kuyish.
106-rasm. I darajali 107-rasm. II darajali
108-rasm. Qo'l panjasining kuyishi.
zarur. Shikastlanganlarni transportlarga o'tqazish masofasini qisqartirish maqsadida ularni sanitar guruhlariga imqon boricha yaqinlashuvi taqozo etiladi. Shikastlanganlar bilan transportlar orasidagi masofa 200 m dan oshmagani ma'qul deb topiladi.
Shaharlarda kimyoviy moddalar bilan zararlangan o'choqdan shikastlanganlarni ko'chirish niyatida avtotransportdan tashqari, mavjud barcha transport turlaridan (xususiy, tramvay, trolleybus, poyezd, aerobus, metro) foydalansa bo'ladi. Zararlangan o'choqdan shikastlanganlarni DTYKGga yetkazib beradigan, zararlangan o'choqning tashqi chegarasidan 1-2 km narida shamol yo'nalishi tomonda joylashgan fuqarolar muhofazasi harbiy qismlarining tibbiy bo'limlari yoki sog'liqni saqlash tizimiga qarashli shifo muassasalariga olib kelinadi. Mazkur masofada shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordami beriladi.
DTYKG faoliyati 2 bosqichli tizim bo'yicha tashkil etiladi: shikastlanganlar o'z navbatida yengil va og'ir ahvoldagilarga ajratiladi.
TAQSIMLASH VA QISMAN SANITAR ISHLOVINI BERISH BO'LIMI (TSIBB)
Ushbu bo'limning shaxsiy tarkibi ifloslangan joyda faoliyat ko'rsatayotganda, teri va nafas yo'llarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadi.
Kimyoviy zaharlovchi moddalar qo'llaniladigan sharoitdagi DTYKG tuzilishi, xuddi yadro quroli ishlatilgandagi kabi bo'lib, ular orasidagi farq quyidagicha bo'ladi:
-
yadroviy qurol qo'llanilgan o'choqda - anaerob bog'lov xonasi, kimyoviy moddalar bilan zararlangan o'choqda esa jonlantirish xonalari mavjud;
-
yadroviy qurol ishlatilgan o'choqdagi shikastlanganlarga qisman sanitar ishlovi, kimyoviy zararlangan o'choqdan keltirilganlarga to'liq sanitar ishlovi berilib, kiyimlari almashtiriladi.
TAQSIMLASH BO'LIMI (ТВ)
Bu yerda shikastlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatilmaydi (xuddi yadroviy zararlangan sharoitdagi kabi).
Kimyoviy zararlangan o'choqdan kelgan shikastlanganlarni qabul qilish va ularga dastlabki tibbiy yordamni berish uchun barchalariga to'la holdagi sanitar ishlovini o'tqazish tavsiya qilinadi. Bu paytda kiyimlar almashtiriladi. Qo'yilgan vazifalarni puxta bajarish maqsadida qisman sanitar ishlovini amalga oshiruvchi bo'lim avtohavo uskunalari bilan kuchaytiriladi yoki hammomlar, sanitar yuvinish xonalari yaqinida joylashtirilishi zarur.
To'liq sanitar ishlovini amalga oshirish niyatida kutish maydonchasi (xonasi), yuvinish va kiyinish xonasi tashkil etiladi. Kutish maydonchasida (xonasi) kerak bo'lsa dastlabki shifokor yordami ko'rsatilib sanitar ishlovidan o'tqazish uchun navbatchilik tayinlanadi. Mazkur ish jarayonida, hamshiralar bilan shifokorlar bo'Iishi zarur.
To'liq sanitar ishlovi o'tqazilgach shikastlanganlar kerakli qabul-saralash bo'limlariga (yura oladiganlar va zambildagilar uchun) yuboriladi. Bu xonalarda dastlabki tibbiy yordam berish bilan birga shikastlanganlar ro'yxatga olinib DTYKG bo'limlariga taqsimlanadi. Kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan zararlanganlarning ko'pchiligi terapiya yordamiga muhtoj bo'lganliklari tufayli, shifo bo'limlariga tarqatiladi. Jarohatlanganlar uchun 2-3 kushetkali bog'lov xonasi ochiladi. Shunday qilib, jarrohlik bog'lov bo'limi 1 ta bog'lov xonasiga qisqartirilganligi boisidan shifo bo'limi kengayish imqoniyatini qo'lga kiritadi.
Shifo bo'limida jonlantirish va terapiya xonalari ochilib, ular dastlabki tibbiy yordamni kislorod ishtirokida zaharlanganga qarshi dorilar (antidotlar) va dard alomatlariga nisbatan qo'llaniladigan dorivor moddalar bemor tanasiga kiritilib, ularni ko'chirish jarayoniga tayyorlaydi. Undan tashqari, DTYKG shikastlanganlarni ayni tarkibga qiruvchi ko'chirish bo'limida ham tayyorlaydi.
