|
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi»
|
Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 25,18 Kb. | | #133337 |
Bog'liq 09.12.2023 ijodiy amaliy
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU FARG‘ONA FILIALI
« TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI VA KASB TA’LIMI» FAKULTETI
621-20 guruh talabasi
Umarova Gulyoraxonning
IJODIY TA'LIMdan tayyorlagan
QAYTA O‘ZLASHTIRISHI
Qabul qildi: BILOLOV I. O‘.
Bajardi: UMAROVA G.I.
Farg`ona – 2023
№ 12 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: “10 kashfiyot” kreativ metodi va qo’llanilishi
Ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish har bir o'qituvchi tomonidan, shu jumladan o'z talabalariga o'qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Shuning uchun ular jiddiy harakat qilishlari va o'quv jarayonini loyihalashlari kerak. Talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish usullaridan biri kashfiyot o'rganish modelidan foydalanishdir. Ushbu tadqiqot 2016 yilda fizika ta'limi o'quv dasturida o'rganish va o'qitish darsini tadqiqot mavzusi sifatida olgan talabalar bilan olib borildi. Tadqiqot tahlili va muhokamasi natijalaridan xulosa qilish mumkinki, kashfiyot o'rganish modeli o'quvchilarning strategiya fanini o'rganish va o'qitishda ijodiy fikrlash qobiliyatini rag'batlantirishi mumkin.
Ijodiy fikrlash qobiliyati insho testidan moslashtirilgan ball baholash texnikasi yordamida baholanadi, bunda eng yuqori ball 4 ball, eng past ball esa 0 balldan iborat. Ushbu tadqiqotda ijodiy fikrlash qobiliyati ko‘rsatkichlari o‘ziga xoslik, ravonlik, moslashuvchanlik va ishlab chiqish. Ballar quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq ekan, ijodkorlik yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy yechimi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashkil qilish bilan hal etiladi.
O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi asosiy usullarga tayanadi:
doimo o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o‘quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo‘llanilgan metodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va yechimlarni izlashga odatlanadilar;
o‘quvchilarni ijodkorlik metodlariga o‘rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo yechimini topishga qaratilgan vazifalar o‘rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi;
o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning yangi yechimini topish ijodkorlik faoliyatining so‘nggi bosqichi bo‘lib qolmasligi kerak. O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini «oxiriga yetkazish»ni o‘rganishlari, ya’ni yangi yechimni sinab ko‘rish, asoslash va tatbiq qilishga oid ma’lum ko‘nikmalarni egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko‘tarish zarur asosni yuzaga keltiradi. Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida yuqori faollik darajasini ta’minlashga va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi bo‘lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi;
ijodkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihati – axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, busiz har qanday ijodkorlik metodi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabop maqolalar, markalar va h.k.larni yig‘ish, saralash va tizimga keltirish ishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin;
ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarining juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala - shaxs ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to‘g‘risida so‘z yuritilganda o‘quvchilar «Ulug‘ allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani yengishning muhim yo‘nalishlaridan biri turli hayot yo‘liga ega bo‘lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog‘liq bo‘lib, bunda so‘z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro‘y-rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan samarali qo‘llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Demak, navbatdagi dolzarb vazifa sifatida maqolada keltirilgan usullarni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim.
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko‘rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tatbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A,-] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [ -, H ]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo - yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi.
Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar. Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo‘lishi bilan insoniyat o‘z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi. Insoniyat o‘sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsiyentini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ko‘p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shug‘ullanadi deb tushunishgan. Ilm, fan va texnikaning o‘sib borishi shuni ko‘rsatadiki ko‘p sonli maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishini ta’minlay oladi.
Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol metodlariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, elektron hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:
birinchidan, murakkab masalalarni, hatto, daho insonlar ham yakka o‘zlari yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi;
ikkinchidan, texnik yechimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g‘oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim;
uchinchidan, mavjud bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar orasidan asosli va samarali bo‘lganlarini ajratib olish yo‘llarini belgilash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi»
|