O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




Download 2,55 Mb.
bet103/179
Sana15.03.2017
Hajmi2,55 Mb.
#82
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179
Shikastlanganlar

guruhi

Shikastlanganlar guruhining tavsifi

I guruh

Nafas yo`llari shikastlanishi (A) yoki nafas olish bo`zilishi(B), yoki qon aylanishi bo`zilishi(C) oqibatida ahvoli barqaror bo`lmagan shikastlanganlar. Kechiktirib bo`lmaydigan ko`rsatkichlarga muvofiq darhol chora ko`rish. Tezda kasalxonaga yotqizish.

II guruh

A,B,C ahvoli barqaror bo`lib, 4-6 soat ichida yordam berishi kerak bo`lgan shikastlanganlar; aks holda ahvoli bebarqaror bo`lib qoladi. Birinchi yordam tadbirlari. Kasalxonaga yotqizish

III guruh

A,B,C ahvoli barqaror, ozroq shikastlangan, ahvoli yomonlashishi xavfli bo`lmagan shikastlanganlar. Umuman davolovchi vrach yordami.

Shikastlanganlarni davolash-ko'chirish jihatidan ta'minlash masalasi dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Ushbu masala Ikkinchi jahon urushi yillarida, ayniqsa qayta ahamiyat kasb etdi. Bu vaqtlarda aholi orasida 140.000 odam shikastlangan edi. Mamlakat ichkarisiga 30.000 dan ortiq nemis-fashist samolyotlari bostirib kelgan. 600.000 tagacha fugasli va yondirib yuboruvchi bombalar tashlangan. U paytlarda, shikastlangan aholini tibbiyot nuqtayi nazaridan to'liq ta'minlash masalasi, qisqa muddat ichida (20-30 daqiqa) shikastlanganlarni shifoxonalarga joylashtirish bilan kеchgan. Shunga ko'ra, aytish mumkin: Ikkinchi jahon urushi yillarida shikastlanganlarga berilgan tibbiy yordam, deyarli jang maydoni atrofida amalga oshirilgan va ushbu jarayon 1 bosqichdan iborat bo'lgan. Shikastlanganlarga tibbiy yordam qisqa vaqt ichida ko'rsatilganligi bois, ko'pchilik yaradorlar mchnat jarayoniga qaytarildi (80 %dan ortiq kishilar).

Keyinchalik yadro quvvatiga asoslangan qurol-yarog'Iar va ularni yiroq masofalarga yetkazish vositalari vujudga kelgach, shikastlanganlarni davolash-ko'chirish jarayoni vaqt va masofa nuqtayi nazaridan keskin ravishda o'zgarishlarga uchradi. Bunga yana jarohatlarning nihoyat darajada keng ko'lamda yo`z berishi, ularning og'ir kechishi sabab bo'ldi. Shuning uchun ham shikastlanganlar orasida sanitar yo'qotishlar yuqori darajada bo'lgan. Shikastlanishlar qisqa vaqt ichida, deyarli bir vaqtning o'zida ko'pchilikni qamrab olgan.

