O‘zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi




Download 21,85 Kb.
bet1/6
Sana15.05.2024
Hajmi21,85 Kb.
#235022
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psixologiya 1-mustaqil ish

O‘ZBЕKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI

TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


Muhammad al – Xorazmiy nomidagi
Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti

Pedagogika. Psixologiya
1-Mustaqil ish
Bajardi:Ahadov Raxmatjon
Tekshirdi: Salixova Muxayyo

TOSHKENT 2024
O‘quv faoliyatiga undovchi psixologik motivlar

Reja:


1.Motiv va motivatsiya haqida tushuncha.
2.Motiv va motivatsiyaning hissiyot bilan bog‘liqligi.
3.O‘quv faoliyati motivlari o’rganish.
4.O’quv motivlarining psixologik xususiyatlari va ularni shaklantirish jarayonlari.
5.Xulosa
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o`ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo`lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g`oyalar va yo`nalishlar mujassamlashdi.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir.
Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.
Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.
Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:
Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud:
1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir.
2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo`lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o`rniga inson xulq atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog`lovchi kontseptsiya yuzaga keladi.
3. Xulq atvor motivatsiyasi nazariyasi va oliy nerv faoliyati nazariyasi. XX asr boshida paydo bo`lib, xulq atvor «Stimul – reaktsiya» sxemada ko`rib chiqiladi. I.P.Pavlov va uning izdoshlari N.A.Bernshteyn va P.K.Anoxin xulq atvor dinamikasi funktsional sistemasi modelini ishlab chiqqanlar.
4. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi.
5. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir.
O‘z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo‘nalganligi bilan bog‘liq bo‘lib, inson o‘z oldiga qo‘ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‘indisining ifodasi bo‘ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o‘zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi. Motivlar – bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Shu tariqa, motiv tushunchasining ta‘rifida mazkur tushunchaning ehtiyojga nisbatan muvofiqligi ifodalanadi yoki mazkur ehtiyoj ning his etilishi va qondirilishi yoki uning predmetli ehtiyoji tushuniladi (S. Rubinshteyn). Biroq ko‘pincha shaxsni faoliyatga undagan birgina motivni ajratib ko‘rsata olmaymiz, yagona motivni aniqlash mumkin bo‘lmaydi, sababi motivlar o‘zida qator pedagogik jarayonlar majmuini ifoda etadi. Anglash faoliyati tashqi va ichki motivlarni boshqarishi mumkin. Kasbiy ta‘lim sohasidagi faoliyat – insonning atrof-olamga faol munosabati shakli sifatida baholanadi. Motivlar yig‘indisi u yoki bu ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar yutug‘i asosidagi ma‘lum bir vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan ketma-ket sodir etiladigan harakatlar orqali ifodalanadigan xulqiy holatdir. Boshqacha aytganda, inson xulqi va u amalga oshiradigan harakatlari ichki va tashqi motivlari bilan boshqariladi.
Tashqi motivlar talabalarga ta‘lim muassasasi, jamiyat, ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘qish jarayonida foydalaniladigan vositalar, jumladan, AKT va Internet ta‘sirida yuzaga kelishi, ichki motivlar esa subyektning xusu-siy ehtiyojlari, uning qiziqishlari, e‘tiqod va o‘zi tanlagan kasbiy faoliyatida o‘zini qayday tasavvur etishi, intilishlari bilan shakllanishi mumkin. Tashqi motivlar qandaydir tashqi talablar, ko‘rsatma va boshqa shakldagi ta‘sirlar ostida shakllanishi mumkin. Ichki motivlar esa o‘quvchining ichki ehtiyojlariga asoslangan bo‘lib, ularning rivoji ta‘lim-tarbiya jarayonida kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin.

Download 21,85 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 21,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi

Download 21,85 Kb.