O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 67.4 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi67.4 Kb.
#97468
Bog'liq
adabiyot navoiy
rezer2, INFORMATIKA XONASIGA LOGO RASMLAR, qurilish texn, AZAMATOVA.G.N BUXORO M.I, 86653453, 533365, Намуна Баходиров Баходир Баходирович Таб 12, SMS yuborish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va ochish., Elektr texnologik qurilma va tizimlari vazifasi., 10 Matematika kalit, 32489, 1b, 3-Sinf matematika 68 soat to\'garak

1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASIKAFEDRASI
Himoya qilishga ruxsat beraman
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani
v.b.____________ f.f.n. L.Raupova
“____” _________________ 2019-yil
5111200 - o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavr darajasini olish uchun
Xolyorov Mirzabek Baxtiyor o‘g‘lining“Akademik litseylarda
mumtoz she’riy asarlarni sharhlab o‘rganish”
mavzusidagi
B I T I R U V M A L A K A V I Y I S H I
Ilmiy rahbar:
Taqrizchi:
BMI O‘ZBEK ADABIYOTI VA UNI O‘QITISHMETODIKASI
kafedrasi yig‘ilishining (qaror №10, 25.05.2019)
qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ____________________ p.f.n.
TOSHKENT - 2019
2
M u n d a r i j a
KIRISH................................................................................................
I.BOB.Mumtoz she’riy asarlarni sharhlab o‘rganishning nazariy asoslari
1.1. O‘rta maxsus ta’limi dasturlarida mumtoz she’r namunalarining joriylanishi va
bugungi holati haqida
1.2. “Adabiyot qoidalari” darsligida nazariy ma’lumotlar ifodasi.
1.3. O‘zbek mumtoz adabiyotining asosi aruzshunoslikdir
II.BOB. Mumtoz adabiyot namunalarini sharhlab o‘rgatish yo‘llari
2.1. Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rgatish metodlari va tavsiyalar
2.2. Akademik litseylarda g‘azallarni poetik xususiyatlarini o‘rganish metodlari
2.3. Ahmad Yassaviy ”’Hikmatlar”ini innovatsion usullar yordamida sharhlab
o‘rgatish
III.BOB. Amaliyotga tadbiq etilgan dars ishlanmalari va slaydlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
3
KIRISH
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohotlari – “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, “Davlat tili haqida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ni hayotga tadbiq qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaydi.
Jamiyatda ma’naviy sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan avlodni shakllantirishda badiiy
adabiyotning roli muhim ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylanganidan
ko‘pchilik xabardor. Chindan ham, badiiy adabiyot ma’naviy hayotimizning
ajralmas bir qismi bo‘lish bilan birga har bir shaxs, jumladan litsey talabalari
uchun ham ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib yetishishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi
desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir.
Shunday ekan jamiyat oldidagi eng asosiy vazifalardan biri sog‘lom avlodni
voyaga yetkazish. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda
o‘qituvchiga bog‘liq. Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi
ta’lim tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi, ta’limning sifatini
yaxshilashga kirishildi. Ta’lim berishning yangi usullari joriy qilina boshlandi.
Shulardan eng asosiysi litsey talabalariga yangi pedagogik texnologiya asosida
dars berish masalasi. Akademik litseylarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi va
talabalarning qiziqishi, iqtidori, bilim darajasini inobatga olgan holda yakka
tartibda va tabaqalashtirib o‘qitishni ta’minlash, adabiyot ta’limi maqsadvazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishuvi
sharofati bilan barcha sohalarda, ayniqsa, ma’naviyatimiz tarixini, madaniy
merosimizni har tomonlama ilmiy, haqqoniy o‘rganishga keng imkoniyatlar
yaratilishi tufayli o‘tmishda madaniyatimiz rivojiga bevosita va bilvosita katta
hissa qo‘shgan, biz uchun noma’lum bo‘lgan yoki inkor etib kelingan shaxslarning
nomlari endigina har tomonlama o‘rganilmoqda.
1Adabiyot faqat pedagogik
maqsadlarga xizmat qiluvchi fan bo‘libgina qolmay, birinchi navbatda talabalarga
bilim berishi, ya’ni ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixi va hozirgi adabiy jarayonning
asosiy yo‘nalishi – yetakchi yozuvchilar va ular ijodi bilan, shu yozuvchilar ijodida
o‘z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan tanishtirishi, adabiyotning fan

1Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. - T.:Fan, 2010.


4
sifatidagi o‘ziga xos tomonlari va nazariy masalalari haqida tasavvur berishi kerak.
Аniqroq aytganda, asosan akademik litseyni bitirgan talaba o‘zbek adabiyotining
eng qadimgi davridan hozirgi davriga qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida, atoqli
yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida muayyan bilimga ega bo‘lishlari va olgan
ijobiy fazilatlarini mustaqil hayotlarida qo‘llashlari zarur.
Mavzuning dolzarbligi.Ko‘p аsrlik tаriхgа egа mаdаniy vа аdаbiy mеrоsimizgа
munоsаbаt istiqlоl tufаyli tubdаn o‘zgаrdi. Хаlqimiz tаriхi, dini vа аdаbiyoti,
mа’nаviy qаdriyatigа e’tibоr kuchаyib, ulаrning mаvqеyini tiklаsh, хаlqqааsl
hоlidа yеtkаzish imkоniyati pаydо bo‘ldi. Bu esа bоshqа sоhаlаr qаtоri
аdаbiyotshunоslikdа hаm tеrаn ilmiy izlаnishlаr оlib bоrish, аdаbiy mеrоsgа
yangichа nuqtayi nazardan yondashish zаrurаtini ko‘rsаtdi. O‘tmishdа yashаb ijоd
etgаn shоir vааdiblаr mеrоsini хоlisоnаo‘rgаnish vа munоsib bаhоlаsh hаr
qаchоngidаn dоlzаrb vаzifаgааylаndi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mustаqilligimizning dаstlаbki kunlаridаnоq
аdаbiyot аhligа hаr tоmоnlаmа yordаm ko‘rsаtish, ijоd erkinligini tа’minlаsh,
аjdоdlаrimiz tоmоnidаn ko‘p аsrlаr mоbаynidа yoritib kеlingаn mаdаniy mеrоsni
tiklаsh, tоm ma’nоdа tаhlil vа tаlqin etish bоrаsidа dаvlаt siyosаti dаrаjаsidа
sаmаrаli ishlаrgа e’tibоr qаrаtdi. “Аgаr biz O‘zbеkistоnni dunyogа tаrаnnum
etmоqchi bo‘lsаk, uning qаdimiy tаriхi vаyorug‘ kеlаjаgini ulug‘lаmоqchi, uni
аvlоdlаr хоtirаsidааbаdiy sаqlаmоqchi bo‘lsаk, аvvаlambоr, buyuk
yozuvchilаrning ijоdini chuqur o‘rgаnish, buyuk shоir, buyuk ijоdkоrlаrni
tаyyorlаshimiz kеrаk. Nеgа dеgаndа, ulug‘аdib Cho‘lpоn аytgаnidеk, “аdаbiyot
yashаsа – millаt yashаydi”2
“Аslida adabiyot o‘qitishning bosh yo‘nalishi
ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilar ongiga badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir
kuchini amaliy jihatdan ta’minlashga qaratilgan. Маktabgacha tarbiya
muassasalari,boshlang‘ich ta’lim,umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey
va kasb-hunar ta’limidagi adabiy ta’limning uzviyligi va uzliksizligining natijasi
o‘sib kelayotgan yosh qalbda go‘zalikka bo‘lgan ijobiy va ijodiy munosabatni

2Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008. 139-bet.


5
shakllantirishdan,ularda badiiy asarga – kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatni
o‘stirishdan, bularning zamirida esa undagi badiiy-estetik didni
takomillashtirishdan”3
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.Hozirgacha ta’lim tizimida o‘zbek
adabiyoti o‘qitishning turli masalalariga bag‘ishlab tadqiqotlar olib
borildi.O‘zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAUning tegishli kafedralari o‘qituvchi va tadqiqotchilari tomonidan
adabiyot o‘qitishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan metodik maqolalar
to‘plamlari, darslik va qo‘llanmalar chop etildi.Professor B.To‘xlievning adabiyot
o‘qitish metodikasi borasidagi qator ilmiy ishlari, professor Q.Yo‘ldoshevning
“Adabiyot o‘qituvchisiga metodik yordam” turkumidagi risolalari, Alisher Navoiy
nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi
tomonidan chop qilinayotgan maqolalar to‘plamlari, ushbu kafedra tashkil
qilayotgan “Til va adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar” respublika
ilmiy-amaliy anjumani materiallari, shuningdek, respublikamizda nashr
qilinayotgan “Til va adabiyot ta’limi”, “O‘zbek tili va adabiyoti” kabi manbalarda
metodist olimlar va adabiyot o‘qituvchilari tomonidan izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Adabiyot darslarida mumtoz she’riy asarlar bilan bog‘liq
nazariy ma’lumotlarni o‘rgatish, aruz she’riy tizimiga oid asarlarni sharhlashning
samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishini yoritish davomida:
-akademik litseylardagi adabiyot darslarida mumtoz asarlarni sharhlab
o‘rgatishning usul va uslublarini yaratish;
-mumtoz she’riy asarlar bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilar onggiga
yetkazishning samarali usullarini ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi;
-mumtoz she’riy asarlarni sharhlab o‘rgatishninng o‘rni va ahamiyatini aniqlash;

