MAVZU 10: BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) JABRLANISH O'CHOG`IDA EPIDEMIYAGA QARSHI TADBIRLARNI TASHKIL QILISH.
Mavzuning o`quv maqsadi: I. Talabalarga favqulotda vaziyatlarda aholini
himoyalash usullari va vositalari haqida
tushuncha berish.
II. talabalarni himoya vositalaridan foydalanishga
o`rgatish.
Darsning vaqti-4 soat
Darsni o`tish joyi - Jihozlangan auditoriya
Darsni o`tish usuli - Amaliy mashg`ulot (tushuntirish, suhbat, mashq bajarish)
Innovatsion texnologiya usuli -“Miya hujumi ”
“Miya hujumi” interaktiv usuli
Guruhlar 2,3 tadan kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruhga o`tilgan mavzular bo`yicha savol tashlanadi. Har bir kichik guruh o`z javob variantlarini oq qog`ozga yozadi. Asosiy rolni o`qituvchi o`ynaydi. Lekin talabalar ham muhokamaga qatnashishlari shart. Eng faol qatnashgan kichik guruh yuqori baholanadi.
Savol: Urush vaziyatlari sanitar-epidemik sharoitning yomonlashuvi
qanday asoratlani olib kelishi mumkin?
Javob: aholining zichligi, ularning ovqatlanishi va hammom-yuvish
xizmatlarini yomonlashuvi;dushman tomonidan yadroviy hujum
natijasida suv va chiqindi-oqova tizimi faoliyatining izdan
chiqishi
|