O’zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti




Download 429.21 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2024
Hajmi429.21 Kb.
#199435
  1   2   3
Bog'liq
KT guli Mustaqil ish
2, 1701274585, durdona, Abonent kirish optik tarmoqlari-www.genderi.org, 4-topwiriq, 3-amaliy ish, 1710238275, 1709748949 (1), amaliy ish - 1, Tizimli dasturlash amaliy 1, amaliy-3, MALUMOTNOMA, 122, 1709460040 (1), 1710238376 (3)

O’ZBЕKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


Kampyuter tarmoqlari


fanidan


Mustaqil ish №1

027-21 guruh talabasi


Bajardi: Abdusalomova Gulmira
Qabul qildi:


Toshkent 2024


Mavzu:Marshrutlash algoritmlari: masofaviy-vektorli marshrutlash
Reja:
1.Kirish.
2. Marshurtlash algoritmlari.
3.Masofaviy-vektorli marshurtlash.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish. Barcha mavjud tarmoqlar marshrutizatorlari va tarmoq tugunlarida yaratilgan marshrutlash jadvallari asosida marshrutlash jarayonini boshqaradi. Asosan Floyd va Deykster yoki Belmann Ford algoritmlariga asoslangan algoritmlar asosida, marshrutizatorlarda avtomatik yoki tarmoq adminstratorlari tomonidan qo‘lda marshrutlash jadvallarini sozlash, tuzatish va qo‘shimchalar qo‘shish jaryonlari orqali marshrutlash jadvalini tuzish mumkin.


