O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




Download 3,94 Mb.
bet25/29
Sana27.05.2024
Hajmi3,94 Mb.
#254819
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
diplom ishi namuna

1-rasm. Shimga umumiy NII berish
NIIBB kiyimlarni ishlash jarayonida (tikish jarayonida) va tayyor buyumni pardozlashda (uzil-kesil) bajarilishi mumkin.
Buyumlarning sifati va tashqi ko’rinishini ko’p jihatdan tikish jarayonidagi hamda uzil-kesil pardozlashdagi NIIB ga bog’liqdir. NIIB dan asosiy maqsad – buyum bo’laklariga hajmiy-fazoviy shakl berish va har xil choklarni ishlash, uzil-kesil pardozlash, bo’laklarni еlim bilan biriktirishdan iborat.
NIIB jarayonida gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi. NIIB jarayoni uch bosqichdan iborat:

  1. tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish;

  2. bosim bilan ma’lum bir shakl berish;

  3. issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va shaklni mustahkamlash.

NIIB jarayonlari dazmollash, presslash va bug’lash jarayonlariga bo’linadi. Gazlama iplarining urilish zichligiga qarab NIIB jarayoni ularga har xil ta’sir qiladi.
NIIB da qo’llaniladigan jihoz, elektr bug’ va bug’ bilan qizdirilishi mumkin. Gazlama va materiallarni NIIB rejimlari qo’llaniladigan jihozlarga bog’liqdir.
Lavsanli gazlamalar uchun dazmollanadigan sirtni qizdirish harorati gazlamalarning termofikasatsiyasining hisobiga olib berilgan. Agar dazmol mato ishlatiladigan bo’lsa dazmollanadigan sirtni qizdirish temperaturasi 5-10 S oshirilishi mumkin. Dazmollash operatsiyalarida 2,4-6 kg massali dazmollash ishlatiladi.
Kiyim tikishdagi asosiy namlab-isitib ishlov berish jihozlari va moslamalariga dazmol, dazmollash stoli, presslar, havo bug’ manikenlari, dazmollar va har xil qoliplar kiradi.
NIIB da foydalaniladigan dazmollash stollari, presslar, dazmollar va boshqa jihozlar elektr-bug’, bug’ bilan qizdirilishi mumkin. NIIB uchun maxsus jihozlangan stoldan foydalaniladi.
Ishlanayotgan buyumlarni osib qoyish uchun dazmollash stoli yonida kronshteynlar ham bo’lishi mumkin.
Dazmollar tayyorlash jarayonida ham, uzil-kesil pardoz berish jarayonida ham buyumni namlab-isitib ishlash uchun qo’llaniladi.
Hozirgi vaqt material va gazlamalardan kiyim tikishda sanoatda spiral-naychali qizdirish elementlaridan keng foydalaniladi.
Press asosan hozirgi kunda tikuvchilik sanoatida elektr-bug’ presslari keng qo’llanilmoqda. Masalan: shim beli, adip qaytarmalari, yoqa va cho’ntaklarni presslash uchun USP-1 dan foydalaniladi.

Download 3,94 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 3,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

Download 3,94 Mb.