Dushman tomonidan yadro qurolini qo'llash shikastlanganlarni «jang maydonida» davolash-ko'chirish ishlarini murakkablashtirib yuboradi, chunki bunday sharoitda, o'sha yerning o'zidayoq shikastlanganlarga malakali va maxsus tibbiyot yordamni amalga oshirish imqoni bo'lmaydi. Masalan. shikastlanishning og'irlashuviga binolar. shu qatorda davolash muassasalari. turli inshootlar. jumladan kommunal-quvvat beruvchilar, atrof-muhitda keng doirada yong'inning avj olishi, radiofaol quyun, qurum va boshqa salbiy ta'sir etuvchi moddalar bilan zararlanish sabab bo'ladi. Shu boisdan ham shikastlanganlarni davolash-ko'chirish jarayoni xavfsiz bo'lgan jang maydonlaridan yiroq maskanlarda amalga oshiriladi. Bu paytda zarar topgan joydan, to xavfsiz yergacha bo'lgan masofa bir necha qilometrni va hatto yo`zlab qilometr olisda davolash-ko'chirish ishlari olib borishga to'g'ri keladi. Natijada, shikastlanganlarga beriladigan tibbiy yordam ma'Ium darajada kechiqib ko'rsatiladi. Yana bir narsaga e'tibor berish kerakki, u ham bo'lsa, shikastlangan joydagi odamlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatish zarurati tug'iladi. Masalan, karaxt (shok) holiga tushib qolish, arterial qon tomiridan qon ketishi, nafasning tiqilishi, ochiq holatdagi pnevmotoraksning vujudga kelishi, tananing ko'p qismi og'ir darajada kuyishi, yurakning to'xtab qolishi va boshqalar kelib chiqishi mumkin. Yuqoridagi aytilganlarni inobatga olgan holda davolash-ko'chirish jarayonini bir necha qismlarga ajratishga majbur bo'linadi. Maqsad - hayoti xavf ostida qolgan shikastlanganlarni yo'qotib qo'ymaslik. Ayni maqsadda jang maydonida, dastlabki tibbiy yordam amallari ko'rsatiladi.

Shikastlanganlarni davolash-ko'chirish jihatidan ta'minlash deyUganda shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatib, ularni xavfsiz joylarga ko'chirish kerakligi anglanadi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining davolash-ko'chirish jarayonida poydevor tariqasida bosqichma-bosqich davolash jarayoni qo'llaniladi. Ushbu tizimning mohiyati shundan iboratki, shikastlanganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay, ma'Ium ketma-ketlikda va qabul qilingan usullar qo'llanilib, tibbiy yordamni amalga oshirishdir. Shundan keyin shikastlanganlarni tavsiya etilib, lozim deb hisoblangan shifoxonalarga ko'chiriladi (5-chizma).

Tibbiy ko'chirish bosqichlari deganda, shikastlanganlar va bemorlarni ko'chirish jarayonida yo'l-yo'laqay, ularni qabul qilish, tibbiy saralash, tibbiy yordam ko'rsatish va davolash uchun tashkil etilgan kuchlar va vositalar tushuniladi.

Fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmatida asosan 2 bosqichli davolash-ko'chirish tizimi qabul qilingan. Bunday hollarda davolash-ko'chirish jarayonining birinchi bosqichi deb, zarar topgan o'choqda yoki unga yaqin masofada dastlabki tibbiy yordam guruhi (DTYG) ochilgan fuqarolar muhofazasining harbiy qismlari, ayrim hollarda esa, saqlanib qolgan shifo muassasalari qabul qilingan. Davolashko'chirish jarayonining 1-bosqichida asosan dastlabki tibbiy birinchi shifokor yordami beriladi.





Davolash-ko'chirish jarayonining 2-bosqichi deb xavfsiz, shahardan tashqari hududlarda tashkil etilgan shifo maskanlarining majmuasi tushuniladi. Bunday shifoxonalar sharoitida shikastlanganlarga malakali va maxsus shifokor yordami amalga oshiriladi va shikastlanganlar yoki bemorlar butkul davolanadilar.

Hozirgi zamonda, yadro qurollari, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriologik qurollar turlari kundan-kunga oshib borayotgan bir paytda, shikastlanganlar va bemorlar orasida og'ir holatlarni ko'plab uchratish muammo emas. Shu boisdan ham hammavaqt ham bunday odamlarga beriladigan dastlabki tibbiy, birinchi shifokor va hatto malakali va maxsus shifokor yordamlari jarohatlarni izsiz, butunlay yo'qolib ketishiga olib kelmasligini hisobga olgan holda, bizning mantiqdan kelib chiqqan fikrimizga ko'ra shikastlanganlar va bemorlarga beriladigan tibbiy yordamlarni keyinchalik ham davom ettirish zarur. Shunga binoan aytish mumkin: ko'rsatiladigan yordam, hozirgi zamon sharoitlarida 3-bosqichni ham talab qiladi. Bu reabilitatsiya bosqichidir, ya'ni imqoniyat boricha shikastlanganlar sihat-salomatligini asl holiga qaytarish bosqichidir.

