O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi




Download 153,48 Kb.
bet2/3
Sana25.12.2023
Hajmi153,48 Kb.
#128222
1   2   3
Bog'liq
O\'tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi
s7RZ6uDFr6ktEVWEzGloFFfNdeUzjVNd, 56156khbgygctxrerexersersxweswewews, yong\'in1, Жўрақулова Мохичехра
O‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushunchalar

Elektr tizimi va uning ayrim elementlarining ishonchli ishlashi ularni loyihalashda o‘tkinchi jarayonlarning qay darajada to‘g‘ri va to‘laligicha e’tiborga olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr energetikaning rivojlanishini boshlang‘ich davrida o‘tkinchi jarayonlarga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Lekin elektr energetikaning jadallik bilan rivojlanib borishi bilan bir qatorda mutaxassislarni oldida yangidan-yangi muammollar ochilib boraverdi. O‘tkinchi jarayonlarning hosil bo‘lish sabablari va salbiy ta’sirlari ma’lum bo‘la borib, ularga qarshi chora tadbirlar ishlab chiqilishi lozim bo‘lib qoldi.
Masalan, elektr mashinalarining boshlang‘ich konstruksiyalari faqat uzoq muddatli normal ish talablariga javob beradigan darajada tayyorlanganligi keyinchalik ularni turli mexanik va mexanizmlarda ishlatilishi bir qancha muammolarnikelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Elektr mashinalarning quvvatlari kichik bo‘lishi va ularga sarflanadigan materiallar zaxirasining yetarli bo‘lganligi uchun qisqa tutashuvning mexanik va issiqlik ta’siriga bardosh berishiga e’tibor berilmagan.
Elektr mashinalarining quvvatini oshib borishi bilan ularga ishlatiladigan materiallardan noratsional foydalanish va ularning ishonchli konstruksiyasini yaratishda faqat normal ish holatlari bo‘yicha talablarni e’tiborga olish noto‘g‘ri deb topildi. Mutahasislar elektr mashinalarining avariyaiga qarshi chora tadbirlarini ishlab chiqishi zarur bo‘ldi. Bu ko‘rinishdagi savollar elektr energetika sohasining barcha tarmoqlarida alohida-alohida muammolarni keltirib chiqardi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.O‘ta kuchlanishdan himoya. 2.Qisqa tutashish muammosi. 3.Elektr tizimining turg‘unligi.
4.Elektr uzatish tarmoqlarining, elektr aloqa tarmoqlariga ta’sir etish muammosi va boshqalar.
Bu ko‘rinishdagi avariya holatlari vujudga kelganda elektr tarmoqlarida o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘ladi, ya’ni elektr tarmog‘ining bir holatdan boshqa bir holatga o‘tishjarayoniyuz beradi. Bundayo‘tkinchijarayonlar shartliravishda uchta guruhga bo‘linadi:
1. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar; 2. Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar; 3. Mahsus holatlar.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar deb asosan quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlarga aytiladi:
a) Qisqa tutashuv va qisqa tutashtirilgan zanjirni qayta ulab-uzishda. b) Tizimda bo‘ylama nosimmetriya hosil bo‘lganda.
v) Sinxron mashinalarning qo‘zg‘atish tizimidagi o‘zgarish ta’sirida.
a) Qisqa tutashuv (QT) deyilganda elektr qurilmalarining faza o‘tkazgichlarini bevosita o‘zaro tutashuvi, neytrali yerga mustahkam va samarali ulangan tarmoqlarda fazalarning yerga (nol o‘tkazgichga) tutashuvi, shuningdek, elektr mashinalar chulg‘amlarining tutashuvi tushuniladi.
Qisqa tutashuv elektr zanjirlarining izolyatsiyasi buzilganda sodir bo‘ladi. Bunday buzilishlar turlicha: izolyatsiyaning eskirishi (teshilishi), elektr uzatuvchi simlarning bir-biri ustiga tushib qolishi, simlarning uzilib yerga tushib qolishi, yer qazish ishlarida kabel izolyatsiyasining mexanik avariyai, havodagi elektr uzatuvchi liniyalarga yashinning urilishi va turli xil tashqi tasirlar natijasida yoki boshqa holatlar ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
Qisqa tutashuvlar simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin.
Uch fazali qisqa tutashuvda elektr tarmog‘ining barcha fazalari bir xil sharoitda bo‘lganligi sababli u simmetrik qisqa tutashuv deb yuritiladi.
Nosimmetrik qisqa tutashuvda tarmoqning fazalari bir xil holatda bo‘lmaydi. Ularga bir fazali, ikki fazali, yer orqali ikki fazali qisqa tutashuvlar kiradi.
Bir vaqtda tarmoqning bitta nuqtasida qisqa tutashuv yuz berganda u oddiy, bir bir nechta nuqtada yuz berganda esa murakkab qisqa tutashuv deb yuritiladio. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra u yoki bu ko‘rinishdagi qisqa tutashuv sodir bo‘lishining nisbiy ehtimolligi 1.1-jadvalda keltirilgan.