Marshrutlash jadvali tuzishda marshrutizatorlar maxsus protokollari yordamida tarmoq topologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ib o‘zaro almashib turadilar. Bunday protokollarga marshrutlash protokollari deb ataladi. RIP, OSPF, NLSP marshrutlash protokollarini, IP, IPX tarmoq protokollaridan farqlash kerak. Ikkala tur protokollar OSI modelining tarmoq darajasi vazifalarini bajaradilar va paketlarni har xil tarmoq manzillariga yetkazib berishadi. Shu vaqtda birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar ma’lumotini uzatish uchun mo‘ljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq protokollarining transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yo‘nalish ma’lumotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi transport darajasi paketlarining ma’lumotlar maydonida joylashtiriladi. Shu sababdan paketlarni joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak. Marshrutizatorlar paketlarning marshrutlarini aniqlash uchun manzil jadvallariga murojaat qilganida, ularning murojaat uslublari ko‘prik va kommutator bilan o‘xshashligini, ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining strukturasi farq qilishini bilish mumkin. Jarayonda MAC-adreslar o‘rniga marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoq manzili ko‘rsatiladi. Marshrutlash jadvalining ko‘priklar manzil jadvalidan boshqa farqi bo‘lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Lokal tarmoq ko‘priklari jadvalini qurish paytida, o‘zi orqali o‘tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari o‘zaroga uzatayotgan kadrlarini passiv nazorat qilib turgan vaqtda, marshrutizatorlar o‘z initsiatrivasi bilan maxsus xizmat paketlarini almashadilar va intertarmoqdagi tarmoqlar, marshrutizatorlar va joriy tarmoqlarning marshrutizatorlar bilan bog‘lanishi to‘g‘risida qo‘shnilariga ma’lumot uzatadilar. Odatda, aloqaning nafaqat topologiyasi balki o‘tkazish qobiliyati va holati hisobga olinadi. Bu marshrutizatorlarga tarmoq moslashishga hamda, konfiguratsiyasining topologiyali tarmoqlarda o‘zgarishlariga paketlarni tezroq to‘g‘ri uzatishga imkon beradi. Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tarmoq bog‘lanishlarining jadvalinini yaratadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir nomeri uchun ma’qul bo‘lgan yo‘nalishni topish uchun, shu tarmoqqa jo‘natilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorlarning qaysi biriga uzatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va natijasi marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o‘zgarganda marshrutlash jadvalidagi ayrim ma’lumotlar samarasiz bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarda shu yo‘nalish bo‘yicha yuborilgan paketlar yo‘lda to‘xtab qolishi yoki yo‘qolishi mumkin. Optimal yo‘nalish tanlashda, boshlang‘ich tugunidan to oxirgi tugungacha bo‘lgan marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi emas, faqat keyingi yaqin marshrutizator aniqlangan. Ushbu algoritmga muvofiq marshrutlash taqsimlangan usul bo‘yicha amalga oshiriladi va har bir marshrutizator yo‘nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun yo‘nalishning tuzilishi, ushbu paket o‘tgan barcha marshrutizator ishlash natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi. Bir qadamli marshrutlash usuliga teskari ko‘p qadamli yondoshish usuli ham mavjud. Bu usulga Source Routing - manbadan marshrutlash deyiladi. Bu usulga ko‘ra, manba tarmoqdan yuborilayotgan paketda, u tarmoqdagi hamma oraliq marshrutizatorlari haqida to‘la yo‘nalish belgilanadi. Ko‘p qadamli marshrutlash usulidan foydalanilganda paketlar o‘tadigan oraliq marshrutizatorlarda marshrutlash jadvalini qurish va tahlil qilishga ehtiyoj qolmaydi. Bunday usul tarmoqda paketlarning o‘tishini tezlashtiradi, ammo marshrutizatorlarni yuklanishi ortadi, ya’ni bunda tarmoqning oxirgi tugunlariga katta yuklanish tushadi. Bu usul tarmoqlarda bugungi kunda taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga qaraganda juda kam qo‘llaniladi. Yangi versiyasidagi IP protokollari klassik bir qadamli marshrutlash hamda manbadan marshrutlash usullarini ham qo‘llashi mumkin. Marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab bir qadamli algoritmlar uchta sinfga ajratiladi: - statik marshrutlash algoritmi; - oddiy marshrutlash algoritmi; - dinamik yoki adaptiv marshrutlash algoritmlari. Statik marshrutlashda, marshrutlash jadvaliga kiritilgan hamma ma’lumotlar statik, o‘zgarmas hisoblanadi. Tarmoq adminstratori qaysi marshrutizatorlardan u yoki bu manzilga ega paketlarni uzatish kerakligini belgilaydi va router OS Unix yoki Windows NT dasturlari yordamida marshrutlash jadvaliga muvofiq ma’lumotlarni kiritadi. Bunda tarmoq adminstratori tarmoqdagi marshrutizatorlarni qayta dasturlaydi. Marshrutlash jadvali yuklanish jarayonida muvofiq sozlanadi, agar tarmoqda ixtiyoriy marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa marshrutizatorga tarmoq adminstratori yuklaydi. Ikki xil yo‘nalish jadvali mavjud bo‘lib, birinchisi, bir yo‘nalishli jadvalda har bir manzil egasi uchun bitta yo‘nalish, ikkinchisi, ko‘p yo‘nalishli jadvalda har bir manzil egasi uchun bir qancha muqobil yo‘nalishlar belgilangan. Ko‘p yo‘nalishli jadvalda optimal yo‘nalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan. Odatda bu yo‘l asosiy hisoblanib, qolganlari esa rezerv yo‘nalish hisoblanadi. Yuqorilardagidan, statik marshrutlash algoritmi, uning bevosita tarmoq adminstratori tomonidan sozlash usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroq tarmoqlarda qo‘llash mumkin. Ayrim vaziyatlarda ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ham samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o‘zi, magistralga ulangan tarmoq osti-(subnet) tarmoqlaridan kelayotgan paketlarni eng ma’qul yo‘llari kabi oddiy tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. yoki Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman nazarda tutilmaydi marshrutlash protokollarisiz amalga oshiriladi. Oddiy marshrutlashning uchta turga bo‘lish mumkin: - Tasodifiy marshrutlash - paket dastlabki yo‘nalishidan tashqari, tasodifiy yo‘nalishga uzatilishi mumkin; - Ko‘chki marshrutlash - paket tarmoqlarga ogohlantirgan holda, dastlabki yo‘nalishdan tashqari, barcha uzatish imkoniyati mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha yuboriladi. - Tajriba asosida marshrutlash - yo‘nalishni tanlash jadval asosida bajariladi, ammo jadval kiruvchi portlarga keluvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilishga asoslangan holda ko‘prik negizida quriladi.
