• 2-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.
  • -rasm. Shim pochasi qirqimini maxsus lеnta yoki tasma qo`yib tikish




    Download 3,94 Mb.
    bet21/29
    Sana27.05.2024
    Hajmi3,94 Mb.
    #254819
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
    Bog'liq
    diplom ishi namuna

    1-rasm. Shim pochasi qirqimini maxsus lеnta yoki tasma qo`yib tikish


    Bunda baxyaqator tasmaning bo’rtma ziyidan 0,1-0,3 sm masofada yuritiladi. Tasma uchlari bir-birining ustiga 1 sm chiqarilib, to’g’ri to’rt burchak shaklida bostirib tikiladi. Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimi oldin yo’rmab olinadi yoki maxsus lenta yohud tasma qoyib tikiladi, 1-rasm.
    Bu lenta yoki tasma universal mashinada 0,6-0,7 sm bilan bostirib tikiladi. Lenta yoki tasmaning pocha qirqimiga ulanmagan ziyi pochaga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qoyiladi.
    Ip gazlamadan tikilgan shimlarning pochasiga tasma qoyilmaydi, balki uni universal mashinada bukib tikiladi. Shim yarim qaytarilgan manjetli bo’lsa, (2-rasm, a) uning o’ngiga pochasiga qirqimidan 0,2 sm chiqarib tasma qoyiladi va shim pochasi qirqiladi, 0,5-0,7 masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Shim pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq boylab bukiladi va yashirin baxyali maxsus mashinada tasma ziyidan 0,1-0,2 sm masofa baxyaqator yuritib tikiladi. Manjet tasmaning burtma ziyi bir tekis kant shaklida chiqib turadigan qilib shim o’ngiga qaytariladi va maxsus mashinada ko’klanadi.

    2-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.
    Shim to’la qaytarilgan manjetli bo’lsa (2-rasm b), tasma qo’sh ignali mashinada bostirib tikilishi tavsiya etiladi. Bunda shim pochasi belgi chiziq boylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma qoyib tikiladi. Qo’sh ignali mashina bo’lmasa, tasmani universal mashinada pocha qirqimidan 0,7-0,8 sm masofada ulab olinadi.
    Keyin tasmaning ikkinchi cheti bostirib tikiladi. Manjetli shimni o’ngi tomoniga qaytarib, maxsus moslamada dazmollanadi.
    Manjetning yon va odim choklari ustiga to’g’ri kelgan joylari manjet bilan shim pochasini qarama-qarshi tomonga qaytarib, maxsus mashinada shu choklarga puxtalab tikib qoyilishi ham mumkin. Manjet maxsus moslamada tekislanadi va pressda dazmollanadi.
    To’la qaytarilgan manjetli shim ip gazlamadan tikiladigan bo’lsa uning pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq boylab bukiladi, qirqimidan 1 sm masofada ichkari tomonga yana bukiladi va keyingi bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada universal mashinada bostirib tikiladi. Manjet shimning o’ng tomoniga qaytarilib, uni yon va odim choklariga universal mashinada ikkita qayta baxyaqator yuritib puxtalab qoyiladi.

    Download 3,94 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




    Download 3,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Shim pochasi qirqimini maxsus lеnta yoki tasma qo`yib tikish

    Download 3,94 Mb.