O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




Download 2,55 Mb.
bet101/179
Sana15.03.2017
Hajmi2,55 Mb.
#82
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179
Halokat vaqtidagi saralash

Haloqat har turli salbiy omillar hamda ularga eng qisqa vaqt ichida ta`sir ko`rsata oladigan yashash imqoniyati yo`z beradigan mutanosibsizlik sifatida ta`riflanadi.

Bunday favqulodda vaziyat vaqtida xodimlar, asbob-uskunalar va transport vositalari etishmasligi turli darajalarda saralash zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Saralash yo`zasidan qarorga kelishda bu jihatlar hisobga olinishi kerak. Urushda askarni safga qaytarishi afzal ko`riladi; yadroviy avariya yoki kimyoviy modda ko`p miqdorda chiqib ketishi singari fuqaroviy haloqatlardan keyin esa omon qolish imqoniyati ko`p bo`lganlarga tibbiy yordam berish cheklangan resurslaridan bemalol foydalanilsa bo`ladi. Favqulodda vaziyatda beboshliq`ilar, tartibsizliklar boshlanib ketishi mumkin, shuning uchun yaxshi natijaga erishish uchun saralash tizimi soda va aniq bolishi kerak. Saralash boshqarib va uddalab bo`lmaydigandek ko`ringan vaziyatni o`ziga yarasha nazorat qila oladigan vosita bo`lib qolishi kerak. U tibbiy yordam ko`rsatishning butun tizimi bo`ylab bir qancha darajalarda bajariladigan dinamik jarayon bo`lishi kerak.

Saralash umumiy tashkil yondashishning bir qismigina bo`lib, oldindan rejalashtirishni talab qiladi. Odatda shikastlanganlar kimga oldin tibbiy yordam berilishi va kimni oldin davolash muassasalariga evakuasiya qilinishi kerakligicha qarab 3-5 toifaga bo`linadi. Toifalar bundan ko`p bo`lsa, ehtimolki kimga tez yordam berilishi kerakligidagi aniqlik ortishi mumkindir, lekin bunda butun tizim murakkablashib ketadi.

Shikastlanganlarning saralash natijasida aniqlangan turli toifalari raqam, rang va belgilar vositasida ko`rsatiladi. Pasuentlar quyidagi uch guruhga bo`linishi hammaga ma`lum: darhol yordam berish talab qilinadigan-“ kechiktirib bo`lmaydigan yordam”; odam o`limi ga olib kelmay, ma`lum vaqtga kechiktirsa bo`ladigan “tez yordam”; boshqa toifa shikastlanganlarga yordam berilguncha kechiktirsa bo`ladigan-“shoshilinchmas yordam”. Ayrim mutaxasisslar “kutuvchilar” deb belgilashni taklif qilgan jabrlanganlar jon berayotgan yoki o`lganlar toifasini tashkil etadi. Tibbiy xodimlar “ kutuvchilar” guruhidagi shikastlanganlarni toifalashda juda qiynalishadi. Chunki shikastlanganlar hayotini saqlab qolish uchun normal sharoitda qo`ldan keladigan hamma tibbiy usullar va kerakli choralar jalb qilingan bo`lar edi.

Resurslar cheklangan vaqtlardagi haiokatlarda dori-darmonlarning ko`proq miqdori shikastlanganlarning cheklangan qontingentigagina berilib, ba`zi shikastlanganlarga palliative yordam ko`rsatish ko`zda tutilgan qarorga kelinishi mumkin. Biroq haloqat ro`y berganda saralash tajribasi kamdan-kam kishilarda bo`lib, shikastlanganlarga faqat palliative yordam berish bilan cheklanish odamgarchilikdan bo`lmagani uchun, quyidagi alternative taklif etilgan “СТАРТ” tizimi, yoki oddiy saralash va tez o`tkaziladigan evakuasiya tizimi shikastlanganlarni besh toifaga bo`lishni taklif etadi. Unda kodlashning rangli tizimidan foydalaniladi. Bunga tirik qolishidan umid kam bo`lgan yoki tirik qolishi qisqa vaqt ichida tezlik bilan ko`p yoki murakkab yordam berilishiga bog`liq bo`lgan shikastlanganlar toifasi belgilanadigan ko`k rang kiritilgan. Bu toifadagi shikastlanganlar “kechiktirib bo`lmaydigan yordam” toifasidagilardan keyin, lekin “tez yordam” toifasidagilardan oldin yordam olgan bo`lardilar. Saralash o`tkaziladigan kishilar bu usulni ma`qulroq ko`rishlari mumkin, lekin yana bir toifa qo`shilishi tizimning murakkablashib ketishiga olib kelishi ham mumkin. Dala sharoitida bu usullardan qaybiri ishlatilsa ham, u shikastlangan shaxs yotqiziladigan kasalxona xodimlariga tanish bo`lishi, saralash prinsiplariga aniq rioya qilinishi kerak, chunki shikastlanganlar muayyan tizimga muvofiq tibbiy yordamolishlari kerak.




Download 2,55 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179




Download 2,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

Download 2,55 Mb.