• Bajardi: UMAROVA G.I. Farg`ona – 2023 MAVZU: Bitiruv malakaviy ishlarining maqsadi va vazifalari
  • O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi»




    Download 31,65 Kb.
    Sana12.01.2024
    Hajmi31,65 Kb.
    #135821
    Bog'liq
    12.12.2023 ILMIY MARUZA


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU FARG‘ONA FILIALI
    « TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI VA KASB TA’LIMI» FAKULTETI

    621-20 guruh talabasi
    Umarova Gulyoraxonning
    ILMIY TA'LIMdan tayyorlagan

    QAYTA O‘ZLASHTIRISHI


    Qabul qildi: OXUNOV T.M.
    Bajardi: UMAROVA G.I.


    Farg`ona – 2023
    MAVZU: Bitiruv malakaviy ishlarining maqsadi va vazifalari
    Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni o'qitish va ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish va o'tkazish, baholash metodikasini ishlab chiqish, o'quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish bo'yicha bakalavriat talabalarida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda mustaqil izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
    Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad: ta'lim yo'nalishi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni ta'lim jarayonida ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo'llash; ijodiy ishlash, muammo yoki masalaning (muammoning) o'qitilish jarayonidan boshlab, uni to'la nihoyasiga yetkazish bo'yicha qaror qabul qilishda bo'lgan mas'uliyatni his etishga o'rgatish; zamonaviy ta'lim, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanish sharoitida talabalarni mustaqil ishlash va qaror qabul qilish hamda ijodiy yondashuvga tayyorgarligini ta'minlash. Bitiruv malakaviy ishidan quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalar amalga oshirilishi kerak.
    Ta'limiy: talabalarda o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitish jarayonini va ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish, o'tkazish va baholash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish. Tarbiyaviy: talabalarning yakka tartibda, mustaqil, kichik guruhlarda va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Rivojlantiruvchi: talabalarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish.
    Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
    - olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo'yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
    - mustaqil ma'lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o'rganishga bo'lgan bilimlarni egallash;
    - bitiruv malakaviy ishda qo'yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini o'zlashtirganlik darajasini
    Umumiy tafsilotlar namoyish etish;
    - real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo'lishi;
    - tanlangan mavzu bo'yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, hodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
    - mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
    - kasb-hunar ta'limini samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
    Bitiruv malakaviy ishini bajargandan keyin talaba quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarini egallashi kerak:
    - o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish jarayonini tashkil etish va o'tkazish;
    - o'quv amaliyotini ishlab chiqarish ta'limini tashkil etish va o'tkazish;
    - o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini baholash metodlarini samarali qo'llash;
    - o'qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo'llash;
    - o'qitish jarayonida faol ta'lim metodlarini o'rinli qo'llash;
    - o'quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish, o'tkazish va baholash;
    - o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi uchun o'quv uslubiy mashg'ulotlarini ishlab chiqish;
    - ta'lim beradigan fani bo'yicha elektron ta'lim resurslari va uslubiy adabiyotlarini yaratish.

    Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi Umumiy talablar Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta'lim muassasasidagi barcha ta'lim olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini nazorat qilish, shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta'limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.


