|
Dozimetrni zaryadlash va undan foydalanish quyidagicha olib boriladi
|
bet | 54/179 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #82 |
Dozimetrni zaryadlash va undan foydalanish quyidagicha olib boriladi:
-
dozimetrning pastki qopqog`I burab chiqariladi;
-
dozimetr zaryadi uyasiga qo`yiladi, zaryadlovchi moslamadagi “Zaryad” dastasi oxirigacha chapga buralgan holda bo`lishi kerak, lampochka yonguncha dozimetr bosiladi;
-
dozimetr okulyariga qarqb “zaryad” dastasi asta-sekinlik bilan o`ngga buraladi;
-
dozimetr shkalasida ko`rinib turgan platinali ip sssshkalaning nul belgisiga kelguncha zaryadlovchi moslamadagi dasta buralaveradi;
-
platinali ip nulga qo`yilgandan so`ng dozimetrning pastki qismidagi qopqoqcha mahkam qilib yopiladi;
-
dozimetr ishga tayyor hisoblanadi.
Zaharlangan joylarda ishlash kerak bo`lib qolganda harbiy xizmatchilarga beriladi va qayd jurnaliga uning familyasi, ismi-sharifi, berilgan vaqti dozimetrning tartib raqami va boshqalar yoziladi.
Shaxsiy tarkib vaqti-vaqti bilan dozimetr ko`rsatkichini okulyar orqali ko`zatib boradi. Buning uchun dozimetrning pastki qopqog`iga o`rnatilgan oyna yorug`lik manbaiga qaratiladi. Kechqurun yoki qorong`u kechalari ko`rsatkichni olish kerak bo`lsa, unda yorug`lik manbai sifanida elektr fonaridan yoki yonib turgan gugurtdan foydalanish kerak.
|
| |