O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI
70111801-XORIJIY TIL VA ADABIYOTI (INGLIZ TILI) TA`LIM YO`NALISHI
1-BOSQICH 323-GURUH TALABASI
Aripova Iroda Ikrom qizining 2023-2024 o`quv yillari uchun qilingan ishlar yuzasidan yillik
H I S O B O T
Men Aripova Iroda Ikrom qizi 2023-2024-o`quv yili davomida magistratura o`quv faoliyatini tashkil etish uchun mo`ljallangan majburiy faoliyat turlari: o`quv- metodik ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik ishlar yuzasidan belgilangan vazifalarni to`liq amalga oshirdim. Bajarilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilaman:
Oʻquv-metodik ishlar.
1-2-semestr davomida 2023-2024-yil magistratura yo`nalishi talabalari uchun belgilangan o`quv dasturi asosida ishlab chiqilgan o`quv reja bo`yicha “umum metodologik fanlar” (300 soat), “mutaxassislik fanlar” (360 soat), “tanlov fan” (240 soat), “ilmiy faoliyat” (600 soat) uchun ajratilgan dars soatlarida universitetning yetakchi mutaxassis va professor o`qituvchilari tomonidan olib borilgan ma`ruza, seminar, amaliy mashg`ulot va ilmiy seminarlarda ishtirok etib, kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ldim, hamda yaxshi va a`lo baholar olib, belgilangan kreditlarni to`pladim.
Jumladan, o`quv yili davomida “mutaxassislik fanlari”dan “kasbga yo`naltirilgan ingliz tili” fani fan o`qituvchisi nazorati va hamkorligi ostida ingliz tilida oliy o`quv yurtlari bakalavr ta`lim bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan dars davomida foydalanish mumkin bo`lgan keyslar:tarqatma materiallar, slayd prezentatsiyalar, lesson planlar va boshqa shunga o`xshash mavzuni yoritib va qiziqarli tarzda talabaga yetkazib beruvchi vositalarni tayyorlashni hamda undan dars o`tish davomida foydalanishni o`rgandim.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
1-semestr sentabr oyining 3 haftasida universitetning xorijiy tillar kafedrasi tomonidan magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash uchun mavzular banki taqdim etildi va men “Inson xususiyatlarini ko`rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o`zbek maqollarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusini tanladim. Magistrlik dissertatsiya ishim xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tasdiqlandi va ilmiy rahbar sifatida Filologiya fanlari bo`yicha falsafa fanlari doktori Jumaqulova Shahnoza Qudrat qizi belgilandi. Ilmiy rahbarim nazorati ostida ilmiy tadqiqot ishini bajarish uchun kerakli ko`nikma va maslahatlar oldim.
O`quv yilining 1-semestri davomida amaliyotga doir me`yoriy hujjatlar bilan tanishdim. O`rganish davomida kasbiy faoliyat bo`yicha barcha turdagi ko`nikma va malakalarni o`rganib, didaktik va amaliyotga bog`liq sharoitlarda tatbiq qilish; mutaxassislikka doir barcha vositalar, usullar zamonaviy texnologiyalarni chuqur o`rganish va amaliyotda qo`llay olish; kasbiy faoliyatning ilmiy-adabiy, madaniy-ma`rifiy, ishlab chiqarish va boshqa sohalarida faol ishtirok etish kabi ko`nikmalarga ega bo`ldim.
Ilmiy tadqiqot ishimga doir “Inson xususiyatlarini ko`rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o`zbek maqollarining tahlili” mavzusidagi ilk maqolam “XORAZM MAʼMUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI” ilmiy jurnalining №5/4 (114), 2024yil sonida chop etildi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2024 yil 24-25-may kunlari bo`lib o`tgan “PROFESSOR O`QITUVCHILARNING AN`ANAVIY IKKINCHI ILMIY KONFERENSIYASI” da “XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA YANGI TEXNOLOGIYALAR, ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” sho`basida “ Xorijiy tillarni o`rganishda maqollarning o`rni va ahamiyati (ingliz va o`zbek tillari misolida).” nomli tezisim bilan ishtirok etdim.
