II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi




Download 49,51 Kb.
bet2/10
Sana29.11.2023
Hajmi49,51 Kb.
#108014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat tra-www.hozir.org

II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi
“Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarini obodonlashtirish va jihozlash” fanini o‘qitishdan maqsad – mavjud foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari shahar ko‘chalarini obodonlashtirish va jihozlash usullarini, texnologiyalarini talabalarga o‘rgatish, hamda shunga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifasi – avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarini obodonlashtirish va jihozlash usullarini, texnologiyalarini tanlab amaliyotga joriy qilishdan iboratdir.

Ushbu o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr talabalar:


‑ avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarini jihozlash, yo‘l belgilari, yo‘l to‘siqlari, yo‘l belgi chiziqlarining turlari, avtobus bekatlari, piyodalar aloqa yo‘llari, aloqa vositalari, atrof muhitni muxofaza qilish, transport shovqinini kamaytirish, avtomobil yo‘llarining intellektual transport tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
‑ avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalaridagi xizmat ko‘rsatish komplekslarining tasnifini, yo‘l bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish komplekslarini loyihalashning asosiy qoidalarini, yo‘lda qisqa muddatli dam olish maydonchalarini joylashtirishni, yo‘l belgilarini o‘rnatishning umumiy tamoyillarini, yo‘l belgi chiziqlari uchun materiallar va jihozlarni, svetoforlarning turlarini, avtobus aloqasini tashkil etishning umumiy qoidasini, avtobus bekatlarining tuzilishi va jihozlanishining me’moriy konstruktiv jihatlarini, yo‘l aloqasining vazifasi va tasnifini, avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimini, intellektual transport tizimini bilishi va ulardan foydalana olishi;
‑ avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalari harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini loyihalash, avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalaridagi harakatga xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish darajasini baholash, yoritgichlarni joylashtirish, avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlashni samaradorligini baholash, yo‘l xizmati komplekslarini joylashtirish, xizmat ko‘rsatish tizimi elementlarini joylashtirish, madaniy‑maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini joylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • turli xil harakat sharoitida yo‘l belgilarini qo‘llash, yo‘l va yo‘l inshootlarini yoritish tizimini loyihalash, yoritish tizimini ekspluatatsiya qilish, svetoforlarni joylashtirish va o‘rnatish, avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarini muhandislik jihozlash, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida avtobus bekatlarini joylashtirish, avtobus bekatlarini saqlash va ta’mirlash, piyodalar yo‘lakchalarini loyihalash, piyodalar o‘tish joylarida harakatni tashkil etish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.





Download 49,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 49,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi

Download 49,51 Kb.