Ko'chirish bo'limida shikastlanganlar salomatligi nazorat qilinib kiyimlari almashtiriladi. Dastlabki shaxsiy tibbiy hujjat to'liq to'ldiriladi, ko'chirish transportlariga ularni o'tqazish va shahardan tashqaridagi shifo muassasalariga jo'natish jarayonlari nazorat qilinadi.
Kimyoviy moddalar bilan zararlanganlarga dastlabki shifokor yordami ko'rsatilgach, ularning ko'pchiligi fuqarolar muhofazasining shahardan tashqari shifoxonalariga ko'chiriladi. Bu jarayonda shikastlanganlar yo'l azobini tortmasliklari uchun yumshoqroq, talablarga javob beradigan transportlarda ko'chiriladi. Masalan, temir yo'l va suv yo'llari transportlari va boshqalar.
BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VOSITALAR BILAN ZARARLANGAN O'CHOQLARDA DTYKGNING JIHATLARI
MURAKKAB ZARARLANGAN O'CHOQDA TIBBIY YORDAMNI TASHKIL QILISH XUSUSIYATLARI
DTYKG bakteriologik vositalari bilan ifloslangan o'choqda ishlash uchun jalb etilishi mumkin. Bu paytda u vaqtinchalik yuqumli kasallik shifoxonasini ochadi yoki alohida ajratilgan joyda poliklinika muassasasi tariqasida faoliyat ko'rsatadi.
DTYKG yuqumli kasalliklar shifoxonasini ochish maqsadida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati shtabi boshlig'idan xona, tibbiy anjomlar olib, bitta maxsus yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarga yordam beradigan kichik guruh (MYoBG) yoki 1-2 ta yuqumli kasalliklar shifokorlari bilan shaxsiy tarkibi kuchaytiriladi. DTYKG qoshidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vazifalarni ado etish, boshqa har qanday yuqumli kasalliklarni davolash muassasasidan tubdan farq qilmaydi. Bu shifoxonada ish jarayonida DTYKGdagi barcha shifokorlar maxsus tibbiy yordam ko'rsatish guruhidagi mutaxassislar boshchiligida qatnashadi. Mabodo, DTYKG alohida joyda yuqumli kasalliklarga nisbatan harakat qilsa, u holda unga alohida hudud odamlari bilan birga biriktiriladi. Berilgan hudud shifokorlar soniga binoan qismlarga bo'linadi.
Har bir shifokorga berilgan odamlar soniga ko'ra sanitar guruhi tayinlanadi. Ular kuniga ikki marta aylanib yurib, xonadonlardagi yuqumli kasalliklar bilan og'riganlarni so'rab-istab, tanasi haroratini o'lchab aniqlaydi. Odamlarga tezkor nomaxsus muhofaza vositalarini tarqatib, odatdagi sanitar-oqartuv ishlarini olib boradi. Yuqumli kasali borlar aniqlanishi bilanoq, sanitar guruhining vaqili xonadonga tashrif buyuradi va shifokorni chaqirtiradi. Yetib kelgan shifokor bemorni alohidalash va shifoxonaga yotqizish masalasini hal etadi. Zarur hollarda bemorlarning shifoxonaga ko'chirilishi tashkil etilib, ularning xonadonida dezinfeksiya amallari bajariladi va bemorlar bilan aloqada bo'lganlar ustidan nazorat o'rnatiladi. Yuqumli kasalliklar haqidagi bir kecha-kundo`zgi ma'lumotlar yig'ilib, umumlashtirilib, ular to'g'risida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tumandagi boshlig'iga va sanitar-epidemiologik muassasining bosh shifokoriga axborot beriladi.
Sanitar-epidemiologik muassasasining yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislari yuqumli kasalliklar tashxisi va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tqazish masalalari sohasidagi DTYKG ning shifoxonasiga uslubiy va maslahat yordamini beradi.
Mazkur o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan tibbiy yordam ko'rsatish masalalari katta qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday hollarda qo'llanilgan qurol turi va uning ta'sirida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy shikastlanish tavsifi hisobga olinadi. Masalan, dushman tomonidan yadroviy va kimyoviy qurollar ishlatilgan sharoitlarda tibbiy yordam ko'rsatishni asosan zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga qaratish kerak. Fuqarolar muhofazasi kuchlari birinchi qismining (eshelon) birinchi navbatdagilar tarkibiga zaharlovchi moddalardan shikastlanganlarning hammasiga tibbiy yordam berish imqoniyatini yaratadigan miqdordagi SG beriladi.
SG ish jarayonida - zaharlovchi moddalardan teri va nafas yo'llarini himoyalovchi vositalardan foydalanadi. SGning ishi yadroviy va bakteriologik qurollar qo'llanilgan sharoitga to'g'ri kelgudek bo'lsa, yadro quroli ta'siridan zararlangan o'choqdagi kabi bajariladi.