O`quv yili davomida har hafta so`ngida xorijiy tillar kafedrasining yetakchi professor o`qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy seminarlarda qatnashib ilmiy tadqiqot ishi qanday tanlanishi, adabiyotlar to`plash, annotatsiya yozish, tadqiqot ishining obyekti va subyekti, tadqiqot ishining yangiligi va dolzarbligi, maqola va tezis yozish tartibi, qoidalari va uni ilmiy jurnallarda chop ettirish tartibi va shunga oid kerakli bilimlarga ega bo`ldim.
Universitet tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o`yinlarida ishtirok etib, magistrlar o`rtasidagi o`yinda jamoaviy o`yinda ishtirok etib faxrli 3-o`rinni egalladik. May oyida viloyat miqyosida universitetlar o`rtasida o`tkazilgan o`yinda universitet jamoasida ishtirok etib sovrinli o`rinlarni egalladik.
Ilmiy-pedagogik ishlar
1-bosqichning 1-semestri davomida ilmiy pedagogik ishning mazmun mohiyati haqida tushunchalarga ega bo`ldik. Ular:
-Oliy o`quv yurtiga oid qonunlar, qarorlar, nizomlar buyruqlar bilan tanishish;
-O`quv mashg`ulotlari turlari bilan tanishish;
- Me`yoriy hujjatlarni o`rganish va tahlil qilish(DTS, o`quv reja, namunaviy va ishchi dasturlar, taqvim rejalar);
-Mutaxassislik fanlari bo`yicha bakalavriat ta`lim yo`nalishida ma`ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg`ulotlarini, mustaqil ishning o`tkazilishini kuzatish va tahlil qilish;
-Ilmiy-pedagogik ish yuzasidan hisobot tayyorlash;
O`quv yilining 2-semestri davomida kafedra tomonidan belgilangan ilmiy pedagogik rahbarim Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori To`rayeva Umida Shavkatovna nazorati va rahbarligi ostida 1-kurs 323-guruh filologiya (ingliz tili) bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalariga Chet tili amaliy kursi “Reading va writing” fanidan amaliyot darslari o`tadim. Biriktirilgan murabbiylik guruhida dars mashg`ulotlarida turli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o`tdim. Dars davomida tarqatma materiallar, slayd prezentatsiyalardan foydalandim va talabalarga mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari berib ularni bilimini baholadim. Amaliyot davomida ilmiy pedagogik rahbarimdan dars mashg`ulotlarining electron variantlarini tayyorlashni(sillabus, modul) o`rgandim.
O`quv yili davomida har oy 3 nafar yetakchi professor o`qituvchilarning ma`ruza, seminar va amaliy dars mashg`ulotlariga kirib ularni tahlil qildim. Jumladan Sattarova Y, Xanova D, Xoshimxo`jayeva M, Madiyeva M, To`rayeva U. kabi va boshqa o`qituvchilarning dars o`tish davomida ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-nazariy, metodik-yangi pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan olib borgan kasbiy mahoratlarini o`rgandim, tahlil qildim va yakuniy xulosalar berdim. Darsning yutug`i va kamchiliklarni kuzatib o`zimga kerakli tajribalar oldim.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish.
