O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti




Download 0,85 Mb.
bet2/8
Sana05.07.2024
Hajmi0,85 Mb.
#266659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Djanzakov

I. ISHNING NAZARIY MAZMUNI
1.1. Mikrokontroller tizimlari
Hozirgi kunda MKning bir qator turlari ishlab chiqarilmoqda. Bu barcha uskunalarni shartli ravishda 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. 8 razryadli MK.
2. 16 va 32 razryadli MK.
3. Raqamli signalli protsessorlar (RSP).
Sanoatda maishiy va kompyuter texnikalarida keng ishlatiladigan MK oilasining eng ko‘p tarqalgan vakili bu 8 razryadli qurilmalardir. Ularning kelib chiqish yo‘li bu oddiy qurilmalar bilan nisbatan zaif rivojlangan pereferiya qurilmalaridan to haqiqiy vaqt masshtabidagi algoritmlar boshqaruvini amalga oshirishni ta’minlaydigan zamonaviy ko‘p funksionalli kontrollergachadir.
Asosan ko‘plab mantiqiy operatsiyali algoritmlarda, protsessor turkumiga amaliy bog‘liq bo‘lmagan qayta ishlash tezligida qo‘llanadigan haqiqiy obyektlar boshqaruvi uchun ulardan foydalanilishi 8 razryadli Mklar mavjudligining asosiy sababdir.
8 razryadli MKning ommabopligi Motorola, Microchip, Intel, Zilog, Atmel va ko‘plab mashhur firmalar mahsulotlarini kengayishiga imkon yaratmoqda. Zamonaviy 8 razryadli MKlar koidagidek kator ajralib turuvchi belgilarga ega.
Ulardan asosiylari:
- Modulli boshqaruv – 1 ta protsessorli yadro asosida dastur xotira tipi va hajmi, ma’lumotlar xotira hajmi, periferiyali modullar to‘plami, sinxronizatsiya chastotalardan farqlanuvchi MKlar qatori loyihalashtiriladi;
- MK korpusi chiqishida liniya magistralining manzili va ma’lumotlarning yo‘qligini xarakterlaydigan MK yopiq arxitekturasidan foydalanish. Shu tarzda, MK o‘zining ma’lumotlar qayta ishlash mukammal sistemasini namoyish etadi, manzil va ma’lumotlar shart bo’lmagan parallel magistrallardan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytiradi;
- har xil MK ishlab chiqaruvchi algoritm ishlashi biroz farq qiladigan bir xil funksional periferiyli modullardan foydalanish;
- registrlar initsializatsiyalash protsessida mahsus MK funksiyalarini beradigan periferiyli modullarining ishlash tartibini sonini oshirish.
Modulli prinsip asosida qurilgan barcha MK oilasi, bir xil protsessorli yadrodan va MKlarning har xil modellaridan farqlaydigan o‘zgaruvchan funksional blokdan yig‘ilgan. Modulli MK strukturasi 1- rasmda berilgan.

1– rasm. MK modulini tashkillashtirish
Protsessorli yadro uz ichiga quyidagilarni oladi:
1. Markaziy protsessor.
2. Shinalar adresi, ma’lumotlar va boshqaruv tarkibidag ichki nazorat magistrali (INM).
3. MK sinxronizatsiya sxemasi.
4. MK ishlash rejimining boshqaruv sxemasi.
O‘zgaruvchan funksianal blok (O’FB) har xil turdagi va hajmidagi xotira modulini, kirish /chiqish portlarini, taktli generator modulini (G), taymerlarni uz ichiga oladi. Murakkabrok MK keng imkoniyatli alohida moduldan tashkil topgan. MFB (markaziy funksional blok) tarkibiga kuchlanish komparatori, analog-raqamli o‘zgartirgich va boshqa qo‘shimcha modullarni kiritish mumkin. INM uchyotidagi MK tarkibida ishlash uchun har bir modul loyihalashtiriladi. Bu munosabat strukturasi buyicha imkon boricha bir oilali har xil MK tashkil etishga olib keladi.


Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti

Download 0,85 Mb.