3Б.Тўхлиев. Адабиѐтўқитишметодикаси. Тошкент,


АлишерНавоийномидагиЎзбекистонМиллийкутубхонасинашриѐти, 2010, 8-9-бетлар.
6
- aruz vaznidagi asarlarni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berish kabilar asosiy
vazifalar sifatida belgilab qo‘yildi.
Tadqiqotning obyekti. Adabiyot darslarini tashkil etish haqidagi ilmiy ishlar,
akademik litsey dastur va darsliklari mazkur ishga jalb qilindi.
Tadqiqotning predmeti. Akademik litsey dastur va darsliklaridan joy olgan
mumtoz she’riy asarlarni o‘rgatish usullarini tadqiq qilish.
Ishning ilmiy yangiligi.Ishda o‘zbek adabiyoti o‘qitish nazariyasi va
metodikasidagi mavjud qarashlar asosida adabiyot darslarida mumtoz she’riy
asarlarni sharhlab o‘rgatish haqidagi fikrlar umumlashtirilib, chuqur ilmiy-nazariy
xulosalar chiqarildi. Bunda:
- adabiyot darsliklarida aruz she’riy tizimiga oid nazariy tushunchalarning
berilishi bo‘yicha munosabat bildirildi;
- mumtoz asarlarni sharhlash va uni o‘qitishdagi murakkabliklar aniqlanib,
o‘quvchilar ongiga yetkazish usullari o‘rganildi.
- mumtoz she’riy asarlarning sharhlangan matni ustida ishlashda ifodali o‘qishning
o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlar umumlashtirildi;
- mumtoz asarlar bitilgan tizim ya’ni aruz she’riy tizimining o‘ziga xosliklari
tadqiq qilindi hamda mazkur vaznda bitilgan adabiyot durdonalarini o‘qitish
bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.Tadqiqotning ilmiy qimmati
adabiyot darslarida aruz she’riy tizimida yaratilgan mumtoz asarlarni o‘rgatishga
bag‘ishlanganligi bilan harakterlanadi. Shuningdek, tadqiqotning xulosalari va
tahlil materiallari akademik litseylarining adabiyot darslarida she’riy tizimlarga oid
nazariy tushunchalarni o‘rgatish va sharhlash masalalariga oydinlik kiritadi va
o‘rgatishda adabiyot o‘qituvchilari uchun manba bo‘la oladi. Shuningdek, darsdan
tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazishda ham tadqiqot materiallaridan unumli
foydalanish mumkin.
7
Ishning tuzilishi va hajmi. BMI uch bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 70 sahifani tashkil qiladi.
8
I BOB. MUMTOZ SHE’RIY ASARLARNI SHARHLAB O‘RGANISHNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. O‘rta maxsus ta’limi dasturlarida mumtoz she’r namunalarining
joriylanishi va bugungi holati
Adabiyot ta’limida mumtoz she’riyatimizni o‘rganishda DTS hujjatlarida
aks ettirilgan talab va tavsiyalarga muvofiq tashkil etish muhim ahamiyatga
ega.Davlat ta’lim standarti ta’lim xodimlari o‘qituvchilar uchun me’yoriy hujjat
sifatida xizmat qilmoqda. Standart talablari esa ta’lim jarayonida bir necha yangi
usullarni tatbiq etishni taqozo qiladi. Buning samarali yo‘llaridan biri ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni mahalliy ta’limga olib kirish, milliylashtirish va uni
ta’limga tatbiq etishdan iborat. Ilg‘or pedagogik texnologiya ham shu maqsadni
o‘zida ifoda etgan bo‘lib, DTS talablarini bajarishga xizmat qiluvchi usullardan.
Ilg‘or pedagogik texnologiyaning maqsadi ta’lim jarayonida, ayniqsa DTS talablari
asosida bilimlarni egallashda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligini
shakllantirishga qaratilgan.Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida borayotgan tub
islohotlar jarayonining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy, iqtisodiy hamda tashkiliy
asosi bo‘lmish “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”,
Respublika Prezidentining farmonlari va hukumat tomonidan qabul qilingan
qarorlar o‘quv predmetlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari
hamda boshqa o‘quv-metodik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo etib,
ta’limni sifat jihatdan yangilashni talab qilmoqda.“Ta’lim to‘grisida”gi qonun
qabul qilingandan so‘ng o‘rta umumta’lim tizimida o‘qitiladigan fanlardan davlat
ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va hukumat tomonidan
tasdiqlandi. Mamlakatimizda ta’limning huquqiy asoslari, istiqbollari qonun bilan,
uning mazmun va sifati standartlar bilan, tashkiliy-amaliy jihatlari o‘quv dasturlari
bilan belgilangan, o‘quv-metodik tadbirlar darslik va qo‘llanmalarda tavsiya
etilgan. Demak, jamiyatda sohaning qonuniy, huquqiy, tashkiliy asoslari
yaratilgan, tizimga solingan. Endi bu yog‘i ana shu “belgilab qo‘yilgan”larni
amalga oshiruvchi muassasalar, ta’lim amaliyotining ishtirokchilari: pedagoglar,
9
soha raxbarlari, shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga bog‘liq.Ta’lim
bosqichlarida o‘qitiladigan hamma predmetlar uchun bir xil shart-sharoit, o‘quv,
moddiy-texnik baza yaratilgan. Ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan
muvaffaqiyatlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar ham bor. Lekin har bir predmet
bo‘yicha ishlar sarhisob etilganda turlicha natijalar qayd etilayotganligiga guvoh
bo‘lamiz. Ilmiy-nazariy asoslari deyarli barqaror, o‘zgarmas bo‘lgan tabiiymatematik fanlar bilan jamiyatning ma’naviy - ma’rifiy, mafkuraviy qarashlariga
aloqador bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarga yondashuv o‘rtasida tafovut bo‘lishi
tabiiy bo‘lganidek, ularni o‘qitishda duch kelinadigan muammolarda ham
ayrichaliklarning bo‘lishi turgan gap. Chunki mustaqillikdan keyin nazariy
mohiyati tubdan qayta ko‘rib chiqilgan ijtimoiy fanlarning ilmiy-pedagogik, o‘quvmetodik asoslariga yangicha yondashuvni davrning o‘zi taqozo etmoqda.“Asr
boshidan buyon “ko‘rsatib berish”, “fosh etish”, “aniqlab olish” bilan shug‘ullanib
kelgan milliy adabiyotshunoslik asr adog‘iga yetganda tadrij, va talqinga mayl
ko‘rsatmoqda. Endilikda o‘zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur
talablari asosida qayta idrok etilmoqda, bu davrda yaratilgan asarlarning asl
mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik uzoq, vaqt mobaynida
badiiy asarlarni asosan ijtimoiy nuqtai nazardan tekshirishga moslashgan bo‘lsa,
endi mavjud qoliplarni tark etaroq badiiy matnga estetik talablar asosida
yondashishga, har qanday xulosani matndan keltirib chiqarishga urinmoqda.
Natijada, ko‘plab bitiklarning asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat
estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o‘rni xolisona belgilanayotir”.
Adabiyotshunoslikdagi mazkur yangilanishlarni adabiyot o‘qitish jarayoniga
tadbiq etish o‘tgan asr 90-yillarning birinchi yarmidan boshlab yaratilayotgan
dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks etib, bugungi kungacha davom etib
kelmoqda. Bu o‘z navbatida Respublika maktablaridagi adabiyot o‘qitish ishiga
ijobiy turtki berdi. Shuningdek, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Boqijon To‘xliyev, Safo
Matchon, Marg‘uba Mirqosimova, Qunduzxon Xusanboyevalarning doktorlik
ishlari asnosida olib borgan tadqiqotlari, yaratgan monografiya va qo‘llanmalari
hamda ushbu olimlar rahbarligidagi ilmiy izlanishlar soha rivojiga sezilarli hissa
10
qo‘shmoqda.
Ma’lumki, hozirgi paytda o‘rta maktablarda va akademik litseylarda adabiyot
ta’limi mazmunan xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi (islomgacha bo‘lgan) davr
adabiyoti, mumtoz adabiyot hamda yangi davr adabiyoti tarzida o‘qitilmoqda. Bu
davr, ruknlarga mansub namunalarning o‘qitilish saviyasi hamda murakkablik
darajasi bir xil emasligi barcha mutaxassislarga birdek ayondir. Qaysi bir muallim
xalq og‘zaki ijodini, kimdir qadimgi davr ijod namunalarini, yana boshqasi
hozirgi davr adabiyotini sevib, ko‘ngildagiday o‘qitishini e’tirof qilishi mumkin,
lekin mumtoz adabiyot namunalarini ortiqcha qiynalishlarsiz o‘taman deydigan
o‘qituvchini topish amrimahol. Avvalo diqqatni mumtoz adabiyot namunalari
o‘qitilishining hozirgi kundagi ahvolini tahlil etishga qaratdik. Chunki biror
kimsaga nimanidir tavsiya etish yoki nimanidir o‘rgatish uchun, avvalo, o‘sha
masalaning joriy holatini aniqlab olish zarur bo‘ladi.Shunday qilib, Akademik
litseylarda mumtoz adabiyot qanday o‘qitilmoqda? Aslida bu ritorik savolga
o‘xshab ketadi javobi aniq — yaxshi emas. Lekin bu “yaxshi emas”liklar
nimalarda namoyon bo‘ladi? Sababi nimada?Ularning ildizlari qayerga borib
taqaladi?Ana shu savollarga javob topish muhim.Bu tashxis qo‘yishdek bir gap.
Shunga qarab chora izlanadi, tadbir belgilanadi.Bizningcha, qoniqarsiz ahvolning
ikki: ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud bo‘lib, ularning biri boshqasining
chuqurlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ob’ektiv omillar o‘qituvchi shaxsiyatidan ko‘ra
ko‘proq ta’lim mazmunini tashkillashtiruvchi muassasalar, direktiv hujjatlar bilan
bog‘liq. Biz bunda, avvalo, standartlar, dasturlar, darslik va metodik hamda o‘quv
qo‘llanmalarni nazarda tutmoqdamiz..Biz standart va dasturlardagi to‘ldirilishi
kerak bo‘lgan o‘rinlar, darslik va qo‘llanmalardagi bartaraf etilishi lozim ko‘ringan
nuqson va kamchiliklar borasida mulohazalarimizni bayon etamizki, yechimini
kutayotgan muammolarning talay qismi ular bilan ham bog‘liq, Biz, avvalo,
standartlar to‘grisida so‘z yuritamiz. “Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan
talablarni belgilaydi” . Umuman olganda adabiyot bo‘yicha DTS ushbu fanning
mazmun va sifatiga qo‘yilgan talabni qoniqarli darajada aks ettiradi. Mazkur
11
hujjatning mohiyat jihatdan yaxlit, umumiy harakterda bo‘lishini nazarda tutsak,
unga jiddiy e’tiroz bildirishga asos yo‘q. Faqat nazarimizda, yanada
aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan o‘rinlar, xususan, unda mumtoz adabiyot
o‘qitilishiga doir mazmuniy tafsilotlar, sifatiy ko‘rsatkichlar alohida o‘z ifodasini
topishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.Adabiyot ta’limida mumtoz
she’riyatimizni o‘rganishda DTS hujjatlarida aks ettirilgan talab va tavsiyalarga
muvofiq tashkil etish muhim ahamiyatga ega.Davlat ta’lim standarti ta’lim
xodimlari o‘qituvchilar uchun me’yoriy hujjat sifatida xizmat qilmoqda. Standart
talablari esa ta’lim jarayonida bir necha yangi usullarni tatbiq etishni taqozo qiladi.
Buning samarali yo‘llaridan biri ilg‘or pedagogik texnologiyalarni mahalliy
ta’limga olib kirish, milliylashtirish va uni ta’limga tatbiq etishdan iborat. Ilg‘or
pedagogik texnologiya ham shu maqsadni o‘zida ifoda etgan bo‘lib, DTS
talablarini bajarishga xizmat qiluvchi usullardan. Ilg‘or pedagogik texnologiyaning
maqsadi ta’lim jarayonida, ayniqsa DTS talablari asosida bilimlarni egallashda
o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligini shakllantirishga qaratilgan.Hozirgi
kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, uslublar, innavatsion pedagogik va
axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
1.2. “Adabiyot qoidalari” darsligida nazariy ma’lumotlar ifodasi
Akademik litseylar o‘quv dasturiga kiritilgan “Adabiyot qoidalari” fanida
aruz she’riy tizimini o‘rganishga 16 soat vaqt ajratilgan. Ularning 8 soatida sof
nazariy masalalarni o‘rganish, yana 8 soatida aruz vaznida yoziladigan she’r
shakllarini o‘rganish ko‘zda tutilgan. Negadir bu vaqt mobaynida o‘rganiladigan
mavzular namunaviy dasturda alohida ajratib ko‘rsatilmagan. Shuning uchun biz
birinchi 8 soatlik, ya’ni nazariy bilimlarga ajratilgan vaqt byudjetini quyidagicha
taqsimlashni tavsiya qilamiz: 1.Kirish.Qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar. (2
soat); 2.Ruknlar, ularning tarkibi va turlari. (2 soat); 3.Bahrlar, ularning tarkibi va
turlari. (2 soat); 4.Taqte.Vaz nlar. Vazn va janrlar munosabatlari. (2 soat).Albatta,
aruz sistemasining barcha nazariy masalalarini o‘rganishni ushbu sakkiz soatga
12
sig‘dirish juda mahol ish.Shu sababli o‘qituvchi vaqtdan unumli foydalanishi,
bolalarning ushbu yoshdagi ong-tushunchalarini e’tiborga olgan holda masalalar
mohiyatini ochishga intilishi zarur. Yuqorida ta’kidlaganimiz kabi aruz
nazariyasiga bag‘ishlangan dastur va darsliklarga tayangan holda ish ko‘rish
ko‘pgina murakkabliklar keltirib chiqaradi. Negaki, ularning aksariyati arab-fors
aruzshunosligi asosida yaratilgan qoidalardan kelib chiqqan holda
yaratilgan.Masalan “Aruz vazni birliklari. Harakatli va sukun harf (tovush)lar.
Ularning yordamida yuzaga kelgan hijolar. Arab aruzida hijo turlari: qisqa, cho‘ziq
va o‘ta cho‘ziq. O‘zbek aruzidagi usullar”.4Birinchidan, “Aruz vazni birliklari”
deganda nima nazarda tutilmoqda?Hijomi, ruknmi, sabab-vatad-fosilalarmi,
bahrmi?Ushbu tushunchalarning har bittasini “birlik” atamasi bilan nomlashimiz
mumkin.O‘qituvchi bularning qaysi birini tanlashi va darsda o‘rganishni bilmay
gangib qolishi tabiiy. Qolaversa, ushbu tushunchalarning istagan birini bu o‘rinda
o‘rganish maqsadga muvofiq emas. Negaki, aruz nazariyasida va umuman
she’rshunoslikda ma’lumotlarni eng kichik birlikdan – tovushlar va ulardan hosil
bo‘ladigan bo‘g‘inlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, “harakatli
va sukun harf (tovush)lar” tushunchasi zamonaviy o‘zbek aruzshunosligiga
umuman yot masalalardir. Professor Hotam Umurov tomonidan yaratilgan
“Adabiyot qoidalari” o‘quv-qo‘llanmasida ham mana shu xil o‘rinlarni
uchratishimiz mumkin: “Ma’lumki, aruziylar so‘zlarni bo‘g‘inlarga emas, balki
harflarga bo‘ladilar. Harflar ikki xil: mutaharrik (harakatli) va sokin
(harakatsiz)dir”. Atigi uch qatordan iborat ushbu parchada o‘quvchi ikkita yangi
atamaga duch kelmoqda - “mutaharrik” va “sokin”. Garchi mazkur so‘zlarning
ma’nosi qavs ichida keltirilayotgan bo‘lsa ham, akademik litsey talabasi ularni
to‘la tushunib, mazmun-mohiyatini anglashi uchun o‘qituvchisining arab tili
fonetikasi bo‘yicha kamida yarim soatlik ma’ruzasini tinglashi kerak. “So‘zlarni
bo‘g‘inlarga emas, harflarga” bo‘lishning qanday hodisa ekanligini tasavvur
qilmoq uchun ham ozmuncha vaqt talab qilinmasa kerak. Uchinchidan, dastur