Dastlabki umumiy tibbiy yordam o'z ichiga davolash-profilaktik tadbirlarni oladi va uni amalga oshirish jarayonida, deyarli barcha aholi qatnashadi. Bunday yordam shikast topgan joylarning o'zidayoq ko'rsatila boshlanadi. Umum aholidan tashqari mazkur jarayonda, fuqarolar muhofazasining harbiylashmagan tuzilmalari: sanitar postlari va drujinalari hamda boshqa xizmatchilar, xodimlar ishtirok etadi. Ulardan tashqari. shikast topgan joylardagi salbiy natijalarga barham berish maqsadida fuqarolar muhofazasining harbiylashgan qismlari ham qatnashadi. Dastlabki ko'rsatilgan tibbiy yordamning ahamiyati nihoyatda katta bo'lib, uni o'z vaqtida amalga oshirish shikastlanganlar va bemorlar hayotini saqlab qolish, og'ir asoratlar oldini olish yoki ularni kamaytirish imqonini yaratadi. Dastlabki umumiy tibbiy yordamning asosiy maqsadi, oddiy muolajalar ishlatib, shikastlanish orqasidan kelib chiqadigan asoratlar oldini olish va ko'pincha odamlar hayotini saqlab qolishdan iborat.

Birinchi shifokor yordami doirasiga davolash-ko'chirish jarayonining 1-bosqichida shifokorlar tomonidan qilinadigan shikastlanishning asoratini bartaraf etish,. shikastlanganlar hayotini dastlabki vaqt mobaynida saqlab qolish, ularni keyingi ko'chirish bosqichiga o'tqazish uchun qo'llaniladigan davolash-profilaktik muolajalar majmuasi kiradi.

Malakali va maxsus tibbiy yordam shifoxonalar majmuasiga qarashli shifo maskanlarida amalga oshiriladi. Malakali tibbiy yordam tibbiy muassasada keng soha bo'yicha ishlovchi jarrohlar va terapevtlar tomonidan ko'rsatiladi. Maqsad shikastlanganlar va bemorlarning hayotini saqlash, rivoj topayotgan asoratlarga barham berish, ularning samarali davolanishlari va sog'ayib ketishlan uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Maxsus tibbiy yordam ma'Ium sohani mukammal egallagan, malakali, zarur narsalar va ishlash sharoitlariga ega bo'lgan shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday yordamni ko'rsatish jarayoniga maxsus tibbiy yordam ko'rsatish brigadalari (MTYKB) va guruhlari (MTYKG) jalb qilinadi.

Maxsus tibbiy yordam mohiyati jihatidan oliy tibbiy yordam bo'lib. u barcha savollarni hal qilishi kerak. Ammo, hamma vaqt ham bunday natijalar qisqa vaqt mobaynida amalga oshmasligi mumkin. Shu boisdan ham shikastlanganlar va bemorlarga 3-bosqich - reabilitatsiya bosqichida davolash-profilaktik yordamlari davom ettiriladi.

Demak, tibbiy yordam ko'rsatish jarayonlari vaqt nuqtayi nazaridan ma'Ium bo'laklarga ajratilganida, unga bo'lgan talablar quyidagicha bo'lishi mumkin:



  • o'z vaqtida yordam ko'rsatish;

  • muolajalarning ketma-ketligi;

  • ma'Ium qabul qilingan umumiy usullar asosida olib borilishi. Tibbiy yordamni o'z vaqtida ko'rsatish uchun quyidagi shart-

sharoitlar talab qilinadi:

  • imqoniyat boricha shikastlanganlar va bemorlarga tibbiy yordamni yaqinlashtirish;

  • shikastlanganlar va bemorlarni qidirishni aniq holda olib borish va zarar topgan joyning o'zidayoq tibbiy yordamni amalga oshirish;