Bu ma’lumotlar turli kuchlanish pag‘onasidagi elektr qurilmalari – elektr uzatish liniyalari, podstansiy jihozlarini tanlashda ham e’tiborga olinadi.
Odatda, qisqa tutashuv bo‘lganda shikastlangan fazalardagi tok nominal tok miqdorlaridan bir necha marta katta bo‘ladi.
Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi o‘tkazgichlarda va kontaklarda elektr energiyasining ko‘p isrof bo‘lishiga olib kelib, ularni tez qizishiga sabab bo‘ladi. Qizish jarayoni izolyatsiyaning eskirishi bilan bir vaqtda buzilishini tezlashtiradi, kontaktlarning payvandlanishi va yonishiga, shina va simlarning mexanik mustahkamligini yo‘qolishi kabi noxush hollarga olib keladi.
O‘tkazgichlar va apparatlar belgilangan hisobiy vaqt davomida qisqa tutashuv toki ta’sirida qizib shikastlanmasligi kerak, ya’ni ular termik chidamli bo‘lishi lozim.
Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi, shuningdek, o‘tkazgichlar orasida katta elektrodinamik kuchlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar tegishli tadbirlar ko‘rilmasa, bunday kuchlar ta’sirida tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning izolyatsiyasi buzilishi mumkin. Tok o‘tkazuvchi qismlar, apparatlar va elektr mashinalari shunday loyihalangan bo‘lishi kerakki, ular qisqa tutashuvda hosil bo‘ladigan kuchlar ta’sirida shikastlanmasligi, ya’ni elektrodinamik nuqtai nazaridan turg‘un bo‘lishi lozim. Qisqa tutashuv, ko‘pgina hollarda, o‘tish qarshiligi orqali, masalan izolyatsiyaning buzilgan joyida hosil bo‘luvchi elektr yoyi qarshiligi orqali hosil bo‘ladi. Ayrim xollarda o‘tish qarshiligisiz metalli qisqa tutashuv hosil bo‘ladi. Motorli yuklamalarning ish holatlari kuchlanishning pasayishiga kuchli darajada bog‘liqdir. Kuchlanishning pasayish miqdori katta bo‘lganda, motorning aylanish momenti mexanizmning qarshilik momentidan kichik bo‘ladi. Motor tormozlanib, iste’mol qilayotgan tokning oshishiga sabab bo‘ladi. Bunda tarmoqda kuchlanish yanada ham ko‘proq pasayadi. Buning natijasida kuchlanish ko‘chkisi shakldagi jarayon kuchayib, yanada ko‘proq elektr iste’molchilarini o‘z ta’siriga tortadi.
Qisqa tutashuvda kuchlanishning keskin pasayishi generatorlarining parallel ishlash turg‘unligini buzilishi bilan bir qatorda xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazuvchi tizimli avariyaga olib kelishi mumkin.
Bo‘ylama nosimmetriy qisqa tutashuv bo‘lmasa ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, kommutatsion apparatining bir fazasi payvandlanib qolganda yoki kontaktlari bo‘shab qolishi natijasida bunday holat kuzatilishi mumkin.
Bu turdagi nosimmetriya bo‘ylama nosimmetriya deyiladi.
Zanjirning nosimmetrik yuklanishi va nosimetrik qisqa tutashuv hosil bo‘ladiganda yuzaga keluvchi nosimmetriya ko‘ndalang nosimmetriya deyiladi.

Amaliyot elektr tizimida sodir bo‘ladigan avariya holatlari ayrim vaziyatlarda qisqa muddatli bo‘lishiniko‘rsatadi. Bundayvaziyatlarda shikastlangan joyajratilib, tarmoq qayta ulanganda nominal ish holati tiklanadi. Bunday qayta ulash avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko‘ra havodagi elektr uzatish liniyalari (HEUL) va elektr tizimida AQU qurilmasi keng qo‘llaniladi. HEULda bir fazali qisqa tutashuv ko‘p hosil bo‘lganligi sababli ularda bir fazali AQU (BAQU) keng qo‘llaniladi.





Havodagi elektr uzatish liniyalari
2-10 kV 20-35 kV 110 kV 220 kV
Kabel liniyalari
SHina va tarmoqlar
% hisobida

62,5 37,5 76,2 23,8 79,2 20,8 84,5 15,5 52,7 47,3


81,7 18,3




Download 153,48 Kb.
1   2   3




Download 153,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi

Download 153,48 Kb.