VI. ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASINING HUQUQLARI




Download 102,24 Kb.
bet45/55
Sana15.03.2017
Hajmi102,24 Kb.
#138
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
VI. ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASINING HUQUQLARI
39. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi hollarda iste’molchini ogohlantirib, unga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to’liq yoki qisman to’xtatish huquqiga ega:

issiqlik energiyasi uchun to’lov hujjatida belgilangan muddatlarda haq to’lanmaganda va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdorda oldindan to’lov amalga oshirilmaganda;

subiste’molchilar, yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari o’zboshimchalik bilan ulanganda;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari "O’zdavenergonazorat" DI ruxsatisiz ishga tushirilganda;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari hisobga olish priborlaridan oldin ulanganda;

issiqlik yuklamalarining belgilangan shartnomaviy miqdorlari yoki tarmoqdagi suv sarfining miqdori issiqlik ta’minoti korxonasining roziligisiz oshirilganda;

issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan bir soatda olinadigan tarmoq suvining miqdori oshirilganda;

tarmoqdagi suv ifloslanganda;

issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko’zda tutilgan bug’ kondensati 50 foizdan kam miqdorda qaytarilganda;

issiqlik ta’minoti korxonasi vakillari issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ko’rishga qo’yilmaganda.


40. Uskunalarni ta’mirlash bo’yicha rejali ishlarni amalga oshirishda yoki yangi iste’molchilarni ulashda zaxira ta’minlash manbai mavjud bo’lmasa issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchini uzib qo’yish huquqiga egadir. Iste’molchini issiqlik energiyasi yetkazib berishning to’xtatilishi to’g’risida ogohlantirish issiqlik energiyasi yetkazib berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirishdan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasa, issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu vaqtni mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Issiqlik energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qo’yishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda, uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.
41. Avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi, uzib qo’yish sabablarini darhol ma’lum qilgan holda, iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
42. To’liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining miqdori hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi. Cheklash vaqti issiqlik ta’minoti korxonasi dispetcherlik xizmatining operativ daftaridagi yozuvlar bo’yicha aniqlanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan iste’molchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmaganligi, hisobga olish priborlari bo’yicha, issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmagan sutkadan oldingi 3 sutkadagi issiqlik energiyasining o’rtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmagan sutkada amaldagi iste’mol o’rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi.


43. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi holatlar oqibatida issiqlik ta’minotidagi tanaffuslar, issiqlik eltuvchi parametrlarining pasayganligi va issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javobgar bo’lmaydi:

a) issiqlik ta’minoti korxonasi uskunalarining ishdan chiqishiga sabab bo’lgan tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, bo’ron, suv toshqini, zilzila, yong’in, 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida ushbu hududda isitishni loyihalashtirish uchun hisoblab chiqilgan haroratdan 3°S ga va undan ortiq past bo’lgan haroratda havoning uzoq vaqt sovub ketishi, boshlang’ich suv sifatining yomonlashishi;

b) iste’molchi xodimlarining issiqlik iste’moli rejimining o’zgarishiga sabab bo’lgan noto’g’ri xatti-harakatlari;

v) mazkur Qoidalarning 42-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi yetkazib berishni cheklash yoki to’xtatish shartlariga muvofiq iste’molchi issiqlik yuklamalarining shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yo’l qo’yadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan sutkalar mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi.




Download 102,24 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Download 102,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASINING HUQUQLARI

Download 102,24 Kb.