Composition (Kompozitsiya) darchani ochish uchun - Project (Proekt)
darchasidagi kompozitsiya nomiga ikki martta sichqonsaning chap tugmachasini
bosing, bunda Composition (Kompozitsiya) darchasi bilan birga Timeline (Montaj)
darchasi xam ochiladi;
Layer (Sloy) darchani ochish uchun - Timeline (Montaj) darchasidagi
kompozitsiyaning kerakli qatlami nomiga ikki martta sichqonsaning chap
tugmachasini bosing;
Footage (Klip) darchani ochish uchun - Project (Proekt) darchasida tayyor
bo‘lgan material (video- va audiofayl, rangli zastavka va h.k) klip nomiga ikki
martta
sichqonsaning
chap
tugmachasini
bosing,
Adobe
Premiere
foydalanuvchilarga Adobe Premiere ilovasidagi Composition (Kompozitsiya)
darchasiga Monitor (Monitor) darchasi mantiqiy to‘g‘ri keladi, Footage (Klip)
darchasiga esa - Clip (Klip) darchasi. After Effects dasturi uchun Layer (Sloy)
darchasi unikal deb xisoblanadi, chunki faqat unda tahrirlash jarayoni qatlam
bo‘yicha bajariladi.
Bir tomonda Composition (Kompozitsiya) va Layer (Sloy) darchalarning ikkinchi
tomonda Footage (Klip) darchaning qo‘llanilishi xar xil. After Effects ilovasida
Composition (Kompozitsiya) va Layer (Sloy) darchalari kompozitsiyani tahrirlash
jarayonini boshqarish va xozircha mavjud bo‘lmagan filmning kadrlarini (yoki
qatlamlarini) aks etish uchun mo‘ljallangan, Footage (Klip) darchasi esa tayyor
bo‘lgan media fayllarni (fayllarga o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi) namoish etadi.
SHuning uchun ushbu darchalarning tuzilishi bir biridan farq qiladi