    Bitiruv malakaviy ish:
    - ilmiy tadqiqotning dastlabki ma'lumotlarini tizimlashtirilgan holda saqlashi;
    - tanlangan mavzu bo'yicha tadqiqotning bajarilish yo'llari va natijalarini ifodalashi;
    - olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo'yicha tayyorlash sohasida mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o'z ichiga olishi;
    Umumiy tafsilotlar
    - yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan avvaldan ma'lum bo'lgan shartlar umumlashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olishi;
    - munozarali va bahsga sabab bo'lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab olishi lozim.
    Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma'lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta'lim standartlari, texnologik ko'rsatma va me'yoriy hujjatlardan foydalanishni o'rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va texnikaning ilg'or yutuqlarini nazarda tutib kiyim tayyorlashning eng samarador usullari, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni loyihalay olishi lozim. Shu bilan birga o'rta maxsus ta'limi tizimi, soha bo'yicha kasb-hunar kollejlari o'quv dasturlari va o'quv rejalari bilan tanish bo'lishi, mutaxassislik fanlarini o'qitish uslubiyati, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qo'llay oladigan bo'lishi kerak.
    Bitiruv malakaviy ish talabaning:
    - turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik masalalarning ko'proq maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;
    - mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;
    - qo'yilgan vazifalarni yechishda tanlangan metodlarni asoslashi;
    - manbalar, adabiyotlar va boshqa lug'aviy-axborot materiallari bilan mustaqil ishlashi;
    -ularni nazariy tahlil qilishi;
    - zarur dalillar, raqamli ma'lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish etishi;
    - asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va amaliy tavsiyalar berishi;
    - o'z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to'g'ri rasmiylashtirishi;
    - olingan natijalar taqdimotini zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo'llagan holda o'tkazishi kabi mahorati to'g'risida dalolat berishi lozim.
    Bitiruv malakaviy ishning tarkibi va mazmuni: Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda ko'rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi. Bitiruv malakaviy ishda iloji boricha oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi.
    “Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalarining o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o’zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir.
    Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va mazmuni Bitiruv malakaviy ishni talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo’lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba: tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi;
    tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlashtirishi; tadqiqot predmeti va obyektini aniqlashi va tavsiflashi;
    tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi;
    xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo’yicha takliflar berishi lozim. Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi
    titul varag’i; mundarija; kirish; asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni);
    xulosa; foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati;
    bitiruv malakaviy ish bilan bog’liq ilovalardan iborat bo’ladi.
    Titul varag’i bitiruv malakaviy ishning birinchi sahifasi hisoblanadi va u belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi (4-ilova). Titul varag’idan keyin mundarija keladi.
    Mundarija qismida bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlari keltiriladi. Bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlarining nomlari qisqartirilmaydi va asosiy matn sarlavhasiga muvofiq tarzda berilishi zarur. (5-ilova) Mundarijadan keyin ishning kirish qismi keladi. Kirish qismida quyidagilar keltirilishi shart: bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati;
    mavzuning oldiga qo’ygan maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalar;
    mavzuning o’rganilganlik darajasi; tadqiqotning obyekti va predmeti;
    tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning tarkibiy tuzilishi;
    tadqiqot bo’yicha chop qilingan maqola va tezislarning manbalari (bu band faqat maqola nashr qildirganlarga tegishli). Kirishning umumiy hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet ko’pi 6 bet bo’lishi mumkin. Asosiy qismda o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jihatlari boblarga va paragraflarga ajratilgan holda bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishning matnini bayon qilish tartibi alohida qism sifatida keltirilgan. Asosiy qismdan keyin xulosa qismi keladi.