Marshrutlash algoritmlarinig eng ko‘p ommalashgani, dinamik yoki adaptiv marshrutlash algoritmi hisoblanadi. Bunday algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o‘zgarishiga qarab algoritmlar marshrutlash asoslangan jadvalini protokollar avtomatik barcha sozlaydi. marshrutizatorlarda konfiguratsiyasining o‘zgarishlarini operativ aniqlab, tarmoqda Dinamik aloqa aloqalar topologiyasi ma’lumotlarini yig‘ish imkonni beradi. Dinamik marshrutlashda marshrutlash jadvalida belgilangan yo‘nalish qancha vaqtgacha saqlanib qolinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi va bu vaqtga TTL - time to live, ya’ni yo‘nalish yashash vaqti, deyiladi. Dinamik algoritmlari odatda, taqsimlangan xarakteriga ega bo‘ladilar. Bu hususiyat tarmoqda topologik jadval ma’lumotlarni yig‘ish, hamda ma’lumotlarni umumlashtiruvchi belgilangan marshrutizatorning yo‘qligi bilan xarakterlanadi, bunday vazifalar barcha marshrutizatorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Dinamik algoritmlar marshrutlash jarayonining bir qator omillarni bajara olishi lozim. Birinchidan, adaptiv algoritm optimal yo‘nalish bilan ta’minlamasa ham, ma’qul yo‘nalish bilan ta’minlash lozim. Ikkinchidan, tarmoq resurslari haddan ziyod sarflanmasligi uchun algoritmlar oddiy bo‘lishi kerak. Uchinchidan, marshrutlash algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishlari kerak. Hozirda zamonaviy tarmoqlarida qo‘llaniladigan yo‘nalish axborotlari bilan almashuvchi adaptiv protokollar ikki guruhga bo‘linadi va ularning har biri quyidagi algoritmlarning biriga asoslanadi: - Distance Vector Algorithms - masofa vektor algoritmlari. - Link State Algorithm - aloqa xolati algoritmlari. DVA - Distance Vector Algorithms algoritmida har bir marshrutizator tarmoq bo‘yicha ma’lum bir davrda, hamda keng ogohlantirgan holda tarmoqda vektorni tarqatadi, joriy marshrutizatordan to ma’lum bo‘lgan hamma tarmoqlargacha bo‘lgan masofasi uning komponentlari bo‘lib hisoblanadi. Masofa deganda tarmoqdagi tugunlar soni tushuniladi. Nafaqat oraliq marshrutizatorlar soni, tarmoq bo‘yicha qo‘shni marshrutizatorlar orasidan paketlarni o‘tish vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham bo‘lishi mumkin: Qo‘shni marshrutizatordan vektorni olgandan so‘ng, joriy marshrutizator vektorda belgilangan tarmoqgacha bo‘lgan masofani, shu qo‘shnigacha bo‘lgan masofaga ko‘paytirib boradi. Qo‘shni marshrutizator vektorini olgandan so‘ng, har bir marshrutizator unga bevosita o‘zi yoki boshqa marshrutizatorlarning e’lonidan unga ma’lum bo‘lgan boshqa tarmoqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlashtiradi, so‘ngra vektorning yangi ma’lumotini tarmoq bo‘yicha yuboradi. Shunday qilib, har bir marshrutizator intertarmoqdagi mavjud tarmoqlar to‘g‘risidagi axborot qo‘shni marshrutizatorlar orqali ulargacha bo‘lgan masofani aniqlab oladi. Masofa vektor algoritmlari kichikroq hajmli tarmoqlardag yaxshi natija beradi, katta hajmli tarmoqlarda esa ularning aloqa liniyalarida intensiv keng ogohlantiruvchi trafiki yaroqsiz holatda bo‘lib qoladi. Bundan tashqari ushbu algoritm bo‘yicha konfiguratsiyaning o‘zgarishi, har doim to‘g‘ri hisoblanmagan bo‘lishi mumkin, sababi marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqa topologiyasi to‘g‘risida aniq tasvvurga ega emaslar. Bunday algoritmlar faqat tarmoq vositalar yordamida olingan umumlashtirilgan axborot-masofa vektoriga egadir. Marshrutizator masofa-vektor protokoliga muvofiq ishlaganda ko‘prik prinsipini eslatadi, chunki bunday algoritmga asoslangan marshrutizatorlar tarmoqning aniq topologik xaritasiga ega emaslar. RIP protokoli masofa-vektor algoritmiga asoslangan samarali protokol hisoblanadi. RIP protokolining ikki versiyasi mavjud: IP protokoliga asoslangan RIP, IP; IPX protokoliga asoslangan RIP, PX. Tarmoq aloqalarining aniq grafni qurish uchun yetarli ma’lumot bilan har bir marshrutizatorni aloqa holati algoritmlari ta’minlaydi. Ushbu algoritmda, bir xil graflar asosida barcha marshrutizatorlar ishlaydi, bu paketlarni uzatish jarayonini konfiguratsiyasini o‘zgarishlarida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Keng ogohlantiruvchi” uzatish, ya’ni marshrutizatorning bevosita qo‘shnilariga paketni uzatishi, bunday holat faqat aloqalar holati o‘zgargandagina ishlatiladi, bu holat ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa holati algoritmlariga asoslangan protokollarga, OSI stekining IS-IS protokoli, TCP/IP stekining OSPF protokoli va Novell stekining NLSP protokoli hisoblanadi. Demak, multiservis tarmoqlar va boshqa mavjud barcha paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlarda paketlarning marshrutlarini belgilash marshrutlash jadvallari va tarmoq topologik jadvallari asosida bajariladi.
Masofaviy-vektorli marshurtlash. Masofa vektor marshrutlash asinxron hisoblanadi algoritm qaysi tugunda x uning nusxasini yuboradi masofa vektori barcha qo'shnilariga. X tugun yangisini qabul qilganda masofa vektori qo'shnilaridan biridan vektor , v, u saqlaydi masofa vektori v va o'zini yangilash uchun Bellman-Ford tenglamasidan foydalanadi masofa vektori. Bir nechta bor marshrutlash protokollari foydalanish masofa vektori algoritmlar, ayniqsa tartib marshrutlash protokollari . Ba'zilari keng tarqalgan misollar RIPv1, RIPv2 va Interior Gateway bugungi kunda ham foydalanilmoqda Marshrutlash protokoli (IGRP). Yana bir savol tug'ilishi mumkin, marshrutlash algoritmi deganda nima tushuniladi? A marshrutlash algoritmi Internet-trafikni samarali yo'naltirish uchun foydalaniladigan bosqichma-bosqich operatsiyalar to'plamidir. Ma'lumotlar paketi o'z manbasini tark etganda, u o'z manziliga ko'p turli yo'llar bilan borishi mumkin. The marshrutlash algoritmi Matematik jihatdan eng yaxshi yo'lni aniqlash uchun ishlatiladi.
Masofaviy vector marshurtlashning kamchiliklari-
1.U bog'lanish holatiga qaraganda sekinroq birlashadi.
2. Cheksizgacha hisoblash muammosi tufayli u xavf ostida.
3. U ulanish holatidan ko'ra ko'proq trafik yaratadi, chunki hop soni o'zgarishi barcha marshrutizatorlarga tarqalishi va har bir routerda qayta ishlanishi kerak.


