish va texnika xavfsizligi talablari 1.1. Korxona bilan umumiy tanishuv
“Real Education” xususiy korxonasi Axborot texnologiyalari departamentida ko‘plab boshqarmalar mavjud hisoblanadi. Jumladan, Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi, Dasturlarni yaratish boshqarmasi, Masofaviy bank xizmatlari rivojlantirish bo‘limi raqamlashgan bank, Tizimlararo integratsiya va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi. Har bir boshqarma o‘zlariga ajratilgan maxsus vazifalarni amalga oshiradi. Korxona ish faoliyati jarayonida ko‘plab ichki tartib qoidalar, xavfsizlik qoidalari mavjud hisoblanadi. Har bir xodim ushbu qonun qoidalar bilan ma’lum bir davrda tanishib chiqadi, hamda ushbu qoidalarga bo‘ysungan holda faoliyat olib borishadi. Agarda ushbu qoidalar buzilganligi aniqlangan taqdirda korxona tomonidan jazo choralari, xattoki ma’muriy, jinoiy jazolarga ham tortilishi mumkun. Hamda, ushbu korxonada xodimnin ish faoliyati jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari ham muhim ro‘l o‘ynaydi. Har bir hodim, elektr uskunalaridan foydalanish, zinalardan tushish, ta’qiqlangan joylarga kirmaslik haqida ko‘rsatmalar olishadi. Yong‘in xavfsizlik qoidalari ham har bir xodimga tanishtirilib chiqiladi. Axborot texnologiyalar departamentida jamoasi orasida o‘zaro ahillik, birdamlik, hamjihatlik ko‘zga yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu yerda barcha hodim korxona rivoji uchun jon berib kurash olib borishadi, hamda korxona ham hodimlarga munosib rag‘batlantirishlar ajratadi. Tizimlararo integratsiya va dasturlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi asosan korxona hamda tashqi korxonalar orasidagi integratsion muhitni tashkil qilish, qo‘llab quvvatlash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu jarayonda hodimlardan o‘ta aniqlikda ish olib boorish talab etiladi. Sababi ularning yelkasida axborot xavfsizligini ta’minlash vazifasi ham qo‘yilgan hisoblanib, korxona ma‘lumotlarini tashqi tarmoqqa chiqib ketmasligini nazorat qilib borishadi.
4
1.2. Texnika xavfsizligi
Korxonaga kelganda korxona tomonidan biriktirilgan shaxs tomonidan bizga amaliyot oldidan texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilib o‘tildi. Bilamizki har bir korxonada, o‘zining ish jarayonidan kelib chiqqan holda texnika xavfsizligi qoidalari ishlab chiqiladi. Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo‘yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat xavfsizligi-bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi. Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko‘zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to‘lqin zarbi va shunga o‘xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog‘ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug‘diradi. Ishlab chiqarishning xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og‘rituvchi moddalarni ta’siri bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo’lish xarakteri bo‘yicha ochiq va yopiq turlarga bo‘lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong‘in, ko‘tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi. Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko‘zga 5
ko‘rinmas nuqson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo‘ladigan kamchilik ko‘rinishda bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog‘ligiga va hayotiga xavf tug‘diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo‘lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.
Kompyuter oldida xavfsizlik qoidalari quyidagilar:
- kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirmaslik kerak.
- kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish mumkun emas.
- qurilmalardagi murvatlarni burash mumkun emas.
- ochiq qurilmalarga metal va elekktr o‘tazuvchi narsalarni tekizish mumkun emas.
- qurilmalarni arduinoga ulamasdan turib elektrga ulash mumkun emas.
- monitorga qo‘l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish mumkun emas.
- qurilmalarning ulanish joylariga tegish mumkun emas.
- kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish mumkun emas. - qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish mumkun emas.
- xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali,tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish mumkun emas.
- kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo‘yish mumkun emas.
- kompyuterlar elektr manbaiga ulangan holda tozalsh ishlarini olib borish mumkun emas.
- qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatishda sanitariya-gigyena talablariga rioya qilish kerak.
- foydalanuvchining ish joyiga tushayotgan yorug‘lik tepadan va chapdan
6
tushishi, displey ekrani va klavishlar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.
- xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja oralig‘ida bo’lishi lozim.
- shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-35 minutdan bir kun davomida 200
minutdan oshmasligi kerak.
- foydalanuvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o‘tirishi kerak.
- Ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish mumkun emas.
