Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari




Download 0,85 Mb.
bet3/8
Sana05.07.2024
Hajmi0,85 Mb.
#266659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Djanzakov

1.2. Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari
Mikrokontroller bitta integral sxema ko’rinishida amalga oshiriladigan hisoblash tizimidan iborat va o’z ichiga yadro, dastur xotirasi, ma’lumotlar xotirasi, periferiya qurilmalari kabi asosiy bloklarni oladi (2-rasm).

2-rasm. Mikrokontrollerning umumlashtirilgan tuzilmaviy sxemasi

Mikrokontroller yadrosi dastur tomonidan beriladigan boshqaruv jarayonini amalga oshiradi. Mikrokontrollerli yadro negizida integral sxemasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan modulli xotira va periferiya qurilmalarining nom ro’yxati bo’yicha turlicha bo’lgan, lekin komandalar tizimi va ma’lumotlar almashinuvi sikli bo’yicha o’zaro moslashadigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu belgi bo’yicha ko’plab moslashadigan mikrokontroller (MK) mikrokontroller turkumi deb ataladi.


Dastur xotirasi boshqaruvchi dasturni saqlash uchun mo’ljallangan. Boshqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ma’lumotlar xotirasida joylashadi.
Periferiy qurilmalari mikrokontrollerning tashqi ob’ektlari va qator boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan apparat bilan birikishni ta’minlash uchun mo’ljallangan.
Mikrokontrollerlar, boshqa klasslarning hisoblash mashinalari kabi, Garvard yoki Prinston arxitektura asosida amalga oshiriladi (3-rasm). Garvard arxitektura asosida bajariladigan mikrokontrollerlarda dasturlar va ma’lumotlar foydalana olishning turli metodlaridagi mantiqiy bog’liq bo’lmagan xotira bloklarida joylashadi. Prinston arxitektura asosida bajariladigan mikrokontrollerlarda dasturlar va ma’lumotlar xotiraning umumiy blokida joylashishi mumkin, murojaat uchun foydalana olishning yagona metodidan foydalaniladi.
3-rasm. MK garvard (a) va prinston (b) arxitekturalari
Namunaviy va kristalga eng ko’p integratsiyalanadigan periferiya qurilmalarining mikrokontrolleriga quyidagi bloklar kiradi:
- mantiqiy signallar ko’rinishida keltirilgan ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarish parallel raqamli portlar;
- vaqtli integrallar shakllantirilishini amalga oshiradigan va mantiqiy hodisalarni hisoblashni bajaradigan taymer-hisoblagichlar;
- vaqt bo’yicha bog’liq bo’lgan hodisalarni apparatli qayta ishlash uzellari;
- uzluksiz signallarni chiqarish va kiritishni amalga oshiradigan raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar;
- taqsimlanadigan tizimlarda ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarishning ketma-ket portlari;
- uziluvchi hodisalarga xizmat ko’rsatish bloklari;
- ishlash ishonchliligini oshirish vositalari.

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari

Download 0,85 Mb.