4 Akademik litseylarning ijtimoiy gumanitar fanlar va horijiy filologiya yo‘nalishidagi tarmoq talim


standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv dasturlari. T., 2005, 122-bet.
13
muallifining “O‘zbek aruzidagi usullar” deganda nima ko‘zda tutayotganini bilib
bo‘lmaydi. To‘g‘ri, arab, fors va o‘zbek aruzi va aruzshunosligida turli tafovutlar
mavjud. Lekin “usul” atamasining zamirida “qonun”, “qoida” ma’nolarining
borligini e’tiborga olsak, bu o‘rinda o‘zbek aruziga xos hamma farqli jihatlarni
o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu esa, imkoniyatdan tashqari talabdir.Zamondosh
aruzshunoslar tomonidan she’riy sistemani o‘rganishning nisbatan oson usullari
ishlab chiqilgan bir davrda qo‘llanma muallifining bu xil yo‘l tutishi – iste’moldagi
alifbolarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan izohlash variantini tanlagani
g‘ayrimantiqiy harakatdir. Qisqasi, adabiyot dasturlarini tuzish va darsliklardagi
mumtoz she’riyat poetikasi masalalarini yoritishda mualliflar o‘z bilganlaricha
harakat qilmasdan, soha mutaxassislari bilan bahamjihat va bamaslahat ish
ko‘rsalar, taqdim qilinayotgan materiallarni o‘zlashtirish, milliy qadriyatimizning
ajralmas qismi bo‘lgan ajdodlarimiz ma’naviy boyliklaridan bahra olishimiz
birmuncha osonlashgan bo‘lardi. E’tirof etish kerakki, aruzshunoslik
kutubxonasining bu qadar boyligiga qaramay, mumtoz she’riyat poetikasining
ushbu sohasi bo‘yicha bilimdonlar juda kam. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga
sabab esa, bizningcha, faqat bir omil – metodist va adabiyotshunos olimlarning
masalaga nisbatan e’tiborsiz munosabatda bo‘layotganidir. Aruz nazariyasi tarixi
ko‘rsatadiki, mazkur sistema avval arab, keyinchalik fors, undan keyin turkiy
xalqlar adabiyotlarida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Masalaning aruzni o‘rganish
bilan bog‘liq jihati shundaki, bugungacha yaratilgan barcha monografiya, risola,
darslik va qo‘llanmalarda aruzshunoslik tarixi haqida sharh berilibgina qolmay,
bizning she’riyat bilan mutlaqo aloqasi bo‘lmagan, arab-fors aruzi uchun xarakterli
bo‘lgan masalalar ham yoritilib, o‘rganilishi talab qilib kelinmoqda. Ustoz
aruzshunoslardan biri to‘g‘ri takidlaganlaridek, “…o‘zbek aruzi uchun xos
bo‘lmagan qoidalar, bahrlar, o‘zgarishlar, vaznlarni o‘zlashtirish ortiqcha vaqt
sarflashdan boshqa narsa emas. Shuning uchun… o‘zbek aruzi qoidalarinigina,
she’riyatimizda foydalanilgan va foydalanilayotgan bahrlar hamda vaznlarnigina
o‘rganish” maqsadga muvofiqdir.O‘zining “Maktabda aruz vaznini o‘rganish”
kitobida yuqoridagilarni ta’kidlagan A.Hojiahmedov negadir shu risolaning o‘zida
14
ham, aruzshunoslikka doir boshqa kitoblarida ham “o‘zbek aruzi uchun xos
bo‘lmagan qoidalar”ni o‘quvchilar diqqatiga havola qiladi. Xususan, o‘zbek aruziy
she’riyatida 11 bahr mavjudligi holda, ushbu risolaning o‘zida 19 bahr va ularning
tarkibiy tuzilishi to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar beriladi.5O‘quvchi va talabalar
o‘rganishi uchun tavsiya qilinayotgan darslik va qo‘llanmalarda zamonaviy o‘zbek
yozuvi (krillitsa va lotin alifbolari asosidagi) va fonetikasi xususiyatlarini mutlaqo
e’tiborga olmagan holda “ishlab chiqilib”, taqdim qilinayotgan qoidalar mavjudligi
she’riy tizimni o‘rganishni yanada murakkablashtiradi. Biz yuqorida taklif qilgan
mavzularni yoritishda darslik va dasturlardagi mana shu xil kamchiliklarni
e’tiborga olishni ham maslahat bergan bo‘lardik. Bu xil qusurlardan holi
mashg‘ulotlar mazmunini baqodir hol, imkoniyat darajasida ishlab chiqib,
diqqatingizga xavola qilamiz.Ushbu maqsadimizni yuqorida taklif qilgan
mavzularni o‘tish va o‘rganish bilan bog‘lagan holda amalga oshirishga intilamiz.
Shunday qilib, birinchi mavzu: Kirish. Qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar.(2
soat); “Aruz” atamasining mazmuni.Aruz she’riy sitemasining vujudga
kelishi.Aruz–mumtoz she’riyatimizning asosiy she’riy tizimi sifatida.
Aruzshunoslikning paydo bo‘lishi. Arab, fors va turkiy xalqlar aruzshunosligining
yirik vakillari. Qisqa hijo, uning ikki turi, paradigmadagi belgilari. Cho‘ziq hijo va
uning uch turi, paradigmadagi belgisi. O‘ta cho‘ziq hijo, uning ikki turi,
paradigmadagi belgilari. Hijolar bilan bog‘liq hodisa va holatlar. O‘qituvchi
vaqtdan unumli foydalanish niyatida hijolar va ularni ifodalovchi misollarni grafik
ko‘rgazmali qurol sifatida uyda tayyorlab kelishi va dars jarayonida (masala ustida
so‘z borayotganda) auditoriyaga ilib qo‘yishi yoxud zamonaviy texnologiya
yordamida ekranda namoyish etishi mumkin. Ruknlar, ularning tarkibi va turlari (2
soat) Atamaning lug‘viy mazmuni. Ruknlarning ikki xil sabablar, ikki xil vatadlar
va ikki xil fosilalardan tashkil topishi. Ruknlarni hosil qiluvchi bu xil unsurlarning
tarkibiy tuzilishi, ularning paradigmalari.Solim (asosiy) ruknlar.Ularning yetti turi
(Fauvlun, foilun, mafoiylun, foilotun, mustafilun, mafuvlotu, mutafoilun) haqida
ma’lumot.Tarmoq ruknlar.Bu xil ruknlarni yuzaga keltiruvchi zihoflar.Mafoiylun

5Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o‘rganish.T., O‘qituvchi, 1995.


15
rukni tarmoqlari.Foilotun rukni tarmoqlari. Mustafilun, mafuvlotu, fauvlun, foilun
ruknlarining tarmoqlari va ularni hosil qiluvchi o‘zgarish – zihoflar. Ushbu
mashg‘ulot o‘qituvchidan juda katta tayyorgarlik talab qiladi. Solim ruknlar va
ularning paradigmalari, tarmoq ruknlar va ularni maydonga keltiruvchi zihoflar,
ularning o‘zbekcha ma’nolari, paradigmalari aks ettirilgan murakkab jadvallar
ifodalangan ko‘rgazmali qurollar – slayd va grafik ko‘rgazmalar tayyorlanib, dars
jarayonida namoyish qilinadi. Monografiyalar, risolalar, darslik va qo‘llanmalarda
solim ruknlar soni sakkizta deb ko‘rsatilishiga qaramay, nima sababdan ular soni 7
ta deya qayd qilinmoqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Bunga javobni
yanao‘sha aruzshunos ustozlar asarlaridan topamiz: “Shunday qilib, aruzning 19
bahri bilan tanishdik. Hazaj, rajaz, ramal, mutaqorib, hafifi, mujtass, sari bahrlari
o‘zbek shoirlari ijodida keng qo‘llangan, mutadorik, komil, munsarih bahrlarida
yaratilgan she’rlar unchalik ko‘p emas. Ulardan sakkiztasi, xususan vofir,
muqtazab, tavil, madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib bahrlaridan she’riyatimizda
foydalanilmaydi”.6
Iqtibosda she’riyatimizda foydalanilmaydigan bahrlar
qatorining birinchi o‘rnida vofir bahri turibdi. Ushbu bahr manbalarda sakkizta
rukndan bittasi sifatida o‘rganilib kelinayotgan mafoilatunning takroridan hosil
bo‘ladi. Mazkur bahr ishlatilmas ekan, uni yuzaga keltiruvchi rukn mafoilatun ham
istifoda qilinmasligi tayin. Shunday ekan, ularni dastur va darsliklarga kiritib,
shundoq ham o‘rganilishi qiyin bo‘lgan aruz nazariyasini murakkablashtirishdan
nima foyda?! Shu singari mulohazalar bilan biz mafoilatunsiz solim ruknlar
qatorini – 7 ta ruknni o‘rganish bilan cheklanishni tavsiya qilamiz. Shuni alohida
takidlash kerakki, ushbu juft soatda o‘quvchiga tavsiya qilinayotgan axborotlar
ko‘lami g‘oyat kattaligi tufayli uni o‘zlashtirish ularda qiyinchilik tug‘diradi. Shu
sababli o‘tilgan materiallarning hammasini bir yo‘la o‘zlashtirib olish
o‘quvchilardan talab qilinmagani ma’qul.O‘quvchilar dars jarayonida tavsiya
qilinayotgan ma’lumotlarni (jadvallarni ham) daftarlariga ko‘chirib olib, ulardan
keyingi mashg‘ulotlarda, mumtoz adabiyot saboqlarida foydalanishlari uqtiriladi.
Bu usul berilgan bilim va ko‘nikmalarning asta-sekinlik bilan o‘zlashtirilib

6Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati.Toshkent, Sharq, 1999, 131-bet.