Marshrutlash - bu IP paketlarni bir tarmoqdan boshqasiga yo'naltirish jarayoni. Router - bu tarmoqlarni birlashtiradigan va ular orasidagi trafikni yo'naltiruvchi qurilma. Routerda kamida ikkita tarmoq kartasi (NIC) bo'ladi, ulardan biri bitta tarmoqqa jismoniy, ikkinchisi esa boshqa tarmoqqa jismoniy ulangan
Masofaviy-vektorli marshrutlash
TCP/IP stekining yo‘nalish axborotlari bilan almashishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o‘z navbatida ikki guruhga bo‘lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog‘langan:
- Masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA);
- Aloqa xolati algoritmi (Link State Algorithms, LSA).
Masofa-vektor turidagi algoritmlarda marshrutizator vaqti-vaqti bilan va keng ogox qilingan holda tarmoq bo‘yicha o‘zidan to unga ma’lum bo‘lgan tarmoqlarga masofa vektorini yuboradi.
Masofaviy vektor marshrutlash protokollari kichik tarmoqlarda ishlash uchun mo'ljallangan (odatda 100 dan kam marshrutizator). Ularni sozlash odatda osonroq va ulanish holati protokollariga qaraganda kamroq texnik xizmat ko'rsatishni talab qiladi.
Masofa deganda odatda paket muvofiq tarmoqqa tushishdan oldin nechta oraliq marshrutizatorlar orqali o‘tishi tushiniladi. Nafaqat paket o‘tgan oraliq nuqtalar, u qo‘shni marshrutizatorlar orasida aloqa bo‘yicha o‘tgan vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham ishlatiladi. Qo‘shni marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator o‘zi bevosita (agar tarmoqlar uning portiga ulangan bo‘lsa) yoki qo‘shni marshrutizatorlarning o‘xshash elementlaridan bilib olgan unga ma’lum boshqa tarmoqlar to‘g‘risida axborotni vektorga qo‘shadi va tarmoq bo‘yicha vektorning yangi mazmunini jo‘natadi, oxir oqibat har bir marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qo‘shni marshrutizatorlar orqali ularga bo‘lgan masofa to‘g‘risida axborotni bilib oladi.
Ushbu misolda rasmda ko'rsatilganidek, X, Y va Z 3 marshrutizatorni ko'rib chiqamiz. Har bir marshrutizatorning marshrutlash jadvali mavjud. Har bir marshrutlash jadvali maqsad tugunlarigacha bo'lgan masofani o'z ichiga oladi.Ko'rib turganimizdek, Y oraliq tugun (hop) bo'lsa, masofa X dan Z gacha kamroq bo'ladi, shuning uchun u X marshrutlash jadvalida yangilanadi.Masofa-vektor algoritmlari uncha katta bo‘lmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafigi bilan aloqa liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning o‘zgarishi har doim ham to‘g‘ri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar armoqdagi aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori protokoliga muvofiq marshrutizator ishi ko‘prik ishini eslatadi, chunki bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik sur’atiga ega emas.

Download 429.21 Kb.
  1   2   3




Download 429.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti

Download 429.21 Kb.