O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining




Download 81.53 Kb.
bet1/3
Sana28.05.2023
Hajmi81.53 Kb.
#66067
  1   2   3
Bog'liq
606 31.07.2018 (VAZIRLAR MAHKAMASI)
Бустон т. Гулистон МФЙ янги , 4 tp cha, akademik yozuv m, 1. Кичик гуруҳ ривож.харитаси



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
2. Quyidagilar:
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
2018 — 2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
3. Quyidagilar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
sohada seleksiya-naslchilik ishlari, baliqlarni oziqlantirish, shuningdek, baliqlar kasalliklarining oldini olish va ularni davolash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
intensiv texnologiyalar asosida, jumladan, qafas moslamalarida, yopiq aylanma suv tizimida, oqar suv basseynlarida, sug‘orish tarmoqlari va daryo bo‘ylarida baliq yetishtirishning innovatsion usullarini ishlab chiqarishga keng ko‘lamda tatbiq etish;
baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish, sohaga oid seminar va treninglar o‘tkazish;
yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. Quyidagilar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan baliqchilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
xo‘jalik yuritish va xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va donor mamlakatlar grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallarining xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
bir oy muddatda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining yangilangan ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutini iqtidorli yosh olimlar, ilmiy kadrlar va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
6. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shyog‘och” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi binoga joylashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-iyul,
606-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI

Jami xodimlar soni — 87 nafar, shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 15 nafar, ilmiy xodimlar — 31 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 41 nafar.
*Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.
**Xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladi.
Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda shartnoma asosida qo‘shimcha ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
2018 — 2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 81.53 Kb.
  1   2   3




Download 81.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Download 81.53 Kb.