  • shikastlanganlar va bemorlarni zarar topgan joylardan zudlik bilan olib chiqish;

  • shikastlanganlar va bemorlarni dastlabki shifokor yordamiga qisqa vaqt ichida yetkazish uchun imqoniyatlardan kelib chiqib, barcha transport turlaridan samarali foydalanish;

- dastlabki shifokor yordamini o'z vaqtida ko'rsatish;

- shikastlanganlar va bemorlarni xavfsiz maskanlarga ko'chirish. Shikastlanganlar va bemorlarga davolash-profilaktik muolajalarini

qabul qilingan umumiy usullarda amalga oshirish uchun quyidagi xatti-harakatlar qilinadi:


  • kasallik yoki shikastlanish sababi va kechishini bir xil ma'noda tushunish;

  • bir xil nuqtayi nazardan shikastlanganlar va bemorlarga yordam berish;

  • bir xildagi hujjatlardan foydalanish (shikastlanganlar va bemorlarga berilgan).

Davolash-ko'chirish jarayonini ketma-ket, bosqichma-bosqich olib borish chog'ida, shikastlanganlar va bemorlar saralanadi. Bu masalaning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi, ayniqsa ko'plab shikastlanganlar va bemorlar kelganida ko'zga tashlanadi, chunki kelganlar orasidan kimlarga birinchi navbatda tibbiy yordam ko'rsatish masalasi kelib chiqadi.

Yaxshilab tashkil qilingan saralash jarayoni, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining samarasini oshirishga imqon beradi. Natijada, qisqa vaqt ichida ko'pchilikka tibbiy yordam ko'rsatiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish paytida, fuqarolar muhofazasining shikastlanganlar va bemorlarga yordam berishda qatnashayotgan barcha tibbiy tuzilmalari va muassasalari ishtirok etishi kerak.

Shikastlanganlar va bemorlarni saralash deganda, shikastlanganlar va bemorlar orasida bir xildagi davolash va ko'chirish muolajalariga talabgor bo'lganlarni (tibbiy-ko'rsatmalar va sharoitdan kelib chiqib) guruhlarga ajratish tushuniladi.

Tibbiy saralash chog'ida qo'yilgan vazifaga ko'ra, saralashning 2 ta asosiy turi ajratiladi:



  • punkt ichidagi saralash;

  • ko'chirishga talabgorlar bo'yicha.

Undan tashqari, fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati tizimida zarar ko'rgan joylarda, sanitar drujinalari tomonidan dastlabki tibbiy saralash jarayoni amalga oshiriladi. Maqsad - kimlarga birinchi navbatda tibbiy yordam ko'rsatish va kimlarni dastlabki shifokor yordamini ko'rsatuvchi guruhga (DShYKG) jo'natish.

Punkt ichidagi saralash jarayoni tibbiy ko'chirishning barcha bosqichlarida olib boriladi. Maqsad - mazkur bosqichda shikastlanganlar va bemorlarni qaysi bo'Iimlarga joylashtirish va kimlarga qaysi bir navbat bilan yordam berishni amalga oshirishdir.

Ko'chirish bo'yicha saralash dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish guruhining bosh shifoxona bo'limlarida, ko'p sohali shifoxonalar, markaziy shifoxonalar maydonchalarida amalga oshiriladi. Maqsad -yordam ko'rsatish navbatiga aniqlik kiritish, ko'chirish tavsiyasini belgilash, shikastlanganlar va bemorlarni qaysi bir usul va vosita yordamida ko'chirishdir. Tibbiy saralash natijalarini rasmiylashtirish uchun har bir shikastlanganga va bemorga dastlabki tibbiy hujjat (fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining 1-shakli) to'ldiriladi.

Har bir bosqichda, shikastlanganlar va bemorlarga berilgan tibbiy yordamlarning majmuasi, ularga ko'rsatilgan tibbiy yordam hajmi belgilanadi. «Tibbiy yordam hajmi» deganda, shikastlanganlar va bemorlarning ahvoli hamda mavjud shart-shroitlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi shart va mumkin bo'lgan muolajalarning xillari, ularning tavsifi tushuniladi.