16
borilishini taminlaydi. Bahrlar, ularning tarkibi va turlari (2 soat) Muayyan ruknlar,
ular tarmoqlarining o‘zlari va boshqalari bilan qo‘shilib, muayyan tartibda
takrorlanishi natijasida bahrlarning hosil bo‘lishi. Bir xil ruknlardan tashkil
topadigan bahrlar: mutaqorib, mutadorik, hazaj, ramal, rajaz, komil bahrlari,
ularning murabba, musaddas va musamman ko‘rinishlari. Ikki xil ruknning ketmaket takroridan paydo bo‘ladigan bahrlar: muzore, hafif, mujtass va munsarih
bahrlari. Ikkita bir va bitta ikkinchi xil rukn birikuvidan yuzaga keladigan bahr:
sari. Sari bahrining faqat bir ko‘rinishi – musaddas shakli mavjudligi va buning
sababi. So‘nggi paytlargacha 19 bahrning o‘rganib kelingani, ularning 11 tasini
o‘rganish maqsadga muvofiqligi.Taqte.Vaznlar. Vazn va janrlar munosabatlari( 2
soat) Taqte atamasi. Uning qoidalari (vasl, imola, tag‘yir,azl) haqida ma’lumot.
O‘zbek she’riyatida qo‘llaniladigan faol vaznlar. Vaznlar xilma-xilligini yuzaga
keltiruvchi omillar.Ruboiy vaznlari, ularning turlari. Ruboiy misralarining bir xil
bo‘lmagan, ammo yaqin vaznda bo‘lishi mumkinligi. Tuyuqlar vazni, uning
cheklanganligi. Izoh: Garchi harakatdagi dasturda aruz doiralari haqida ma’lumot
va bilim berish nazarda tutilgan bo‘lsa ham, biz ularni mashg‘ulotlar rejasiga
kiritmadik. Bizningcha, aruz ilmidagi mazkur tushunchalar faqat nazariy
xarakterda bo‘lib, hech qanday amaliy ahamiyat kasb etmaydi. Ular faqat tor
doiradagi mutaxassislar uchun naf beradi, degan mulohaza bilan shunday yo‘l
tutishga jazm qildik.
1.3.O‘zbek mumtoz adabiyotining asosi aruzshunoslikdir.
Mumtoz adabiyotning asosi bo‘lmish “Aruz” she’riy tizimi asrlar davomida
arab, fors-tojik va turkiy she’riyatlarda amaliy jihatdan qo‘llanib kelishi bilan bir
vaqtda ushbu xalqlar adabiyotshunosliklarida nazariy jihatdan xam takomillashib
bordi. Aruz maxsus ilm sifatida maktab va madrasalarda muttasil o‘rgatildi,
mazkur she’riy mezon nazariyasi va amaliyotiga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar
yaratildi, risolalar bitildi. Halil ibn Ahmaddan so‘ng Ibn Usmon Maziniy, Imom
Ahmad Ibn Abdurabbih, Ibn al-Xatib at-Tabriziy, Ziyovuddin Abul Jaysh alHazrajiy kabi arab olimlari ushbu ilmga doir asarlar yaratib, aruz taraqqiyotiga
17
hissa qo‘shdilar. Aruz ilmi haqida, ayniqsa, fors-tojik adabiyotshunosligida ko‘plab
asarlar bitildi. Mavlono Yusuf Nishofuriy (X asr) forsiy tilda aruzga oid asar
yaratgan olimlarning birinchisi edi. Rashididdin Vatvotning (XIII asr) “Hadoyiq
ussehr”, ushbu asrda yashab ijod qilgan Shams Qaysning “Al-Mo‘jam fi me’yor
ashor al-Ajam”, Nasriddiy Tusiyning (XIV asr) “Meyor ul-ashor”, shu asr vakili
Salmon Savojiyning “Qasidatun masnuot al-aruz”, Abdurahmon Jomiyning (XV
asr) “Risolai aruz” asarlari fors-tojik aruzining nazariy va amaliy taraqqiyotida
alohida ahamiyat kasb etdi. Aruz ilmiy taraqqiyotiga turkiy xalqlar ichidan yetishib
chiqqan adabiyotshunos olimlar ham munosib hissa qo‘shdilar. Mashhur faylasuf
Abu Nasr Forobiy (X asr), Abu Ali ibn Sino (XI asr), Abul Qosim Zamaxshariy
(XI asr), Abu Yaqub Yusuf ibn Abubakr Sakkokiy (XII-XIII asr)laro‘zlarining
arab va forsiy tilda bitgan ilmiy asarlari bilan faqat arab va forsiy aruzlarga emas,
ayni vaqtda turkiy aruz taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdilar. Turkiy
aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishi va izchil rivojlanib borishida
Alisher Navoiyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan “Mezon ul-avzon” asari alohida
ahamiyatga ega bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir shoir aruz qoidalarini, xilma-xil bahrlari
hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon qilish bilan cheklanib qolmasdan,
turkiy xalqlarning og‘zaki she’riyati mezoni bilan aruz vaznlari hamohangligini
atroflicha dalilladi hamda turkiy til xususiyatlarini nazarda tutgan holda aruzning
turkiy adabiyotlarda, xususan, o‘zbek she’riyatida keng qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan ko‘plab o‘lchovlarini ham belgilab berdi. O‘zining lirik asarlari va
dostonlarini yaratishda aruzning rango-rang vaznlarini sinchkovlik bilan sinovdan
o‘tkazgan Alisher Navoiy turkiy tillarda ham aruz o‘lchovlari asosida turli-tuman
janr va shakllarda g‘oyat latif lirik asarlar yaratish va yirik dostonlarni bitish
mumkinligini amalda isbot ham qilib bergan edi. Bu bilan shoir turkiy tilning
beqiyos boyligi va betakror go‘zalligini she’riy o‘lchov jihatidan ham namoyish
qildi. O‘zbek aruzining nazariy va amaliy jihatdan kamol topishida Zahiriddin
Muhammad Boburning “Muxtasar” deb atalgan yirik ilmiy asarining ahamiyati
beqiyosdir. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z asrining talantli shoiri va nosiri
bo‘lishi bilan birga qobiliyatli adabiyot nazariyotchisi va olimi ham edi. Bu
18
da’voni uning “Boburnoma”sidagi ko‘pgina fikrlar, jumladan, zamonasidagi shoir
va olimlar haqida bildirgan mulohazalari tasdiqlaydi. Ikkinchi tomondan esa,
“Boburnoma”dan ma’lum bo‘lishicha, XV asrning oxirlarida adabiyot nazariyasi,
xususan, aruzga bag‘ishlangan ko‘pgina risolalar, Jumladan, Alisher Navoiyning
“Mezon ul-avzon”, Sayfi Buxoriyning “Mezon ul-ash’or” yoki “Aruzi Sayfiy”
nomi bilan mashhur bo‘lgan risolalar Boburning diqqatini o‘ziga tortgan edi.
Shunday qilib, Boburning aruz nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy risolasi XVI
asrning 20-yillarida dunyoga keldi. XVI asrning ikkinchi yarmida yaratilgan ayrim
manbalardagi ishoralarga ko‘ra, Boburning aruzga doir risolasi Mavorounnahr,
ayniqsa, Buxoro va Samarqand adabiy muhitiga, ushbu muhit vakillariga ma’lum
va mashhur bo‘lgan. Bu fikrni XVI asrda yashab ijod etgan taniqli shoir va
adabiyotshunos olim Hasan Nisoriyning 1565-1566-yillarda yozilgan “Muzakkiri
ahbob” tazkirasi quvvatlaydi. Ushbu muallif o‘z tazkirasida Zahiriddin Muhammad
Bobur va uning ijodiga yuksak baho berib, “Risolai aruz” asari haqida ham g‘oyat
iliq fikrlar bayon qiladi.Shunday ekan, Nisoriy Boburning aruz haqidagi asarini
shunchaki qarab chiqqan emas, balki uni chuqur mutolaa qilib, o‘z ijodida amaliy
foydalangan ham.Qizig‘i shundaki, Boburning ushbu risolasi XVII- XVIII-XIX
asrlarda yaratilgan manbalarda umuman tilga olinmaydi. Bu davr mobaynida
ushbu asar olimlar va kitobxonlar nazariga tushmaganga o‘xshaydi. Faqat XX asr
boshlariga kelib mazkur kitobning bir qo‘lyozma nusxasi Parijdagi Fransuz milliy
kutubxonasida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi, u
haqda maqolalar e’lon qilindi. Nihoyat, taniqli sharqshunos va adabiyotshunos
olim M. Hamroev tahriri ostida 1969-yili Olmaota shahrida uyg‘ur tilida chop
etildi. Keyinchalik adabiyotshunoslar Saidbek Hasanov va I.Steblevalar asarni
to‘la ravishda bosmadan chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar. Shunday qilib to‘rt asr
o‘tgachgina Boburning ushbu ilmiy risolasi keng kitobxonlar ommasi hukmiga
havola qilinib o‘z qadr-u qimmatini topdi. Zahiriddin Muhammad Boburning
aruzga bag‘ishlangan risolasi o‘zbek she’rshunosligining qonuniy talablari
natijasida hamda Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarining mantiqiy
davomi sifatida yuzaga keldi. Agar Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”i o‘zbek
19
she’rshunosligining Navoiyga qadar va uning davridagi, qisman Navoiy ijodidagi
xususiyatlarini, xususan, aruz bilan bog‘liq tajribalarini nazariy jihatdan
umumlashtiruvchi asar bo‘lsa, Boburning “Muxtasar”i Alisher Navoiy ijodiy
merosi va qisman muallifning – Boburning tajribalari asosida yuzaga kelgan
asardir. Ana shu holning o‘zi Bobur asarining qiymatini yanada oshiradi va uning
XVI asrning 20-yillarigacha bo‘lgan o‘zbek she’riyatini aruz nuqtai nazaridan
izohlaydigan asar ekanidan dalolat beradi. Mazkur asar faqat aruz vazni bilan
bog‘liq masalalarni qamrab oladi deyish uning doirasini toraytirib qo‘yishi
mumkin. Aslida Boburning ushbu risolasida an’anaviy aruz va uning qonunqoidalari bayon qilinibgina qolmay, unda o‘zbek she’rshunosligi hamda eski
o‘zbek tili fonetikasining aruzga munosabati; turkiy o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va
yozma she’riyati orasidagi o‘zaro ta’sir, ularning o‘ziga xos xususiyatlari,
muallifning o‘zbek, ozorbayjon va fors-tojik adabiyotlarining zabardast
namoyandalari ijodi, asarlari haqidagi mulohazalari ham mo‘jaz tarzda o‘z
ifodasini topgan. Asarda adabiyotshunoslikning muhim masalalari o‘zbek
adabiyotining qardosh adabiyotlar bilan aloqa ko‘lamida yoritilgan. Zahiriddin
Muhammad Boburning ta’kidlashicha, risolada aruzning 21 bahri va undagi 537
vazn tavsif qilingan. Shunisi diqqatga sazovorki, aruzga bag‘ishlangan boshqa
risolalarda, jumladan Alisher Navoiyning “Mezon ulavzon”, Sayfi Buxoriyning
“Mezon ul-ash’or”larida aruzning 19 bahri haqida ma’lumot beriladi. Bobur esa
o‘z risolasida tavil doirasida hosil bo‘luvchi ariz va amiq bahrlari ham
mavjudligini uqtiradi, bahrlar sonini 21 taga yetkazadi. “Risolai aruz”da ariz va
amiq bahrlari tavil, madid va basit vaznlari qatorida “Doirai mutalifa”ga kiritilgan.
Diqqatga loyiq tomoni shundaki, Bobur bu bahrlarning o‘zbek va tojik shoirlari
tomonidan kashf etilganini alohida uqtirib, ariz bahri haqida shunday yozadi: “Bu
bahrni Ajam shuarosi paydo qilib, maqlubi tavil depturlar, ariz ham derlar».
Asarda arizning to‘rtta, amiqning ikkita vazniga misol qilib, jami to‘qqiz bayt
keltirilganki, shundan olti bayti o‘zbek tilida bo‘lsa, uch bayti forstojik tilidadir”7

7Valixo‘jaevB.O‘zbek adabiyotshunosli gitarixi.Toshkent, 1993, 138-139-betlar.


