|
ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni joriy etish
|
bet | 5/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #115852 |
Bog'liq 4-amaliy ishERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni joriy etish
Bu imkoniyat katta korxonalarda juda zarur bo‘lib, bunga sabab korxonaning filiallari va bo‘limlari bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Bunday hollarda har bir filial yoki bo‘lim ish jarayonini boshqarish uchun har xil turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanishi mumkin va bunda juda ko‘plab chalkashliklar va muammolar yuzaga keladi. Shu muommolarni hal qilish(oldini olish) uchun ERP tizimlar ishlatilinadi. Internet tizimi orqali kerakli ma’lumotni hech qanday qiyinchiliklarsiz olish mumkin.
ERP yordamida xodimlarni boshqarish tizimida standartlarni joriy etish
ERP tizimlarida hamma vazifalarni xodimlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular yordamida xodimlarni tanlab olish, ularni qayta tayyorlash, ularni kelajakdagi professional rivojlanishlarini belgilab qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ERP tizimlar orqali har bitta xodim ish faoliyatini samaradorligini hisoblash(aniqlash) mumkin.
ERP tizimni qachon joriy etish kerak?
ERP tizimlarni korxonalarga tadbiq etish korxona faoliyat olib boradigan sohaga bog‘liq. Kichikroq, "oddiy" korxona yangi faoliyatini boshlagandan darrov u korxonada ERP tizimni joriy etish shart emas. Korxona ichida yaratilinadigan barcha hujjatlar oddiy ofis dasturlari yordamida yaratilinadi(va ular oddiy messenjerlar yordamida tezkorlik bilan korxona ichida boshqa bo‘limga/xodimga yuboriladi).
Lekin korxona faoliyati kattalashib borgani sari, yuqorida keltirilgan vazifalar, jarayonlar ko‘payib boradi. Va bunda korxona ichidagi bo‘limlar(kadrlar, buxgalteriya va boshqalar)da o‘zlarini ichki ma’lumotlar bazasi paydo bo‘lishi va ular kattalashishi boshlanadi. Shu ketishda, ular korxona bo‘limlari o‘rtasidagi axborotlar almashinuvini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi.
Bunday hollarda boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslarni optimallash va to‘g‘ri taqsimlash, ishlab chiqarish tezligini oshirish juda qiyin vazifa hisoblanadi va yordamga ERP tizimlar keladi. ERP tizim korxona yoki kompaniya ichida yagona, yaxlit ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Va yuqorida keltirilgan muommolarni еchish, ish jarayoni optimallash, samaradorlikni aniqlash va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
3-rasm. O‘zbekistonda kompaniyalar va tashkilotlar katalogi
Xulosa
Muayyan ob'ekt uchun intellektual tizimlar bilan biznes jarayonlarini boshqarish modelini ishlab chiqish operatsion samaradorlikni optimallashtirishga qaratilgan strategik jarayondir. Tanlangan ob'ektni sinchkovlik bilan tahlil qilishdan boshlab, model aqlli tizim oldiga aniq vazifalarni qo'yadi. Ma'lumotlarni to'plash va algoritm tanlash muhim ahamiyatga ega bo'lib, samarali amalga oshirish uchun asos yaratadi. Mavjud biznes-jarayonlarga integratsiyalashuv, qat'iy sinov va doimiy monitoring uzluksiz funksionallikni ta'minlaydi. Ma'lumotlarni himoya qilish uchun xavfsizlik choralari kiritilgan va ulardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun xodimlarni o'qitish zarur. Model aqlli tizimni rivojlanayotgan biznes maqsadlariga moslashtirib, tuzatishlar va takomillashtirishlarni davriy ko'rib chiqishga urg'u beradi. Umuman olganda, ushbu yondashuv qarorlar qabul qilishni yaxshilashga va tanlangan ob'ekt bo'yicha operatsiyalarni yanada kengroq biznes doirasida tartibga solishga intiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
И.М. Абдуллаева, Д.T.Азимов. Ахборот тизимлари менежменти // Ўқув қўлланма // Tошкент – iqtisodiyot – 2019.
S.K.Ganiev, A.A.Ganiev, Z.T.Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari // O‘quv qo‘llanma. Toshkent –2020.
Федорова Г.Н. Информatsiонные системы // Учебник. Издательский центр «Академия». Москва –2013.
Рудакова Е.В. Признаки, виды и особенности информatsiонных систем // Журнал «Духовная ситуaция времени. Россия XXI век». 3 (18) –2019.
Sebastian K.Boell, Dubravka Cecez-Kecmanovic. What is an Information sistem? Conference: Proceedings of the 48th Hawaiian International Conference on System Sciences (HICSS), At: Kauaii, Hawaii, USA, 2015.
Жданов С.А. и др. Информatsiонные системы // Учебник для вузов. Изд.-во «Прометей», 2015.
https://en.wikipedia.org/wiki/Information_system
https://www.simplilearn.com/types-of-information-systems-and- applications-article
|
| |