• Fixed WiMAX
  • Nomadic WiMAX.
  • WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari




    Download 131,91 Kb.
    bet8/9
    Sana26.12.2023
    Hajmi131,91 Kb.
    #128426
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi yo‘nalishi

    WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).

    WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).


    Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig’idagi bog’lanish past chastotali diapason (2-11GHz) orqali amalga oshiriladi. Bunday bog’lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot uzatishga imkon beradi va to’g’ridan-to’g’ri signal ko’rishni talab etmaydi.


    Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat “so’nggi milya”, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.


    Qo’shni baza stansiyalari bilan OYCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan


    ma’lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.

    Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog’lanish orqali (T3 va shunga o’xshash) provayder bilan doimiy bog’lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.


    IEEE 802.16 tarmog’i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog’iga o’xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km radiusda xizmat ko’rsata oladi.


    WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.


    WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud:
    Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa;


    Nomadic WiMAX seansli aloqa;
    Portable WiMAX siljish rejimidagi aloqa;
    Mobile WiMAX – mobil aloqa.


    Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga olib keladi.
    Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi.



    Download 131,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 131,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari

    Download 131,91 Kb.