DTYKG zararlangan o'choqdan 200 m narida shamol esadigan tomonda joylashtiriladi va murakkab shikastlanganlarni qabul qilishga tayyorlanadi. DTYKG yadroviy shikastlanishlarda ishlatiladigan tadbirlar bilan birga tezkor nomaxsus muhofaza ishini ham olib borishi zarur. DTYKGning shaxsiy tarkibi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi va epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tqazishi kerak. Shikastlanganlarni shahar tashqarisidagi ish tartibi yuqumli kasalliklarga oid bo'lgan shifoxonalarga jo'natiladi.
Majmuiy zararlangan o'choqda tibbiy yordamni to'g'ri tashkil qilish maqsadida, tibbiy xodimlar turli qurollar ta'sirida kelib chiqadigan shikastlarning tavsifi va kechishini yaxshi bilishlari, asosiy qo'llanilgan qurol turini aniqlashi va shu asosda o'zlarining vazifalarini to'g'ri tashkil etishlari lozim.
DTYKG BOSHQARUVI VA FUQARO MUHOFAZASINING TUZILMALARI BILAN O'ZARO HAMJIHATLIGINI TASHKIL QILISH
Boshqaruv jarayoni o`zluksiz, jiddiy, egiluvchan bo'lib, DTYKG faoliyatini yuqori darajada bo'lishini va qo'yiladigan vazifalarni bekam-ko'st holda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta'minlashi kerak. DTYKG boshlig'i boshqaruv jarayonini aniq bo'lishini ta'minlash maqsadida guruh oldiga u yoki bu davrda qo'yilgan vazifalarni bilishi zarur. Ayni niyatni amalga oshirish uchun DTYKG boshlig'i o'ziga tegishli shaxsiy tarkibini yig'ishdan boshlab barcha mavjud aloqa vositalaridan (telefon. uyali telefon, selektor, faks, elektron pochtasi va h.k.) foydalanib fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining shahar tumanidagi rahbari bilan muntazam ravishda bog'lanib turishi lozim.
Shahardan chiqish jarayonida, DTYKG shahardan tashqarida joylashuvi davrida va uni shay holga keltirish hamda zararlangan o'choqqa kirish paytida va shikastlanganlarni qabul qilib, ularga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish chog'ida guruh boshlig'i o'z rahbari bilan aloqani radio, uyali telefon orqali davom ettiradi.
Shahar tumanidagi tibbiy xizmat rahbari bilan doimiy va muhim aloqa bog'lab, undan buyruqlar va ko'rsatmalar, farmonlar olib, belgilangan vaqtlarda farmonlarning bajarilishi, qabul qilingan qarorlar to'g'risida axborot beradi. Bunday harakatlar, guruh boshlig'iga sharoitdan doimo xabardor bo'lish, savodli-bilimli oqilona boshqaruvini asoslangan qarorlar negizida hal qilish imqoniyatini yaratadi.
DTYKG boshlig'i qo'li ostidagilarni shaxsan o'zi boshqaradi. Boshqaruv jarayoni og'zaki buyruqlar, farmonlar va belgilar orqali amalga oshiriladi. Buyruqlar, farmonlar va ko'rsatmalar qisqa va aniq hamda kerakli maTumotlarga ega bo'Iishi zarur. Boshqaruv asosi bo'lib yuqori darajadagi intizom, ong va shaxsiy tarkibning kasbiy mahorati xizmat qiladi.
DTYKG boshlig'i, u yoki bu ishlar bo'yicha bog'liq bo'Iishi mumkin bo'lgan fuqarolar xizmatining boshqa tuzilmalari bilan aloqani yo'lga qo'yib, uni quvvatlab turishi zarur. O'zaro hamjihatlik asosiy masalalarni yechishda yaxshi samara beradi.
MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR
Mavzuni o'rganish nihoyasida talabalar bajarishi kerak:
l) yadroviy va kimyoviy qurollar bilan zararlangan odamlarga
beriladigan dastlabki tibbiy va dastlabki shifokor yordamini
ko'rsatishni tashkil qilish;
-
DTYKG vazifalarini amalga oshirish, zararlangan o'choqqa kirish va dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish paytlarida ushbu guruh boshlig'i tariqasida tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
-
zararlangan joyga DTYKG kirishi, sharoitni to'g'ri baholab, guruhni joylashtirish chog'ida asosli qarorlar qabul qilishni va qo'l ostidagilarga farmonlar berishni bilishi lozim;
4) o'zida ommaviy sanitar yo'qotishlar sharoitida
shikastlanganlarga beriladigan tibbiy yordamni aniq tashkil etishning
muhimligi qo'yilgan vazifalarni bajarish jarayonida qattiqqo'llik va
jiddiylik xislatlarni tarbiyalashni tushunishi shart.
|