Taqsimlash guruhining vazifalari:
1) tanasining teri qismlari va kiyimlari ionlovchi va radiofaol qurumlari bilan yuqori dozada zararlanganlarni dozimetrik nazoratdan o'tqazish;
-
zararlangan kimsalami qisman sanitar ishlov boiimiga, kiyimlari va poyabzallarini esa, dezaktivatsiya qilish uchun yo'llash;
-
yuqumli kasalliklarga yo'liqqanlarni va asabi keskin ravishda o'zgarganlarni aniqlash:
4) ushbu bemorlarni maxsus alohidalash xonalariga joylashtirish:
5) o'zi kelganlar va olib kelinganlarni 2 oqimga, o'zi yura
oladiganlar va zambildagilarga ajratish;
-
atrof-muhitni nazorat qilish:
-
xabarlashuv belgilarini berish;
8) shikastlanganlar transportlarini saralash maydonchasiga
o'tqazishni boshqarish.
Taqsimlash kichik guruhi dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi ostonasida, saralash-ko'chirish bo'limiga 50-60 metrcha masofada tashkil qilinadi. Uning shaxsiy tarkibi: 1 ta hamshira va 1-2 dozimetrchilardan iborat.
Taqsimlash guruhidan o'tgan, shikastlangan va bemorlar 2 ta oqimga ajratiladi:
-
o'zi yuradiganlar (olgan radiatsiya dozasi mumkin chegaralarda). bular qisman sanitar ishlovi va kiyimlari hamda poyabzallari dezaktivatsiya tadbirlaridan o'tadi va qabul-saralash xonalariga borishadi;
-
zambildagilar (2 ta guruhlarga bo'linadi: a - radiatsiya bilan zararlanmaganlar; ular to'ppa-to'g'ri tayyorlab qo'yilgan xonalarga o'tishadi; b - me'yor darajasidan ortiq nurlanish dozasini singdirganlar) ular tanasining ochiq joylariga sanitar ishlovi beriladi.
Ikkala oqimdagi shikastlanganlar qabul-saralash xonalariga yuboriladi. Ushbu xonalar keng bo'Iishi, bir vaqtning o'zidayoq ko'pchilikni qabul qilishi kerak.
Shikastlanganlarni ochiq issiq kunlari saralash maxsus maydonchalarda amalga oshiriladi. Bajariladigan yumushlarni qulaylashtirish va bo'limning o'tqazish qobiliyatini oshirish maqsadida uning tarkibi asosida 2-3 ta kichik guruhlar ajratiladi va ikkala oqimdagi shikastlanganlar xizmatini qiladi. Ushbu guruhlar tarkibiga yengil darajada shikastlanganlarni saralash uchun 1 ta shifokor, 1 ta hamshira va 1 ta tibbiy ro'yxatga oluvchi, zambildagilarni saralash maqsadida esa qo'shimcha ravishda hamshira yoki OMX va 1 ta ro'yxatga oluvchi beriladi.
DTYKGga kelib tushgan shikastlanganlar va bemorlar ro'yxatga olinib ular uchun dastlarbki shaxsiy tibbiy hujjat

to`ldiriladi. Uni to'g'ri va aniq ravishda to`Idirish. DTYKG bo'limlarida va tibbiy ko'chirishning keyingi bosqichlarida o'tqaziladigan davolash chora-tadbirlarini o'z vaqtida va kelishilgan ketma-ketlikda amalga oshirishni ta'minlaydi. Fuqarolar muhofazasining dastlabki shaxsiy tibbiy hujjati ham tibbiy, ham adliya hujjati bo'lib tan olinadi.
Tezlikda tibbiy yordam ko'rsatish va shikastlanishning ayrim jihatlarini belgilash maqsadida hujjatda 4 xilda rang bo'ladi: qizil (yuqorida), ko'k (pastda), sariq (o'ng tomonda) va qora (chap tomonda). Ushbu belgilar tibbiyot xodimiga tezlikda olingan shikastlarning va tibbiy yordamning tavsifi bo'yicha ish yuritish imqonini beradi.
Shikastlanganlarni va bemorlarning shaxsiy tibbiy hujjati 104-rasmda o'z ifodasini topgan. U 2 qismdan iborat:
1) zararlanganlarga qilingan kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy
yordam muolajalarini amalga oshirilganligi haqidagi ma'lumotlar
uchun;
2) yirtib olinishi kerak bo'lgani.
Mazkur hujjatning har ikkala qismdagilarning umumiy va ajrim tomonlari mavjud: umumiy tomonlarga zararlanganlamingjinsi, yoshi, ismi, sharifi, istiqomat qilish manzilgohi, ko'rsatilgan tibbiy yordamlar, tashxis, shifokor imzosi, sanitar yo'qotishlar, transportlar turi, shifoxonaning xili, belgilari kiradi. Ajrim jihatlarga esa, quyidagi ma'lumotlar kiradi (yirtib olinadigan qismiga nisbatan) jgutni qo'yish vaqti, sanitar ishlovi, ko'chirish holati (o'tirib, yotib) I, II va III bosqichli ko'chirish tartiblari, transportlar, tananing shikastlangan joyi va hujjatlarning pastki qismida tan olingan ta'sir etgan salbiy omil (masalan radiatsiya).
Shaxsiy tibbiy hujjat haqida keltirilgan ma'lumotlar shundan darak beradiki, ikkala qismning umumiy tomonlari ajrim tomonlariga nisbatan ustunroq bo'ladi. Asosiy farq shikastlanganlarni tananing qaysi bir qismida ekanligini ifodalovchi tana chizmasi bilan bog'liq.
Tibbiy saralashni shifokor yoki OMX amalga oshirib mazkur shikastlanganlar yoki bemorlar DTYKG tomonidan bcrilishi mumkin bo'lgan dastlabki shifokor tibbiy yordamiga muhtojligi ushbu yordamni olish navbati va mazkur guruhning qaysi bo'limida berilishi mumkinligini aniqlaydi. Tibbiy xodimning qarori shikastlangan kimsaning qayerga borishi va uning navbati ko'rsatilgan saralash chiptalarida o'z ifodasini topadi.
|