20
I bob yuzasidan xulosalar
Akademik litseylarda mumtoz she’riy asarlarning nazariy asoslari yuzasidan
quyidagi mushohadalarni bildirish o‘rinli:
– Bugungi kundagi litsey darsliklarida berilgan shoirlarning ijod namunalarini
sharhlab o‘rgatmasdan talabaga tushuntirishning iloji yo‘q.Bu borada joriy
darsturdagi kamchiliklarni bartaraf etish zarur.
– Adabiyot qoidalar darsligi aynan ana shu mumtoz asarlarni o‘rganish bo‘yicha
chuqur bilim beradi mana shu darslikni chuqurroq o‘rgangan talaba aynan
mumtoz asarlarni asl mohiyatini tushunib yetadi
– akademik litseyda “Adabiyot qoidalari” darsligi uchun ajratilgan dars soatlari
16 soatni tashkil qiladi. Shundan 8 soati nazariy bilim berishga, 8 soati esa
amaliy mashg‘ulot uchun ajratilgan.Mana shu soatlar davomida talabalarda
chuqur ko‘nikma hosil qilish
– o‘zbek mumtoz adabiyotining asosini aruzshunoslik tashkil etadi.Yuqorida
aytkanimizday faqatgina mana shu soha bilan shug‘ullanadigan
mutaxasislargina chuqurroq o‘rganishi kifoya.Bu she’r turini biz qadrlaymiz.
`
21
II BOB. MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI SHARHLAB
O‘RGATISH YO‘LLARI
2.1. Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rgatish metodlari va tavsiyalar
Qadim zamonlardan buyon ilmiy o‘rganishda keng qo‘llanib kelingan
usullardan biri sharhlab o‘rganishdir. “Sharh” arabcha so‘z bo‘lib ochish, bayon
etish, oshkor qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Navoiy asarlari lug‘atida esa sharh
aylamak, izohlamoq tarzida bayon etilgan. Ba’zi manbalarda sharh tavsifga
o‘xshab ketishi, bu atama garchi sharh bilan ma’nodosh bo‘lsa-da, lekin u
kengroq mazmunni anglatishi qayd etiladi. Yevropa ilmiy atamashunosligida
sharh tushunchasi hamma vaqt ham bir xil ma’noni ifoda etmagan. Masalan sharh
so‘ziga rus adabiyotshunosligida komentariy atamasi to‘g‘ri kelib, u bayon etish,
kabi ma’nolardan tashqari, keng ma’noda, ya’ni ilmiy tadqiqot xarakteridagi
ishlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Tajribali o‘qituvchilarning fikricha, sharhlab
o‘qitish orqali, biror asar matnini izohlash jarayonida o‘quvchilar notanish so‘z
ma’nosi bilan, ayrim so‘zlarning ko‘chma ma’nosi yoki bir so‘zning bir necha xil
ma’nolari bilan tanishadilar. Tarixiy-badiiy asarlarni o‘rganish orqali arxaik
shevaga xos, arab fors tilidan kirgan so‘zlar ma’nosi oydinlashadi, o‘quvchilar
ko‘z o‘ngida o‘tmish madaniyati oydinlashadi. Ba’zan darsda mavzuni badiiy asar
nomini sharhlashdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Turdi Farog‘iyning
she’rlarini o‘rgatishda u yashagan davr haqida ikki og‘iz gapirishdan boshlash
zarur talaba o‘sha davrga kirsa darsning mazmundorligi ortadi. Boburning
“Boburnoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmurning “Hapalak” asarlarini
sharhlashda ham xuddi shu yo‘lni tutish mumkin. Shunga o‘xshash asarlarni
sharhlash quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi. 1.Lingivistik sharh .
(Tushunilishi qiyin so‘zlar, ma’nosi notanish va noaniq so‘zlar izohi). Sharhning
bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik so‘zlar, tarixiy so‘zlar, dialektizm,
arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi
haqida ham ma’lumot beradi. 2.Tarixiy-milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy
milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi.
3.Tarixiy-adabiy sharh. Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq
an’analar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum
so‘zlar izohi bo‘lishi mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy
shaxslar, ular haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar, xalq maqollari, iboralar va
22
tasviriy vositalar, qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari.
Son bilan ifodalangan so‘z va iboralar va hakozolar.8
Bugungi kunda Akademik litsey talabalari uchun o‘rgatilayotgan mumtoz asarlar
haqida mening shaxsiy mulohazalarim quyidagilardan iborat.Birinchi navbatda
darslikni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq,chunki berilayotgan ijod
namunalari bir qarashda o‘quvchilarni band qilib turishdek tuyuladi undan bir
ma’naviy ozuqa olish hollari juda kam holatlarda uchraydi.Misol tariqasida
darslikda berilgan Alisher Navoiyning “Ashraqat min aksi shamsil-ka’si
anvorul-xudo” g‘azalini akademk litsey tugul hatto ba’zi o‘qituvchilarni o‘zi ham
asl mohiyatiga yetib bormaydi.Chunki ushbu g‘azal bo‘yicha hali bir to‘xtamga
kelinmagan.Eng mukammal sharh sifatida A’zamxon Qozixo‘jayev sharhi
hisoblanadi.Talalabalar hatto ushbu g‘azalni sharhidan ham bir ma’anaviy ozuqa
olishi amrimaholdur. Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Munavvar
qori Abdurashidxonov shunday degan edi. “Har millatning maktab va madrasasi
o‘ldig‘i kabi, bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom va beusul o‘lsa
ham, yo‘q demak darajada oz emas. Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi
ulumda ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham o‘z ma'sum avlodlarini
jaholat va g‘aflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan
kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko‘rsatmakchi zotlar mavjuddirlar.
Va lekin dunyog‘a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va maorifg‘a aslo rag‘bat
qilmay, jonidin shirin bolalarini ko‘cha-bako‘cha kezdirib, bechora ma'sumning
aziz umrini jaholat otashina yondirg‘uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham
oramizda oz emasdur. Ko‘p dindoshlarimizni ko‘rarmizki, o‘z farzandlarini aslo
maktabg‘a bermay orqalaridin ergashtirib, ruslar eshigida o‘zlari kabi
xizmatchilikka o‘rgatib, dunyo va oxiratning saodati o‘lg‘on ilm va maorifdin
mahrum qo‘ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba'zi azizlarimiz bordurki, o‘g‘lini
qo‘lidin tutib maktabga olib borur. Muallimdan tolib qilurg‘a: “Taqsir, shu
o‘g‘limni go‘shti sizniki, ustixoni bizniki, bir iloj qilib, tezlik ila naqd va nasiya
yozmoqni o‘rgatib berursiz”, der. “Eshagiga yarasha tushovi” degan o‘zbek
maqolicha, muallimlar ham aksarlari qonuni ta'lim-tarbiyadin butun-butun bexabar
kishilar o‘lub, balki o‘quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidan

8
M.Tursunova Adabiyot darslarida sharhlash usuli. “Til va adabiyot ta’limi” oynomasi. 1992,№3,4. 23-


bet.
23
bechora ma'sumalarni iste'dodi zotiyasig‘a nazzora ikki yil zarifida jami'
lavozumoti diniyani bildirmoq mumkin o‘lg‘on holda, to‘rt-besh yilg‘acha hijja
usuli birla dunyo va oxiratga foydasi bo‘lmag‘on Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va
Bedil kabi mushkul manzuma kitoblarg‘a umri azizini barbod etarlar.
Ey vatandoshlar! Diqqat nazari ila boqing! Bir bolani maktabg‘a bermakdan
maqsudi vojibot diniyamiz o‘lg‘on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib,
sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va ro‘za, haj va zakotlarni ham zaruroti
dunyaviyamiz o‘lg‘on ilmi hisob, jug‘rofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi
foydalik ilmlarni bildurmoq o‘lg‘on holda johil domlalarning «ta'limi faloniy,
qoshi qaro, qaro ko‘zi, qaro yuzi, oh, so‘zi shirin», deb bolalarni fasod axloqig‘a
birinchi sabab o‘ladurg‘on manzuma kitoblar o‘lmish.Bu xususda otada ayb yo‘q,
chunki bu bechorani e'tiqodida bolani o‘qutmoq yolg‘iz naqd va nasiya
yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yo‘q, chunki bu zikr qiling‘on ulumi
zaruriyalarni bechora muallimning o‘zi bilmas, balki ba’zilarini ismini ham
eshitgan emas. Bechora na qilsun? Nochor, befoyda bo‘lsa ham maktablarda
bolalarga o‘qitgudek bulardan boshqa bir kitob topilmag‘on zamonlarda o‘zi o‘qib,
bilgan kitoblari shu kitoblar o‘ldig‘i chun eski o‘runlarda eski tushlarin
ko‘rmakdadurlar. Mani so‘zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedillar kabi
ulug‘ zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g‘arazim bu
kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarg‘a bu kitoblarning ta'limi
befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o‘rniga ilmi qiroat, Navoiy o‘rniga
masoili e'tiqodiya, Xo‘ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badalig‘a ilmi hisob
o‘qitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib, musulmon o‘lur.”
9

Ushbu jumlalani o‘zi ham bugungi kundagi birgina Akademik litseylarning


adabiyot darsliklaridagi haddan oshiq ko‘p,o‘quvchi deyarli tushunmaydigan
tushunsa ham uning yosh xususiyatlarini inobatga olmagan holda berilgan she’r va
dostonlar bugungi kunda o‘zini oqlamoqdamikin,kim ayta oladi bugun hamma
sohada “ARUZ” kerak deb, Kim ayta oladi litseydagi hamma talabalar mumtoz
she’rni birday o‘zlashtira oladi deb.Mening fikrimcha ko‘proq tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan,kundalik turmush tarzida uchraydigan holatlar bilan
bog‘liq asarlarni berib borib uni sodda sharhi bilan yondosh ya’ni o‘quvchi avval

