• Mavzu: O‘tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi Tayyorladi: 042-22 guruh talabasi Shomirzayev Asadbek
  • Kirish 1 . O‘t k inchi jarayo n l a r haqida u m u m iy tushunc h alar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi




    Download 153.48 Kb.
    bet1/3
    Sana25.12.2023
    Hajmi153.48 Kb.
    #128222
      1   2   3
    Bog'liq
    O\'tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi
    s7RZ6uDFr6ktEVWEzGloFFfNdeUzjVNd, 56156khbgygctxrerexersersxweswewews, yong\'in1, Жўрақулова Мохичехра

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi

    Elektronika va sxemalar 1” fanidan


    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: O‘tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi
    Tayyorladi: 042-22 guruh talabasi
    Shomirzayev Asadbek


    Qabul qildi:______________________
    Toshkent – 2023 y.


    O'tkinchi jarayonlarni hisoblashning klassik uslubi


    Reja:
    Kirish
    1. O‘tkinchi jarayonlar haqida umumiy tushunchalar
    2. O‘tkinchi jarayonlarning kelib chiqish sabablar va ularning oqibatlari
    3.Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Hozirgi davrda Jahonda ishlab chiqarish sohalarining, madaniyhayotning yuqori suratlarda rivojlanib borishi bilan energiyaga bo‘lgan talab ham keskin oshib bormoqda. An’anaviy organik yoqilg‘ining zahiralari keskin kamayib bormoqda. Bunday sharoitlarda energiyaga bo‘lgan talabni qondirish uchun energiya resurslaridan samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan energiyadan oqilona foydalanish – uni uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida yuqori darajadagi energiya samaradorligini ta’minlash dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasida birinchi navbatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy ishlar Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamisining keyingi yillarda qabul qilingan bir qator buyruq, qaror, farmonlari va boshqa hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ushbu Qonun hujjatlarida qayd etilib, yaqin kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan birinchi navbatdagi tadbirlar doirasida Respublikamizda mavjud bir qator elektr stansiyalarida agregatlarni yuqiri samaradorlikka ega bolgan agregatlarga almashtirish, yangi atom va muqobil energiya manbalari asosida ishlovchi stansiyalarni qurish, energiya samaradorligini ta’minlash bilan bir qatorda elektr tizimlari, tarmoqlari va uskunalarining ishonchliligini oshirtish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya va resurs sig‘imini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydadanishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu masalalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolardan biri ularni yechishning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral PF-4947- sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi haqida»gi Farmoni, 2015 yil 5 may PP-2343- sonli «2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy hayotda energiya sig‘imini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish haqida»gi va 2017 yil 26 may PP-3012– sonli «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchan energetikani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy hayotda energiya samaradorligini oshirish tadbirlari dasturi haqida»gi qarorlari va boshqa qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarish elektr energetika tizimlarining ishonchliligini ularda kechadigan o‘tkinchi jarayonlar, o‘ta kuchlanishlar va elektr izolyatsiyasini tog‘ri va aniq hisoblash va tahlillash asosida baholashning samarali usul va algoritmlarini ishlab chiqish va joriy etishni talab etadi.
    Elektr energetikaning zamonaviy taraqqiyoti elektr energiyani ishlab chiqarishni katta quvvatli elektr stansiyalariga konцentraцiyalash, elektr energiyasining muqobil manbalarini rivojlantirish, yirik energetik birlashmalarni tashkil etish, ularni operativ-dispetcherlik va avtomatik boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish yo‘nalishida bormoqda. Bunday taraqqiyot an’analariga quyidagilar kiradi:
    -elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi agregatlarning birlik quvvatlarini ortishi;
    -yuqori kuchlanish elektr tarmoqlarining kuchlanishlarini ortishi; -energetik birlashmalarning quvvatlarini ortishi;
    -elektr energetika sohasi hamda elektr energiyasi va quvvati bozorini erkinlashuvi;
    -energetik birlashmalarni operativ-dispetcherlik va avtomatik boshqarish usullari va vositalarini takomillashuvi;
    -energetika tizimlarining holatlarini boshqarishning mavjud texnologiyalarini rivojlantirish va yangi usullarini ishlab chiqilishi;
    -elektr energiya bilan ishonchli ta’minlashda muammoli zonalarning paydo bo‘lishi.
    Sanab o‘tilgan taraqqiyot an’analari elektr energetika tizimlarining holatlarini rejalashtirish va boshqarish hamda ularni ishonchli ishlashini ta’minlashda o‘tkinchi ish jarayonlari, shuningdek, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya sharoitlarini e’tiborga olish zarurligini belgilaydi. Buning uchun elektr energetika tizimlarida yuz beruvchi o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash va tahlillashning mavjud usullarini takomillashtirish, yangilarini ishlab chiqish va joriy etish, elektr tizimi va uskunalarida yuz beruvchi o‘ta kuchlanishlarni mohiyatini aniqlash va baholash, elektr uskunalarining izolyatsiyasi xususiyatlarini to‘g‘ri baholash va ularning samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish birinchi navbatda elektr energetika tizimlarida o‘tkinchi jarayonlar, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya masalalarini chuqur bilishni talab etadi.
    «O‘tkinchi jarayonlar, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya» fanining vazifasi talabalarning elektr tarmoqlarida va tizimlarida hosil bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlar, elektr tarmoqlari va uskunalarida o‘ta kuchlanish va izolyatsiya masalalarini o‘rgatish hamda muxandis-texnik masalalarni yechishda zarur bo‘gan nazariy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
    Fanini o‘rganishdan maqsad elektr stansiya, podstansiya va elektr tizimidagi o‘tkinchi jarayonlarning turlari va tavsiflari, ularni hisoblash yo‘llari, elektr tarmoqlari va uskunalarida o‘ta kuchlanish va izolyatsiya masalalari bilan tanishish, ularni hisoblash usullari haqida tasavvur hosil qilish va ularni o‘zlashtirishdan iborat.
    Elektr tizimining ish holati hamisha turg‘un bo‘lmasdan, o‘zgarib turadi. Tizim bir ish holatidan boshqa ish holatiga doimo o‘tib turadi. Bunday jarayonlarni hisoblash va tahlil qilish uchun uning matematik tavsiflarini ishlatishga to‘g‘ri keladi. Amaliy masalalarda odatda o‘tish jarayoni bir nechta ketma-ket o‘tuvchi va elektr tizimning bir guruh ma’lum parametrlarini o‘zgarishini xarakterlovchi jarayonlardan tashkil topgan deb qabul qilinadi.
    Elektr tizimlarida o‘tish jarayonini elektromagnit va elektromexaniko‘zgarishlar bilan ta’riflash mumkin. Elektr tizimdagi har bir holatni o‘zgarishi o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
    Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarni tahlil qilishda aylanuvchi qismlarga ega bo‘lgan barcha elektr mashinalarini mexanik inertsiyasi bo‘lganligi sababli, o‘tkinchi jarayonni boshlang‘ich davri asosan elektromagnit o‘zgarishlari orqali ta’riflanadi. Keyingi lahzalarda, ya’ni harakatlanish natijasida mexanik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi oqibatida bu jarayon elektromexanik o‘tish jarayonlarini hosil qiladi. Bu jarayon asosan xarakatlanuvchi elektr mashinalarida elektr va magnit jarayonlarning hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi.



    Download 153.48 Kb.
      1   2   3




    Download 153.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti sirtqi bo‘lim Telekommunikatsiyalar yo‘nalishi

    Download 153.48 Kb.