|
O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshke
|
Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 188,67 Kb. | | #267082 |
Bog'liq E va S 2 (2-mustaqil ish)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2-MUSTAQIL ISH
Fan: Elektronika va sxemalar 2
Bajardi: Ismoilov Ahliddin
Tekshirdi: Arziyev Davron
TOSHKENT 2024
2-Mustaqil ish.
Mavzu: Kuchaytirish sinflari, “V” sinfga mansub kuchaytirgichlar.
Kuchaytiriladigan signal sinusoida yoki impuls ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Impuls deb kuchlanish yoki tokning biror o‘rnatilgan U0 yoki /^qiymatidan qisqa vaqtli chetlashishlariga aytiladi. Chiqish signali shakli kirish signali shakli bilan bir xil (signal buzilmagan) yoki farqlanuvchi (signal buzilgan) bo‘lishi mumkin. Signal buzilishlari uning amplitudasiga hamda kuchaytirgich sokinlik nuqtasi (rejimi)ning tanlanishiga bog‘liq. Kuchaytirgichning sokinlik rejimi deb kirish kuchlanishi UK[R va kuchlanish manbayi qiymati Ec o‘zgarmas bo‘lgan holatga aytiladi. Ko‘rinib turibdiki, sokinlik rejimida tranzistor toklari qiymatlari ham o‘zgarmas bo‘ladi. Kirish signalining berilgan shaklida sokinlik rejimi qanday tanlanishiga bog‘liq holda signal buzilishlari qiymatidan tashqari kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti (FIK) ham o‘zgaradi. Gap shundaki, kirish signali bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar tranzistorlarda kuchlanish manbayi energiyasi sarf bo‘ladi va shunga mos quvvat sochiladi. Chiqish signali quwatini kuchlanish manbayidan olinayotgan quwatga nisbati FIK ni aniqlaydi:
bu yerda: ICHIQm, UCHIQm~ chiqish kattaliklar amplitudasi, EM — kuchlanish manbayi kuchlanishi, I0.RT~ o‘rtacha tok. Kuchaytirgich kaskadlar nochiziqli buzilishlari FI К ularning statik uzatish xarakteristikalari asosida baholanishi mumkin. Ishchi nuqtaning joylashgan o‘rniga bog‘liq holda kuchaytirish sinflari А, В, AB va boshqa sinflarga ajratiladi. Ushbu sinflar FIKlarining maksimal qiymatlari va nochiziqli buzilishlar qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi. A sinfkuchaytirgichlar. A sinf kuchaytirgichlarda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikaning kvazichiziqli sohasi o‘rtasida joylashadi (8.6, a va b rasmlar). Ushbu rejimda kirish signalining to‘liq davri davomida tranzistor chizish zanjiridan tok oqadi. Nochiziq buzilishlar minimal (KG< 1 %), chunk) kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziqli sohasida yotadi. Agar (8.2) formulaga U nmjm -= I / 2 /iA/; / rv//CAm = l (rn qo‘yilsa, FIK qiymati rj~ 1/4, ya’ni 25 % ni tashkil etadi.
A rejim kuchaytirgichlarda rj qiymati kichik bo'lgani sababli, u kichik quwatli kirish kaskadlarda ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar uchun /7 hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, ularda KG muhim hisoblanadi. В sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo‘Iadi (8.7, a va b rasmiar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli garmonik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi. Hisoblashlar ko‘rsatishicha, В sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo‘ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o‘rta va katta quwatli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun В sinf afzalroq. Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri В sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. В sinf kuchaytirgichlaming kuchaytirilgan signallarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda В sinf amalda ishlatilmaydi.
AB sinf kuchaytirgichlar. AB kuchaytirish rejimida ishchi nuqta berkitish chegarasida emas, balki EO ‘ to ‘g‘ri (zatvor-istok o‘tish teskari) siljitilgan sohada, A sinfidagiga qaraganda ancha kichik toklarda bo‘ladi. FIKi kichik boigani sababli A sinf mikroelektronikada kam ishlatiladi. В va AB sinflarning ikki taktli kuchaytirgichlari keng tarqalgan. D sinf kuchaytirgichlari. Ular impulsli quvvat kuchaytirgichlarda ishlatiladi. D sinf shuningdek kalit rejim deb ham nomlanadi. Ushbu ishchi rejimda tranzistor faqat ochiq yoki berk holatda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday kuchaytirgich kaskadning FIK birga yaqin bo‘ladi. D sinfda ishlayotgan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi hamma vaqt to‘g‘ri burchakli impuls ko'rinishiga ega bo‘ladi va kirish signalining kuchaytirilishi, yoki uning davomiyligi, yoki fazasi o‘zgarishi hisobiga amalga oshadi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mustaqil ishimizning 1-qismida integral mikrosxemalarning kelib chiqish bosqichlari, rivojlanish tarixi, ularning turlari va tasnifi bilan tanishib chiqdim. Anolog va raqamli integral sxemalarning xususiyatlari va ularning farqlarini bilib oldim. Mustaqil ishimizning 2-qismida esa umumiy emitter sxemasi bo’yicha yig’ilgan bipolyar tranzistorni kirish va chiqish xarakteristikalarini aniqladik. Umumiy emitter sxemasi bo’yicha yig’ilgan BC547C bipolyar tranzistorining kirish va chiqish xarakteristikalarini o’lchash bo’yicha amaliy ko’nikmalarimizni mustahkamladik.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
1.M.T.Turdiyev.”Elektrotexnika va elektronika asoslari”.Toshkent-2012.
2.Amirov.S.F, Yoqubov M.S. Jabborov.N.G’.”Nazariy elektrotexnika”.Toshkent-2018.
Internet saytlari:
https://fayllar.org/1-kirish-asosiy-qism-integral-mikrosxemalarning-yaratilish-tar.html
https://orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=824:integral-mikrosxemalar&catid=43:ixtirolar&Itemid=132
https://kompy.info/maruza-elektronika-va-sxemalar-fani-mazmuni-va-usullari-imslar.html
|
| |