Ilmiy tadqiqot ishimning obyekti ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar va mavzu “inson xususiyatlarini ko`rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o`zbek maqollarining lingvomadaniy xususiyatlari” deb tanladim. Mavzuga oid K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы” kitobi, To’ra Mirzayev, Asqar Musaqulov, Bahodir Sarimsoqovlar tomonidan tuzilgan “O’zbek xalq maqollari” ning oxirgi nashridan o’zbek xalq maqollari, . Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmеdovlarning «Hikmatnoma”,“Ma`nolar xazinasi” kitoblaridan o’zbek xalq maqollarining semantik xususiyatlarining ifodalanishi va K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarov “O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi” kabi manbalardan o’zbek xalq maqollarining nazariy asoslari, Ingliz olimlarining maqollarga doir yaratilgan eng mukammal kitoblariga asosan, Honek, R.ning ” A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom.” asaridan ingliz maqollarining nazariy asoslari, professor Mayderning “Proverbs: A Handbook “ kitobidan ingliz tilidagi eng mashxur maqollarning semantik tahlillari Arora S.ning “The Perception of Proverbiality” asari, Jon Simpson va Jennifer Spiklarning “The Oxford dictionary of Proverbs” ning 5- nashri, Saidova H.A. O`zbek tilida hayvon nomlarining shaxs tavsifi vazifasida qo`llanilishi dissertatsiyasi kabi adabiyotlarni to`pladim va o`rganib chiqdim. Bundan tashqari bir nechta internet saytlaridan ham tadqiqot ishimga oid ma`lumotla bilan tanishib chiqdim va ilmiy ishimga oid chop etilgan adabiyotlar, avtoreferatlar va dissertatsiyalarning bibliografik ro`yxatini tuzdim. Yig`ilgan ma`lumotlar va o`rganishlar asosida aniq to`xtamga kelib, xorijiy tillar kafedrasi tomonidan mavzumni tasdiqlatdim. 1-semestr so`ngiga qadar aniq reja asosida tadqiqot ishimning yangiligi, dolzarbligi, yechilishi lozim bo`lgan muammolarni topib o`rganib chiqdim va ilmiy rahbarim nazorati ostida ilmiy ish rejasini tuzib chiqdim. Tadqiqot ishim ikki tilni qiyoslab tahlil qilish bo`lganligi sababli kerakli terminologiya kartotekasini tuzib chiqdim va ilmiy rahbarim bilan tahlil qildim.
Tadqiqotni amalga oshirish.
O`quv yilining 2-semestri davomida tadqiqot ishi uchun to`plangan materiallarni saralab oldim va kirish qismida foydalanishi lozim bo`lgan adabiyotlar va ma`lumotlarni jamlab qoralama variantini yozib chiqdim. Reja asosida I bob bo`yicha tuzilgan bo`limlarni ham qoralama variantlarini tuzib ilmiy rahbarim bilan tuzatish va o`zgartirishlar kiritdik. Ilmiy tadqiqot ishimning kirish va I bob bo`yicha (xomaki) ma`lumotlar to`plandi. Shu tariqa:
* Ilmiy tadqiqot ishimning obyekti: ingliz va o`zbek tillaridagi maqollar;
*ilmiy ishimning predmeti: inson xususiyatlarini ko`rsatuvchi zoonim komponentli ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvomadaniy va semantik xususiyatlarini kognitiv, lingovamadaniy va pragmatik jihatdan tadqiq etishdir;
*Ilmiy ishimning maqsadi: o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarning grammatik,
semantik, uslubiy yo’sinda ko’plab ilmiy ishlar qilingan bo’lishiga qaramay, ingliz
va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlari
qiyosiy, lingovamadaniy va pragmatik jihatdan hali to’la-to’kis yoritib
berilmagan. Shunga ko’ra, mazkur tadqiqotda, ingliz va o’zbek tillaridagi
maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini qiyosiy,
lingovamadaniy va mavzuviy jihatdan tadqiq etish;
*Ilmiy ishimning yangiligi: ishda ilk bor ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning linvokulturologik va semantik jihatlari tematik guruhlarga bo’lingan holda chuqur qiyosiy tahlil etildi;
o’zbek va ingliz tillaridagi inson xususiyatlarini o`z ichiga oluvchi mehnatsevarlik, yaxshilik va yomonlik, to`g`rilik va egrilik kabi sifatlarni ko`rsatuvchi hayvon obrazlari qatnashgan bir qancha maqollarning o’zbek va ingliz tillaridagi o’xshash va farqli jihatlari atroflicha tahlil qilindi;
*Ilmiy ishimning dolzarbligi: o’zbek va ingliz maqollarini qiyosiy o’rganish
asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks
etganini ifodalab, xalqlarning mentalitetidagi o’zaro o’xshash va farqli
tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o’rganish uchun ingliz va o’zbek
xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet
va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim ekanligi ko`rsatadi.
|