Vujudga kelgan shart-sharoitlarga ko'ra tibbiy yordam hajmi o'zgarishi mumkin: kengaytirilishi yoki qisqartirilishi, ammo shunga qaramay keyingi tibbiy yordam bosqichida beriladigan yordam kattaroq doirada bo'ladi. Agar ma'lum ko'rsatmalarbo'lmasa, oldingi bosqichda ko'rsatilgan tibbiy muolajalar qaytarilmasligi mumkin va ma'lum ketma-ketlikda kengaytirilishi ko`zatiladi.

Tibbiy ko'chirish jarayonining har bir bosqichi ishini boshlash va tashkil etishda o'ziga xos jihatlariga ega bo'ladi, ammo barcha bosqichlarda ishlab turadigan boiimlar ochiladi. Bundan maqsad:

- kelgan shikastlanganlar va bemorlarni qabul qilib, tibbiy saralash;


  • ularga sanitar ishlovini berish;

  • shikastlanganlar va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish;

- yuqumli bemorlar va asabi keskin o'zgargan kimsalarni vaqtincha alohida joylashtirish;

- ko'chirib bo'lmaydigan shikastlanganlarni vaqtincha shifoxonalarga joylashtirish va ularni batamom davolash;

- tibbiy jihatdan ta'minlash;

- shikastlanganlarga, bemorlarga va xizmatdagi xodimlarga xo'jalik nuqtayi nazardan yordam berish;

Bulardan tashqari, dastlabki 1-bosqichda shikastlanganlar va bemorlarni ko'chirish bo'limlari tashkil qilinadi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati vazifalarini ado etish paytida 2-bosqichli davolash-ko'chirish tizimining mavjudligi qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joylar - inshootlar va binolardan shikastlanganlar va bemorlarni dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish guruhi (DShYKG) ga ko'chirishni taqozo etadi. Ushbu amaliyotni saqlanib qolgan davolash-profilaktik muassasalarida ham qo'llash mumkin. Keyinchalik esa, shikastlanganlar va bemorlarni shifoxonalar majmuasiga, tegishli shifoxonalarga jo'natish ko'zda tutiladi.

Shikastlanganlar va bemorlarni ommaviy shikast topgan joylardan ko'chirish majburiy jarayondir. Natijada, bir butun bo'lgan davolash-ko'chirish jarayoni qismlarga bo'linib, davolash-ko'chirish bosqichlari ko'rinishiga ega bo'ladi.

Tibbiy-ko'chirish jarayoni nafaqat tibbiy, balki fuqarolar muhofazasining transport xizmatiga ham tegishlidir.

Shikastlanganlar va bemorlarni qutqaruv ishlari olib borilayotgan joylardan ko'chirish jarayoni «o'ziga» va «o'zidan» prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Masalan, shikast topgan joydan shikastlanganlar va bemorlarni dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish guruhiga ko'chirish, ushbu guruh transportlarini ishlatib (o'ziga) bajariladi. Ayni maqsadda, shikast topgan joydagi, unga qarashli transportlardan (o'zidan) foydalanish ham mumkin, chunki bu transporter yordam uchun yuborilgan bo'ladi.

Shikastlanganlar va bemorlarni dastlabki shifokor guruhidan xavfsiz joyga ko'chirish bu guruhga yordamga yuborilgan transportlardan (o'ziga) foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Mazkur maqsadda, fuqarolar muhofazasi tizimida avtotransport kolonnalari va avtosanitar guruhlari tashkil qilinishi mumkin.

Tibbiy-ko'chirish jarayonini amalga oshirishda boshqa transportlardan (poyezd, kemalar, qayiqlar, samolyotlar, vertolyotlar va boshqalar) ham foydalanish man etilmaydi. Jumladan, shaxsiy avtotransportlar va boshqalar.

MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR



Download 2,55 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179




Download 2,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

Download 2,55 Mb.