DP-22V MARKALI INDIVIDUAL DOZIMETRLAR TO`PLAMI
DP-22V komplekti: DKP-50 A markali bevosita ko`rsatadigan individual dozimetr, ZD- 5 turdagi zaryadlovchi moslama va plastmassa Yashikdan iborat.
DKP-50 A markali bevosita ko`rsatadigan individual dozimetr tashqaridagi gamma nurlanish dozasini 2 Pdan 50 P gacha diopazonda o`lchash uchun mo`ljallangan. Dozimetrning tuzilishi: qondensator, ionizasion kamera, ichki elektrodi platinali ip, mikroskopli sanovchi moslama va optic moslamadan iborat.
Ushbu detallar dyuralyumindan yasalgan korpus ichiga joylashtirilgan, elektroskop usulida ishlaydi. Dozimetr korpusida kiyimga taqib qo`yish uchun maxsus tutqich bor/ Og`irligi 50 g.
Dozimetr shkalasi 2 P dan 50 P gacha roentgen hisobiga darajalangan bo`lib, dozalar quvvati0,5-200 P/s bo`lganida nurlanish dozasini o`lchaydi.
ZD-5 turidagi zaryadlovchi moslama dozimetrlarni zaryadlash uchun mo`ljallangan. Zaryad qutichaning yuqori qismiga yopilib turadigan lampochka o`rnatilgan zaryad uyasi va zaryad kuchlanishini boshqaradigan dasta bor. Elektr manba quyadigan joyga 1,6-PMS-u-8 quruq elementi qo`yiladi, ushbu element ZD-5 ning 30 soat mobaynida o`zluksiz ishlashiga yetadi.
|