|
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
|
bet | 4/7 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 19,54 Kb. | | #151072 |
Bog'liq Kimyoviy termodinamika va termokimyo asoslari-fayllar.orgReaksiyaning issiqlik effekti jarayoninng qanday usulda olib borilishiga bog’liq emas, balki reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq. Masalan, grafit kislorodda yonib ikki usulda uglerod (IV)-oksid (CO2) hosil qilishi mumkin:
I usul, reaksiya ikki bosqich bilan boradi:
II usul, reaksiya bir bosqichda boradi:
Bundan ko’rinib turibdiki, ikkinchi usulning issiqlik effekti birinchi usulning issiqlik effektlari yig’indisiga teng, ya’ni
(30.1)
Gess qonuni faqat o’zgarmas bosim va o’zgarmas hajmdagina o’rinli bo’ladi.
5. Moddalarning yonish issiqliklari
Moddaning yonish issiqligi deb, uning bir moli to’liq yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Moddalarning yonish issiqligi ma’lum miqdor moddani kalorimetrik bombada yondirish orqali topiladi. Yonish jarayoni kuchli borishi uchun bombaga bosim ostida toza kislorod beriladi.
Organik moddalarning yonish issiqligini o’rganish natijasida uchta qonun topilgan: 1) organik moddalarning gomologik qatorida tarkibning bir metil gruppaga o’zgarishi natijasida moddaning yonish issiqligi 658 kJ ga ortadi. Masalan, etanning yonish issiqligi 1550 kJ, propanning yonish issiqligi 2221 kJ dir; 2) organik moddaning hosil bo’lish issiqligi uning yonish issiqligi bilan modda tarkibidagi moddalarning yonish iisiqligining ayirmasiga teng;
(31.1)
bunda Qh.b-ayni organik moddani hosil bo’lish issiqligi; Qyo-moddaning yonish issiqligi; -modda tarkibiga kirgan elementlarning yonish issiqliklari yig’indisi.
3) Organik modda (masalan, yoqilg’i) yonganda sodir bo’ladigan reaksiyaning issiqlik effektini hisoblab topish uchun dastlabki moddalarning yonish issiqliklari yig’indisidan mahsulotlarning yonish issiqliklari yig’indisini ayirish kerak:
(31.2)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
|