Elektron Raqamli Imzoning Kriptografik xavfsizligi va ishlash prinsipi




Download 0,78 Mb.
bet2/4
Sana09.12.2023
Hajmi0,78 Mb.
#114125
1   2   3   4
Bog'liq
diyorbek kiber mar
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. (1), Dastur 8-sinf-Biologiya, MALUMOTNOMA OBYEKTIBKA, НТО

1. Elektron Raqamli Imzoning Kriptografik xavfsizligi va ishlash prinsipi


Elektron raqamli imzo-Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.

1-rasm (ERI)ning ishlash jarayoni
ERIni shakillantirish jarayoni:
- xabar M ning xesh qiymati hisoblanadi:
H=h [M]
- xesh qiymati H foydalanuvchining shaxsiy kaliti bilan “shifrlanadi” (bu haqiqiy shifrlash emas, shunchaki shaxsiy kalit bilan H ustiga biror amal bajarishdan iborat) va imzo
𝑆 = [𝐻]𝐴
hosil qilinadi.
- xosil qilingan imzo ma’lumotga biriktirilib {𝑀, 𝑆} qabul qiluvchiga uzatiladi
ERIni tekshirish jarayoni:
- B tomondan 𝑀′ xabarga qo‘yilgan imzo S ni tekshirish talab etilsin.
- uchun B tomon dastlab xabar 𝑀′ ni hesh qiymatini hisoblaydi:
𝐻 ′ = ℎ [𝑀′]
- A tomonning ochiq kaliti bilan S ni “DESHIFRLAYDI” (bu haqiqiy deshifrlash emas, shumchaki ochiq kalit bilan S ustida biron amal bajargan holda H ni tiklash) va H ni hosil qilish.
- Agar ikki hesh qiymatlar (H va H’) o‘zaro teng bo‘lsa ERI to‘g‘ri deb topiladi (demak xabar butun).



2-rasm. ERI Shakillantirish va tekshirish jaroyoni
Elektron Raqamli Imzo (ERI) texnologiyasi va uning kriptografiya bo‘yicha tuzilishi, kriptovalyutalar, xavfsizlik protokollari, va ma'lumotlarni himoya qilish prinsiplari orqali hamkorlik qiladi. Quyida ERI ning kriptografiya faniga bog‘liqliklari keltirib o‘tigan:
1. Asimmetrik kriptografiya:
- ERI-da ishlatiladigan asimmetrik (yoki ikki qismli) kriptografiya usuli maxfiy va ochiq kalitlardan iborat. Ma'lumotlarni elektron xodisada yuborish uchun maxfiy kalit ishlatiladi, ammo tasdiqlashda ochiq kalitdan foydalaniladi.
2. Maxfiy kalitlar va ochiq kalitlar:
- Maxfiy kalit (private key) shaxs yoki tashkilot tomonidan saqlanadi va faqat ularni bilganlar uchun, hujjatlarni imzolashda foydalaniladi.
- Ochiq kalit (public key) esa umuman ochiq ravishda tarqalgan va barcha odamlar tomonidan bilinadi. U, hujjatlarni tasdiqlash va elektron xodisaga yuborishda ishlatiladi.
3. Heshfunksiya va xavfsizlik:
- ERI-da ishlatiladigan kriptografiya algoritmlari heshfunksiyalar, masalan, SHA-256 va boshqa hesh algoritmlari orqali ma'lumotlarni xavfsizlik qilishda ishlatiladi.
4. Xavfsizlik protokollari:
- ERI-da foydalaniladigan xavfsizlik protokollari, masalan, Transport Layer Security (TLS) va Secure Sockets Layer (SSL) kabi, ma'lumotlar o‘tkazilayotganda ularni himoya qilishda ishlatiladi.
5. Kriptovalyuta va blockchain:
- ERI-tez-tez blockchain texnologiyasi bilan bog‘liqdir. Bu texnologiyada kriptografiya usullari, bloklar orasidagi ma'lumotlarni himoya qilishda va blokchaindagi ma'lumotlar o‘zgartirilmasligini ta'minlashda ishlatiladi.
ERI kriptografiyasi, ma'lumotlarni xavfsizlikda yaxshi himoya qilish, hujjatlarni tasdiqlash va elektron xodisaga yuborishda ishlatilgan keng tarkalgan protokollarni o‘z ichiga oladi. Bu, huquqiy hujjatlarni imzolash, elektron moliyaviy operatsiyalarni bajarish va boshqa ko‘plab sohalar uchun samarali va xavfsiz elektron hujjatlarni yaratishda yordam beradi.Kriptogafik shifrlash algoritm ya’ni assimetrik shifrlash algoritimidan foydalanilgan holda bo’ladi.

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron Raqamli Imzoning Kriptografik xavfsizligi va ishlash prinsipi

Download 0,78 Mb.