• Yoshning umumiy xususiyati
  • 2.Motiv va motivatsiyaning hissiyot bilan bog‘liqligi
  • O‘zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi




    Download 21,85 Kb.
    bet2/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi21,85 Kb.
    #235022
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    psixologiya 1-mustaqil ish

    Motivatsiya (lot. motivatio) – subyektning qandaydir maqsadlar, qiziqishlari mavjudligi asosidagi faoliyatga tashqi va ichki xohishining ifodasidir. Motivatsiya barcha pedagogik ta‘sir tizimida shakllanadi, biroq avvalo bevosita o‘qish faoliyatida tarbiyalanadi. Ijobiy motivatsiyani shakllantirishda ta‘lim mazmuni, ta‘limni tashkil etish, shaxsiy o‘qitish kabi masalalar muhim o‘rin tutadi. Hozirga qadar fundamental bilimlar va amaliy muammolarini qamrab olgan motivatsiya nazariyasi aniq batafsil o‘z ifodasini topmagan. Motivatsiyaning quyidagi: bu subyektning ehtiyojlarini qondirishga bog‘liq bo‘lgan faoliyatga tomon intilishidir; ma‘lum kuchga predmetli-yo‘naltirilgan faollikdir; predmet (moddiy yoki ideal)ga qaratilgan faoliyatni uyg‘otuvchi va belgilovchi tanlovni amalga oshirish; shaxsiy harakat va intilishlar asosida yotuvchi anglangan sabablar ifodasi sifatidagi ta‘riflari mavjud. Motivatsiya tushunchasi inson faoliyatidagi xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi hamda jarayon, uslub, vosita sifatida ifodalanadi. Uning evaziga insonni biror faoliyatni amalga oshirishga undovchi turtki kuchini motiv deb ataymiz. Umuman olganda, motiv insonda biror faoliyatni amalga oshirishga qiziqish uyg‘otuvchi, harakatga undovchi, rag‘batlantiruvchi ta‘sirdan iborat. U orqali esa inson o‘zligini namoyon etadi.
    Yoshning umumiy xususiyati. Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat bosqichiga ega.
    Yosh xususiyatlari ko‘plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola hayotidagi har bir bosqichda unga qo‘yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash usullaridir. Yosh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‘daklikda ma‘lum bir morfologik shakl hosil qiluvchi ma‘lumotlarni egallash, o‘smirlikda organizmning o‘zgarish xususiyatlari va boshqalar).
    2.Motiv va motivatsiyaning hissiyot bilan bog‘liqligi
    Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg‘ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. E.G‘oziev “motiv – bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayoninibevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir”[2] – deb ta’kidlaydi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv tomonlarining yaqqol ro‘yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo‘nalganligi ham faoliyatning ob’ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning ko‘rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo‘rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o‘zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta sekin yoki tez o‘zgarishi – motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir etadi. S.L.Rubinshteyn motivatsiya to‘g‘risida mulohaza qilib, “motivatsiya – bu psixika orqali sodir bo‘ladigan determinatsiyadir”[3], - deb ta’kidlaydi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o‘rinda faoliyat faol vaziyat hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan uzoqlashib boradi, so‘ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, motivlar mohiyati va shakllarni o‘zgartiradi.
    Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. His-tuyg`u nima? Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi bo`lib unda insonning olamga sub’ektiv munosabati aks etadi. His tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda insonni borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks etadi. Emotsiyalar - lotincha so`zdan olingan (emovere) to`lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv holatda ifodalovchi javob reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo`lgan munosobatlarimizning va munosobatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishdir. Hissiyot o`ziga xos aks ettirish jarayoni bo`lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo`ladigan ichki kechinmalari va munosobatlari aks ettiriladi. His tuyg`u psixik jarayongina bo`lib qolmay psixik holat hamdir. U xususiyat bilan xarakterlanadi. His- tuyg`uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir. Faoliga ko`ra hislar stenik (kuchlik) va astenik (kuchsiz) turlarga bo`linadi. Hislar tashqi jihatdan nomoyon bo`lib ular xatti – harakatlarida, yuzda namoyon buladi. Uning tashki ifodalanishi ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya bu – hislarning spesifik namoyon bulishi bulib, u ovozda, mimika, pontomimika, yurishda, yogi va kulguda namoyon bo`ladi.
    Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi: kuchi, tezligi barqarorligiga ko`ra quyidagi emotsional holatlar ajratiladi. Kayfiyat, ko`tarinkilik. Kuchli xohish istak, affekt, stress.
    Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: axloqiy hislar, intelektual hislar, estetik hislar, proksis hislar. Emotsional holatlarga bog`lik bir necha nazariyalar mavjud. Ulardan biri Djeyms- Lange va ikkinchisi Kennon – Bart nazariyalaridir.
    Hissiyotlar o`zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog`liq bo`ladi.
    Hissiet olamida sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan xatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funktsiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok kelishini engillashtiradi.
    Hissiyot olamda sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni engishga undaydi. Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emotsional qo`zg`alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida bo`ladigan qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar xaflidir. Odam ularni boshqarishi lozim.
    Yuqorida bayon etib o`tilganidek hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum sinallar vazifasini o`taydi.
    Hissiyot 3 turga bo`linadi:
    1) axloqiy hislar;
    2) intellektual hislar;
    3) estetik hislar.
    Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.
    Estetik hislar: go`zallikni idrok qilish, zavqlanish, go`zallikni yaratishdan iborat bo`lishi mumkin. Estetik his hamma odamga xos bo`lgan hissiyotdir. Estetik hislarni yuzaga keltiruvchi manbaalar juda ko`p va xilma xildir.
    4. Iroda odamning biror maqsad yo`lida ongli ravishda kiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan xatti- harakatlardir. Irodaviy faoliyatda odam o`zini idora qiladi, xususiy ixtiyorsiz impul’slarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi mexanizmlarga ega.
    Xulqni irodaviy boshqarishi-ongli ravishda aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishga qaratilishi yoki aktivlikdan o`zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash, qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo`r berish kabi murakkab mexanizmdan iboratdir. Iroda ikkita funktsiyani bajaradi: qo`zg`alanuvchanlik va tormozlash. Insonni psixik boshqaruvchanligining buzilishi abulie deb ataladi. Iroda turlari quyidagilardan iborat. Oddiy irodaviy akt, murakkab irodaviy jarayon va ekstermal holatlar bilan bog`liq irodaviy jarayon. Oddiy irodaviy jarayon bu maqsadni aniqlash va darhol vazifani echish.
    Murakkab irodaviy jarayon quyidagi tizimga ega:
    1. Intilishni anglash;
    2. Maqsad va vositalarni tanlash;
    3. Qaror qabul qilish;
    4. Qarorni bajarish va ijro etish;
    V.M.Selevanov irodani inson xulq atvorini ongli bajarilishi deb tushuntiradi va uni oldindan ko`ra olish va tashqi to`siqlarni engishda ifodalaydi. Shaxsning irodaviy sifatlariga:
    a) mustaqillik;
    b) qat’iylik;
    v) dadillik;
    g) o`zini tuta olishlik kiradi.
    Iroda va irodaviy sifatlar sekin-asta organizmning o`sishi natijasida taraqqiy etish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`quvchilar irodasini tarbiyalashda kattalar va o`qituvchilar tug`ri talab qo`yishlari, bajarilishi nazorat qilib bajarishlari uyushgan tartibda ma’lum maqsad sari intilmoqlari zarur. Ana shunday tarzda irodani taraqqiy ettirish mumkin. Xulosa: Insonni anglanilgan, maqsadli, ongli faoliyatga, xatti - harakatga undovchi sabablar majmui motivatsiyadir. Ushbu mavzuni ahamiyatli jihati shundaki, odamning faoliyat motivlarini o`rganish, shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishga yordam beradi. His-tuyg`ular odam uchun ahamiyatli bo`lgan narsalar haqida darak beruvchi signallar hisoblanib, xotirjamligi va notinchligi borasida ma’lumotga ega bo`lish imkonini beradi.

    Download 21,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 21,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi

    Download 21,85 Kb.