    Xulosada talaba tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarni o’rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada faollashtirish borasida qisqa, aniq va lo’nda fikrini muxtasar shaklda bayon qiladi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet, ko’pi 6 bet bo’lishi mumkin. Xulosadan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan foydalanilgan barcha rasmiy hujjatlari, ilmiy manbalar, statistik va tahliliy materiallar, shuningdek, ilmiy maqola va tezislar to’plamidan tashkil topadi. Adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi alohida qismda keltirilgan.
    Ilovada mavzuni yoritish uchun to’liq foydalanilmaydigan ma’lumotlar, jadvallar, grafiklar, rasmiy hujjatlari nusxalari, diagrammalar keltiriladi va belgilangan tartibda ketma-ketlik asosida raqamlab chiqiladi.
    Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashga qo’yiladigan talablar
    Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va rasmiylashtirishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:
    bitiruv malakaviy ish bob va bo’limlarining mazmuni BMIning
    asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim;
    BMI matni kompyuterda teriladi;
    BMI umumiy qabul qilingan standart bo’yicha muqovalanadi;
    BMIning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning
    kompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi:
    bitiruv malakaviy ish A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1, 5 interval 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi xoshiyalar o’lchamiga rioya qilish zarur: chap tomondan - 3 sm. o’ng tomondan - 1 sm. yuqoridan - 2 sm. Pastdan -2,5sm. bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yoziladi va raqamlab chiqiladi; bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim: jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaqlarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga qo‘yiladi. bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha iqtibos, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o’zidagina iqtibos (sitata) va havola (snoska) qilishi zarur. Shuningdek, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni bayon qilishda matnda ularning tartib raqami ko’rsatilib izohlanishi kerak. Masalan, “5-jadval, 3-rasm, 4-chizma yoki 2-diagrammada keltirilgan ma’lumotga ko’ra” iboralarini ko’llash tavsiya etiladi. Adabiyotlar va manbalar ro’yxatini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur: birinchi me’yoriy hujjatlar yillar bo’yicha ketma-ketlikda beriladi va unda oldin O’zR Qonunlari, keyin O’zR Prezidentining Farmon va qarorlari, undan keyin O’zR. Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, oxirida O’zR Vazirliklari va Qo’mitalarining Qarorlari va nizomlari keltiriladi;
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalari keltiriladi; mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar keltiriladi;
    mavzuga tegishli dissertasiya va avtoreferatlar keltiriladi; jurnallardagi ilmiy maqolalar keltiriladi; ilmiy ishlar to’plamlari va konferensiya materiallari tezislar keltiriladi; O’zR rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi; xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi; bitiruv malakaviy ishda xorijiy tillardagi ilmiy manbalardan foydalanilsa, ularni chet tillardagi adabiyotlar bandi sifatida ajratib, davlat tilida keltirilgan adabiyotlardan keyin tillar bo’yicha keltirish mumkin. Masalan: a) rus tilidagi manbalar:b) ingliz tilidagi manbalar va hokazo shaklida.
    kitoblar, ya’ni ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar hamda statistik va tahliliy materiallar keltirilganda kuyidagi tartibga amal qilish zarur: muallifning familiyasi (to’liq). ismi-sharifi (bosh harflari), nuqta belgisi, kitobning nomi, nukta, tire, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot nomi, vergul, nashr qilingan yil, nuqta, tire, kitobning “Iqtubos yoki havola” keltirilgan beti. Masalan, Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat. 2008. -B.30-31.
    jurnal va to’plamlar adabiyotlar manbasi sifatida keltirilganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: maqola muallifining familiyasi (to’liq), ismi-sharifi (bosh harflari), nuqta belgisi, maqolaning to’liq nomi, parallel ishorasi, jurnal, to’plam nomi qo’shtirnoqsiz holda, nuqta, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot yoki tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan betlar;
    bitiruv malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotning muallifi uch va undan ortiq bo’lsa, boshdagi ikkita muallif yuqorida keltirilgan talab bo’yicha rasmiylashtirilib, qolganlari uchun “va boshqalar” deb yoziladi:
    BMI da foydalanilgan adabiyotlarning nomi tarjima qilinmaydi va yozuv imlosi o’zgartirilmaydi, ya’ni lotin imlosidagi manbalar lotin imlosida berilishi zarur.
    Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan ilmiy rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, “Ilmiy raxbar xulosasi” bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. “Ilmiy rahbar xulosasi”da talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Xususan, ilmiy raxbarning xulosasida quyidagilar
    bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:
    olib borilgan tadqiqotning kafedra ilmiy yo’nalishi bilan bog’liqligi;
    tadqiqot ishining yangiligi;
    talabaning ilmiy ishga yondashuvi va layoqatiga qisqacha tavsif;
    xulosalarning sifati;
    BMIga qo’yilgan talablarga mosligi o’z aksini topishi lozim.
    Kafedra mudiri o‘rnatilgan tartibda malakaviy ishning tayyorgarlik holatini aniqlaydi va taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni himoyaga kiritish masalasini kafedra yig’ilishida muhokama qilib, tegishli qaror qabul qilinishini ta’minlaydi.
    Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ishi fakultet dekani imzosi bilan o’rnatilgan tartib bo’yicha mutaxassislarga taqrizga yuboriladi.
    Tashqi taqrizda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:
    mavzuning dolzarbligi;
    tadqiqot yangiligining asoslanganligi;
    tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati;
    BMIning mazmuni va tugallanganlik darajasi bo’yicha tanqidiy mulohaza:
    BMIga qo’yilgan talablarga mosligi.
    Taqrizlar iste’molchi korxona va tashkilotlardan, soha mutaxassislaridan, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedra professor-o’qituvchilari hamda sohaga tegishli ilmiy tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlaridan olinishi mumkin.
    Fakultet dekani BMImi “Taqriz”, “Ilmiy rahbar xulosasi” va “Topshiriq” bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestasiya komissiyasiga taqdim etadi.
    Talaba tomonidan taqdim etilgan BMI belgilangan me’yorlar darajasida bajarilmagan taqdirda ish kafedra majlisida, ilmiy rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiqlanib, tegishli qaror qabul qilish maqsadida universitet rektoriga taqdim etiladi.
    Talaba himoya kunidan 10 kun oldin quyidagi hujjatlarni bitiruv malakaviy ishi bajarilgan kafedraga taqdim qilishi shart:
    BMI ni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, taqdim qiladi.
    Ilmiy rahbar xulosasi.
    Tashqi taqriz.
    BMIning kafedrada muhokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma.
    Talaba BMI bo’yicha 5-7 bet hajmda kompyuterda annotasiya yozadi va 6 nusxada kafedraga taqdim qiladi.
    Xulosa va taqriz hajmi 1,5-2 betni tashkil etishi kerak.
    Ilmiy rahbar xulosasi, Tashqi taqriz, Topshiriq va BMIning kafedrada muxokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma BMI muqovasining ichki tomoniga konvertga solib yelimlanadi.
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlash
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan
    o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra bitiruv malakaviy ishga
    qo-yiladigan majburiy talablar hajmini belgilaydi. Shu bois bitiruv malakaviy
    ishni bajarish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarga
    tavsiya qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan
    o‘rnatilgan tartib bo‘yicha Bitiruvchi talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish
    tartibida) Bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi.
    Shuningdek, talaba yoki talabaning oqishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini
    to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi
    bo‘yicha oz variantlarini taklif etishlari mumkin.
    Talaba tomonidan bitiruv malakaviy ishni muvaffaqiyatli bajarish ko‘p
    jihatdan mavzuni ijodiy ishlab chiqish va tanlab olishga bog‘liq bo‘ladi. Talaba oz
    ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusini
    kafedra tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan ro‘yxat ichidan o‘rnatilgan tartib
    bo‘yicha mustaqil ravishda tanlashi bu borada yaratilgan imkoniyat hisoblanadi.
    Bitiruv malakaviy ish berilgan topshiriq, asosida shaxsan talaba tomonidan
    bajariladi.
    Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi umumiy qoida sifatida kirish, asosiy qism,
    xulosa, tadqiqot jarayonida foydalanilgan adabiyotlar va statistik to‘plamlar hamda
    qo‘shimcha materiallar ro‘yxatidan, ilovalardan tashkil topadi. Bitiruv malakaviy
    ishning barcha qismlari bir-biri bilan mantiqan o‘zaro bog‘langan bolishi va
    mavzuning ochib berishga xizmat qilishi zarur. Shu bois ilmiy izlanishning
    kontseptsiyasini, uning asosiy g‘oyalarini belgilab beruvchi reja, ya’ni
    o‘rganiladigan muammolarning asoslari va doirasini ishlab chiqish maqsadga
    muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, mavzuga tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni
    to‘plash, tartibga keltirish, tasniflash, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida
    bitiruv malakaviy ishning rejasi takomillashtirilishi yoki uning yo‘nalishi òzgartirilishi mumkin.
    Download 31,65 Kb.




    Download 31,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali «telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi»

    Download 31,65 Kb.