Ko‘z uchun mashqlar
- 1-4 hisobda ko‘‘z mushaklarini tarang tortib ko‘zni yuming, 1-6 hisobda ko‘z mushaklarini bo‘sh qo‘ying, ko‘zni oching (4-5 marta takrorlang)
- 1-4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko‘zni charchashga olib kelmang, ko’zni yuming. So‘ngra 1-6 hisobda ko‘zni ochib uzoqqa tikiling (4-5marta)
- 1-4 hisobda boshni burmasdan o‘ngga qarab turing.1-6 hisobda to‘g‘riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko‘zni yuqoriga, pastga, va chapga qaragan holda takrorlanadi.
7
1.3. Axborot xavfsizligi
Har bir tarixiy davrda axborotni himoya qilish usullari va vositalari fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Himoyalangan ma’lumotlarning toifalari davlatning iqtisodiy, siyosiy va harbiy manfaatlari bilan belgilandi.
Axborot xavfsizligi elementlari qadimgi davrlardan beri qo‘llanilib kelinmoqda: ma’lumki, qadimgi Misr va Qadimgi Rimda kriptografiya qo‘llanilgan. Gerodotning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon, Miloddan avvalgi V asrda, axborot kodlash ishlatilgan. Kriptografiyaning dastlabki dasturlaridan biriga klassik misol "Qaysar shifr" deb nomlangan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida axborot mulk shakli sifatida harakat qiladi va shu sababli ma’lum qiymatga ega bo‘ladi. Axborotning jamiyatdagi rolini ta’kidlash uchun ular "sanoat jamiyati" jamiyat rivojlanishining oldingi bosqichidan farqli o‘laroq, "axborot jamiyati" haqida so‘z yuritadilar. Hozirgi vaqtda axborot xavfsizligi masalalarini ko‘rib chiqishda ikkita yondashuvni ajratish mumkin. Norasmiy yoki tavsiflovchi. Shu bilan birga, himoyalangan tizimlarni qurish masalalari tahdidlarga mos keladigan asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi, har bir yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Axborot xavfsizligi nazariyasi doimo rivojlanib bormoqda, chunki axborotni qayta ishlash va uzatish texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ravishda yangi vazifalar paydo bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda u eng rivojlanayotgan tabiiy fanlardan biridir. Tadqiqotning yangi istiqbolli yo‘nalishlari doimiy ravishda paydo bo‘lib, mavjudlari esa yanada chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Istiqbolli yo‘nalishlar qatoriga quyidagilar kiradi:
• Axborot xavfsizligi nazariyasi qoidalarini rasmiylashtirish;
• kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari rivojlanishining hozirgi darajasini aniqroq aks ettiradigan va haqiqiy AES xavfsizligini amaliy ishlatish va tahlil qilish uchun qulayroq bo‘lgan xavfsizlik modellarini ishlab chiqish;
8
• tahdidlarga qarshi vositalar va usullarni ishlab chiqish axborot urushi; • Internet kabi global axborot tarmoqlarida xavfsizlik masalalari;
• elektron tijorat tizimlarining xavfsizligi;
• Uyali aloqa foydalanuvchilari tomonidan ma'lumotlarni qayta ishlash xavfsizligi masalalari.
Axborot xavfsizligi nazariyasi fan va ishlab chiqarish sifatida rivojlanishida axborot xavfsizligi markazlari deb nomlangan. Bularga faoliyatning asosiy yo‘nalishlari axborot xavfsizligi muammolarini yangilash, nazariy tadqiqotlar o‘tkazish va xavfsizlik, analitik faoliyat va prognozlashtirish sohasida aniq amaliy echimlarni ishlab chiqishga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘lgan davlat, jamoat va tijorat tashkilotlari, shuningdek norasmiy uyushmalar kiradi. Xorijiy axborot xavfsizligi markazlari Internetda keng namoyish etiladi. Faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra, bunday markazlar ajralib turadi.
• konsalting. Ular asosan dasturiy ta'minot, apparat vositalari yoki kompleks himoya choralarini tanlash yoki amalga oshirishda, xavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda yoki himoya choralarini qo‘llashni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy bazadan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladigan tashkilotlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar.
• tadqiqot. Odatda, ular yirik o‘quv yurtlari yoki fakultetlari asosida ishlaydi. Davlat tashkilotlari bo‘linmalari va axborot xavfsizligining nazariy asoslarini o‘rganish va takomillashtirish, xavfsiz tizimlarning modellarini o‘rganish va ishlab chiqish, himoya mexanizmlarini sintez qilish va tahlil qilish, qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan.
• Sertifikatlash markazlari. Ular xavfsizlik mahsulotlarini sinash, taqqoslash va sertifikatlashtirish dasturlarini amalga oshiradilar, shuningdek sertifikatlash va sinov usullariga yondashuvlarni ishlab chiqadilar. Hukumat va mustaqil sertifikatlashtirish organlari mavjud.
9
|