9 Munavvarqori Abdurashidxonov “BIZNI JAHOLAT - JAHLI MURAKKAB” , “Taraqqiy” gazetasi, 1906


yil, 14 iyun
24
tanish bo‘lgan,mag‘zini chaqqan asar bilan solishtirib o‘rgatsa natija
ko‘rinadi.Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan ma’lum parchalar berilgan
“Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Xursav bahsi. Bu Navoiy ijodining
cho‘qqisi.Ko‘p qavatli binoga chiqmoqchi bo‘lsak birinchi qavat so‘ngra ikkinchi
qavat va hokazo. Alisher Navoiyning “Hayrat ul abror” dostonida Hazrati Ayyub
hikoyati mavjud ushbu hikoyat bilan 5-sinf darsligida mavjud bo‘lgan G‘afur
G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi bir biriga juda o‘xshash buni
talaba tez anglaydi va bundan ozuqa oladi. Xuddi shunday Navoiy ijodini
o‘rgatishda ham pog‘onama-pog‘ona o‘rgatish joiz. Nafaqat Alisher Navoiy balki
butun mumtoz shoirlarni nazarda tutmoqdamiz. Ammo berilgan ba’zi she’rlarni
sharhlashda men tadqiqotchi, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida ayrim metodlarni
qo‘llayman. Albatta shaxsiy qarash sifatida. Chunki bugungi kunda darslikda
mana shu she’riy parchalar berilgan ekan biz bunga quyidagicha yondoshgan
bo‘lardik va uni amaliyotga tadbiq etamiz . Joriy dasturda 1-bosqich adabiyot
darsligida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat
ul- haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosiriddin Rabg‘uziyning
“Qissasi Rabg‘uziy” asarlari, Pahlavon Mahmud ruboiylari, Sayfi Saroyi g‘azallari
va “Gulistoni bit-turkiy” asari hamda “Suhayl va Guldursun” dostoni,
Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asari, Sakkokiy,
Atoiy, Gadoiy, Lutfiy ijodidan namunalar kiritilgan. Jahon adabiyoti durdonalari
hisoblangan Rudakiy ijodi namunalari va Firdavsiyning “Shohnoma”sidan parcha
o‘rin olgan. 2-bosqich adabiyot darsligida esa XV asrning 2- yarmidan XX
asrgacha bo‘lgan davrdagi adabiy yodgorliklarni qamrab olgan. Unda Alisher
Navoiy g‘azallari, qit’alari, ruboiylari, tuyuqlari, mustazod, muxammas,
tarjibandlaridan namunalar hamda “Xamsa” dostonidan parchalar, Husayniy
ijodidan namunalar, Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, ruboiylari va
tuyuqlaridan namunalar, “Boburnoma”dan parcha, Majlisiy ijodi, Xojaning
“Miftoh ul-adl” asaridan namuna, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk”
asaridan parchalar, Turdi Farog‘iy, So‘fi Olloyor ijodlaridan namunalar,
Mashrabning devoni, Huvaydoning “Rohati dil” dostonidan lavhalar, Uvaysiy,
Amiriy, Nodiralarning lirik merosi, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmur,
Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muqimiyning “Sayohatnoma”si,
Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Dilshodi Barno va Anbar Otin ijodiy merosi kabi
mumtoz asarlar joy olgan.
25
Berilayotgan asarning Zamonaviy variantini izlash metodi.Bu metod asosan
g‘azal va ruboiy janridagi asarlar uchun ahamiyatlidir.Avom ishqi kuylangan
she’rlarda oshiq,ma’shuqa,raqib obrazlari yoki bo‘lmasa ko‘zining qaroligi soching
sumbulligi va yorning turli a’zolarini ta’riflash kabi misollarga zamonaviy
she’riyatda ham mumtoz she’riyatda ham juda ko‘plab misollar keltirish
mukin.Ushbu metodni doirasi cheklangan ya’ni har bir darsda ish bermasligi
mumkin ammo o‘rnida foydalansa bo‘ladi.Masalan “Hayrat ul-abror ” dostonidagi
“yaxshilik va do‘stlik” haqidagi parchaga mos ravishda talabalar hayotida
uchraydigan voqealarni misol qilsa bo‘ladi, bundan tashqari Abdulla Oripovning
“Toshkent sha’niga” she’rini Komil Xorazmiyning “Toshkand” she’ri bilan
birgalikda sharhlash
“Toshkent sha’niga”
Goho oddiy maskanday tuyuladi, ochiq gap,
Har kuni yashayverib ko‘nikib qolgan uying.
Toshkentim, ajib kentsan, muhtasham qo‘rg‘onsan zab,
Ming-minglab chaqirimdan ko‘rinib turar bo‘ying.
Necha-necha ellarda duch keldim turfa zotga,
Toshkan desang yugurar yuzlariga tabassum.
Toshkent so‘zi uyqashdir tinchlik bilan hayotga,
Toshkent desa anglanur mehr bilan tarahhum.
(Toshkand)
Manzilim chun bo'ldi ushbu yil diyori Toshkand,
Jon-u ko'nglim doim istar xor-xori Toshkand.
Burji mizonda edi masnadnishin shoxi Xo'tan,
Ham barobar erdilar layl-u nahori Toshkand.
Nur-u zulmat o'lchanib tun-kun ufuq maydonida,
26
Birdek erdi subhi sofi shomi tori Toshkand.
Xuddi shuningdek Ogahiyning ham “Navro‘z bo‘slun”, “Bahor”, “Navro‘z erur ”
kabi she’rlarni ham zamonaviy o‘quvchi uchun bulardan ham tushunarli she’rlarga
yondosh sifatida o‘qitish yaxshi samara beradi.
Milliylik metodi – an’ana qadriyatlarni unutmagan holda ish ko‘rish metodi ,ya’ni
mumtoz asarlar yaratilgan davrda o‘quvchilar uni qanday o‘rgangan qay tartibda
o‘rgangan.Agar u davr murakkablik qilsa Jadid bobolarimiz qoldirgan ilmiy
merosdagi metodlar ham milliy metodga tayanch bo‘la oladi.Masalan Xojaning
“Miftoh ul-adl” asarini o‘tish jarayonida berilgan hikoyatlarga tayangan holda
tariximizda o‘tgan shohlarimizning olib borgan siyosatlari haqida qisqacha
to‘xtalish yoki bo‘lmasa ishqiy mavzudagi g‘azallardagi xalqimizga xos ibo
hayo,ayollarga hurmat,shukronalik kabi jihatlar to‘g‘risida o‘quvchini fikrlashga
undaydigan ma’lumot keltirish dars saviyasini oshiradi.
Audio-video vositalarini qo‘llash metodi - mumtoz she’riy asarlarning juda
ko‘pchiligi qo‘shiqqa aylanib ulgurgani sir emas.Ammo bu metodni farqli jihati
shundaki bunda o‘quvchilar aruz ilmidan xabar olganini hisobga olgan holatda
o‘zlari uyda ovoz yoshish moslamasi (bu o‘rinda telefon ovoz yozishi nazarda
tutilmoqda) orqali tayyorlab keladi bu albatta guruhni jamoaga bo‘lib vazifa qilib
beriladi.Eng chiroyli o‘qilgan asar rag‘batlantiriladi.Qo‘shimcha sifatida bugungi
kunda odatga aylangan darsda notiqlar tomidan maromiga yetkazib o‘qilgan asarlar
ham eshittirlsa talabalarda ancha ko‘nikma hosil bo‘ladi.
“6x6x6” metodi
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan
faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek,
guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib
olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida
6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan
muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach
o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida
avvalgi 6 ta guruhlar bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o‘z
jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida
27
taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda
muhokama qiladilar.
Sharhlash metodi- bu metod ham yuqoridagi metodlarimiz kabi o‘zimizning
innovatsion metodlarimizdan. Bu metod ko‘pincha chorak so‘ngida,
mustahkamlash darslarida,ochiq darslarda o‘z nomini oqlaydi.Chunki bu metodda
o‘qituvchi guruhni ma’lum bir nomlar ostida (masalan yigitlardan iborat
“Farhodlar”,“Qayslar”, “Shirinlar”, “Laylilar”) kabi guruhlarga bo‘linadi.Birinchi
jamoa jumla keltiradi ikkinchi jamoa sharhlaydi ketma ketlik davom etadi.Natijada
she’riy parchaning mohiyati o‘quvchi miyasida chuqurroq o‘rnashadi. Misol
uchun: “Zohid, sanga - hur, manga - jonona kerak, Jannat - sanga bo'lsun, manga -
mayxona kerak.” Baytini birinchi jamoa ikkinchi jamoaga yo‘llaydi. 1 daqiqa vaqt
ichida javob aytilishi belgilanadi.
2.2. Akademik litseylarda g‘azallarni poetik xususiyatlarini o‘rganish
metodlari
Adabiyot darslarida she’riy asarlarni o‘rganishda izohli o‘qish lirik asar
tahlilining samarali usuli sifatida alohida ahmiyat kasb etadi.She’riy asarni o‘qish
va tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor
beriladi. O‘rta bahoga o‘qiydigan o‘quvchiga ham o‘ylash va savolga ongli
ravishda javob berish, matndan tegishli o‘rinlarni topish uchun vaqt ajratilsa, u
asta-sekin faollasha boshlaydi. Mustaqil fikr she’rni estetik baholashdagi
mustaqillikka ham yo‘lochadi.Natijada, o‘quvchilarning she’rni badiiy idrok
etishini chetdan kuzatish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, o‘z vaqtida tegishli
maslahatlar bilan yordam qo‘lini cho‘zish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Adabiy ta’lim jarayonida she’riy asarlar tahlilida estetik jihatlarga e’tibor qaratish
orqali o‘quvchilar she’riyatga oshno bo‘ladilar.Navoiy ijodiga oid darslar
vositasida o‘quvchilar ongi va tasavvurida buyuk adib siymosini – uning ijodiy
qiyofasini shakllantirish mumkun bo‘ladi. Navoiyning tashqi qiyofasi unga
zamondosh bo‘lgan san’atkorlar tomonidan chizib qoldirilgan. Imkoni bo‘lsa,
darsda shu rasmlardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Adibning so‘z
28
vositasidagi portreti esa ko‘plab ijodkorlarda mavjud. Biz Oybek ijodiga ( “
Navoiy “ romani ) murojat qilishimiz mumkun. Boburning “ Boburnoma “ sidagi
ham asqotadi: “Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. To turkiy til bila she’r aytibturlar,
hech kim onchalik ko‘p va xo‘p aytqon emas”. Navoiyning shaxsiy fazilatlari,
alohida qobiliyat va iqtidori haqida ham maxsus to‘xtash zarur. Ayniqsa uning
zehni, xotirasi haqidagi tarixiy faktlar o‘quvchilarning qalbiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi va bu holat ularning adib ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini oshiruvchi omil
bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra adibning yod olgan asarlari, zamonaviy va
o‘tgan adiblardan yod olingan she’rlarning miqdori haqidagi mulohazalarni ularni
yetkazish o‘rinli bo‘ladi. Navoiy favqulotda qobiliyat egasi bo‘lgan. Uning iqtidori
cheku chegara bilgan emas.U juda erta shuhrat qozongan.O‘zidan yoshi ulug‘
bo‘lgan zamondoshlari uning iqtidorini tan olishgan, unga qoyil qolishgan.
Navoiy she’riyati bilan muloqot o‘quvchilarning ichki olamini, ma’naviyatini
boyishiga katta hissa qo‘shadi. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi
she’rlari faqat o‘sha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi
avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi bo‘lishi tabiiydir.
O‘quvchilar ongiga mana shu holatlar yetkazilishi kerak.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.
She’rni tahlil qilish jarayonida uning yuzaga kelishiga omil bo‘lgan hayotiy
voqealarning tilga olinishi ham she’r mohiyatini anglab yetishda asosiy omillardan
biri bo‘lishi mumkin. Ammo har bir she’r ostidagi ruhiy holatni aniqlash va anglab
yetishning ancha qiyinligi, ba’zan umuman bo‘lmasligini ham e’tirof etish kerak.
Navoiy she’riyati tuyg‘ular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda go‘zal va
ta’sirchanligi, so‘z ma’nolarini kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi.
Ko‘rgali husningni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
29
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldim sanga.
Har necha dedimki, kun- kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vaxki, kun – kundin batarrak mubtalo bo‘ldim sanga.
Man qachon dedim, vafo qilg‘il manga, zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga, bo‘ldum sanga.
Qay pari paykarga dersan telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil, manga bo‘ldum, sanga.
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo etmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
She’r ifodali o‘qilgach, savollar ustida ishlash mumkin bo‘ladi:
1. She’rni o‘qish natijasida sizda qanday tuyg‘ular paydo bo‘ldi? She’rda qanday
obrazlar mavjud?
2. Birinchi bayt mazmunini qanday izohlash yoki sharhlash mumkin?
3. She’r mavzusini aniqlang. Unga qanday sarlavha qo‘yish mumkin deb o‘ylaysiz?
Qo‘ygan sarlavhangizni asoslab bera olasizmi?
4. “Balolig‘ kun” ifodasini izohlab bering. She’rda yana qanday sifatlashlar
qo‘llangan? Ular qanday vazifalarni ado etmoqda?
5. She’rning qofiyasi va radiflarini aniqlang. Nima uchun ayni shu so‘zlarning
qofiyada qo‘llanganligini izohlab bering.
30
6. Baytlar orasida mantiqiy bog‘lanish bormi? Uni qanday izohlash mumkin.
Baytdan baytga o‘tgan sari shoirning ichki kechinmlari tasvirida qanday o‘zgarish
va yangi qirralar kuzatiladi? Izohlab bering.
7. G‘azalda qanday tasvir vositalari qo‘llangan? Ular qanday badiiy- estetik
vazifalarni bajarmoqda?
8. G‘azalning tili, unda qo‘llangan so‘zlarning emotsional – ekspressiv tomonlari
haqida nimalarni ayta olasiz?
Navoiyning mazkur g‘azali lirik kayfiyatning o‘ziga xos ifodasi sifatida alohida
e’tiborga molikdir. Mana shu kayfiyatni tug‘dirish uchun she’r ifodali o‘qiladi.
Ifodali o‘qishdan so‘ng uning baytma – bayt tahliliga o‘tish mumkin.
Ko‘rgali husningni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldim sanga.
Matla’ning birinchi misrasida oshiq ko‘ngilning sog‘inchli ishtiyoqlari, yorga
bo‘lgan dil talpinishlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, keyingi misrada shu oshiqlikdan
pushaymonlik aks etgan. Bu ohang yorni ilk marta ko‘rgan kunga berilayotgan
bahoda( ne balolig‘ kun edikim) mujassamlashgan. Qofiyaga “mubtalo” va “oshno”
so‘zlarining surilish mazkur motivni bo‘rttirib ta’svirlashga xizmat qiladi. Misralar
oxirida takrorlanayotgan radif – “bo‘ldum sanga” mazkur kechinmalarning bevosita
so‘zlovchi–lirik qahramonga daxldorligini ta’kidlab turadi. Ammo bu yerdagi
pushaymonlikning oniy lahzalarga oidligini ham unutmaslik kerak.Keyingi
bandlarda undan asar qolmaydi.Aksincha ularda lirik kayfiyatning boshqa qirralari
yanada teranroq ochib beriladi. Endi bevosita lirik qahramonning umumiy holati
tasviriga o‘tiladi:
Har necha dedimki, kun- kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vaxki, kun – kundin batarrak mubtalo bo‘ldim sanga.
31
Bu yerda ishqiy kechinmalarning o‘ziga xos tasviri mavjud.U inson – lirik
qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlarning tadrijini ko‘rsatib bermoqda.Navbatdagi
baytda ham shu ruh davom etadi. Endi lirik qahramon va uning nutqi yo‘naltirilgan
shaxs - ma’shuqaning o‘z so‘zlari orqali inkishof etish yo‘li tanlanadi:
Man qachon dedim, vafo qilg‘il manga, zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga, bo‘ldum sanga
Matla’da boshlangan men vas en ziddiyati barcha baytlarda davom ettirilgan.Faqat
oldingi misralarda bu ziddiyatga kuchli urg‘u tushmagan edi. Ushbu baytda esa ayni
shu holatning bo‘rttirib tasvirlanishi kuzatiladi. Bu bejiz emas – navbatdagi baytdan
boshlab lirik “ men”ga alohida e’tibor jalb qilinadi. Tuyg‘ular ifodasi shu baytdan
boshlab yanada quyuqlashtiriladi. Lirik qahramon bunga bevosita ma’shuqaga
murojaati vositasida erishadi:
Qay pari paykarga dersan telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil, manga bo‘ldum, sanga.
Mazkur murojaat yonida so‘zlar takrori, ular vositasidagi mantiqiy qaytariq lirik
qahramon muddaosining to‘la va tasirchan ifodalanishiga xizmat qiladi. Keyingi
baytda ham murojaat qilish usuli qo‘llangan. Biroq, bu murojaat endi yorga emas,
balki lirik qahramonning o‘zigadir, o‘z – o‘ziga murojaat shakli sifatida ko‘ngil
tanlangan:
Ey ko‘ngil, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo etmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Bu yerda ziddiyat yuz va bir o‘rtasida sodir bo‘lmoqda. Keyingi baytda esa
ziddiyatning mantiqiy kuchi yana bir pardaga ko‘tariladi. Odatda, Jomi Jamga
musharraf bo‘lgan kishi hech narsaga muhtojlik sezmaydi. Ayniqsa, uning yonida
“Xizr suyi” ham mavjud bo‘lsa, bu endi har narsaga imkon degani bilan barobardir.
Shunga qaramay u soqiy huzirida bir gado xolos.
32
Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
Oxirgi bayt – maqta she’rning o‘ziga xos yakuni sifatida maydonga chiqadi. Shunga
ko‘ra u barcha baytlardagi fikr oqimini davom ham ettiradi, ayni paytda ularning
mantiquy poyonini ham ko‘rsatadi.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
1. Tasavvur qiling, siz akademik litseylarning ikkinchi bosqichida shu g‘azalni
tahlil etmoqchisiz. O‘quvchilaringizga qanday savollarni bergan bo‘lar edingiz?
Shunday savollardan 10 tasini yozma ravishda ko‘rsating. Akademik litseylarda va
kasb – hunar kollejlarida Navoiyning bir qator ruboiy, g‘azal va qit’alarini o‘rganish
asosida o‘quvchilarning klassik she’riyat, lirik qahramon, lirik kechinma, lirik
kayfiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va boyitish mumkun bo‘ladi.
O‘quvchilarga she’riy asarni talqin qilishda juda ko‘p yo‘l va usullar borligini,
shoirning niyati ko‘pincha tag ma’nolarda yashiringan bo‘lishini, shunga ko‘ra
she’rning har doim ko‘p ma’nolilik kasb etishini tushuntirish, ularda manashunga
oid ko‘nikma va malakalrni shakllantirish va rivojlantirish kerak bo‘ladi. Misol
tariqasida Abdulla Oripovning mashhur she’rini eslatish mumkin:
Bozorga o‘xshaydi aslida dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikisi ichra ham ko‘rmadim also
Molim yomon degan biror kimsani.
Yoki boshqa bir adibning she’rini ko‘rish mumkin:
Dono o‘ylar ko‘rib nodonni,
Tabiatdan umr – bir ehson,
33
Insonmi shu g‘animat onni –
Qadrlamay sovurgan inson?
Nodon o‘ylar ko‘rib dononi,
Tabiatdan umr – bir ehson,
Insonmi shu g‘animat onni –
Qadrlamay sovurgan inson?
Mumtoz she’rlarning shakliy tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi.Bo‘lajak pedagoglar ana
shu o‘xshashliklami farqlashga o‘rganishlari kerak.Bu talabalar amalda qo‘llash
orqali egallaydi. She’rlaming janr xususiyatlarini farqlash talab etiladi.Yana bir
usulga diqqatimizni qarataylik
l-topshiriq.
1. Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
2. Yo rab ul shahd-u shakar yo labmudur,
Yo magar shahd-u shakar yolabmudur.
Jonima payvasta novak otqali
G‘amza o ‘qin qoshig‘a yolabmudur.
Talabalar matnni ifodali o‘qiydilar va har ikki she’rni bir-biridan farqlaydilar.
1-topshiriq: Alisher Navoiyning “Qaro ko‘zum” g‘azalini ovoz chiqarib o‘qing.
Qaro ko‘zum, kelu, mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
34
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hi no bog‘la.
Itingg‘a g ‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa, tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilgil.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida temi ко1 mb, o‘lsam , ey rafiq, meni
Gulob ila yuv-u gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumani shavqi jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘o‘qin sham’i anjuman qilg‘il
2-topshiriq: Tushunarsiz so‘zlar lug‘atini tnzing.
Mardumlig‘ - odamgarchilik; ko‘z qorachig‘idek xoslik.
fan - rasm, odat, ko‘nikma
mardum - ko‘z qorachig‘i,
odamlar.
ravza – bog‘i, chaman
takovar - ot (hayvon)
g‘ainzada - g‘am ezgan
rishta - ip,
chilvir rasan - ip, bo‘yinbog‘
ko‘chkan – tog‘ talaba, Farh.
xazon - kuz
sipoh - lashkar
35
gulob - gul bargi, shakar, suvdan tayyorlangan ichimlik
anjuman - yig‘in , bazm
3-topshiriq: G‘azalning nasriy bayonini tuzing.
► 1. Ey qaro ko‘zligim, kelib odamgarchilikni odat qilgin. Ko‘zim qarosidat
qorachiq kabi o‘m ashgin, yuzing gnliga ko‘nglum bog1 ini gulshan yasab ol,
jonim gulshanini qaddi niholingga chaman qilg‘il
► 2. Yuzing visoliga ko‘ngillami yetsin desang, sochingni boshdanoyoq xalqaxalqa qilgaysan.
► 3. Oting oyoqlarig‘a bag‘rim qonini xino qilib suit, itingga bo*yinbog‘ uchun
jonim ipini olgin.
► 4. Ey falak tuprog‘im firoq tog‘ida topilsa, undan yana xamir qorib, yana o ‘sha
tog‘da meni tog‘ qazuvchi (Farhod) qilgin
► 5. Ey bog‘bon, agar bog‘ni tikan qilib o ‘rasang ham bu unga ko‘z lashkarining
kira olisliiga mone’lik qila olmaydi.
► 6. Ey do‘stim, yuzida temi ko‘rib o‘lsam, meni gulob bilan yuvib gul bargi
kafaniga o‘ragin.
► 7. Ey Navoiy, shavq bazmini jon ichida tuzsang, uning boshog‘liq o‘qini
majlisning shamiga aylantirgin.
4-topshiriq: G‘azalni sharhlang. Birinchi, ikkinchi omonim so‘zlar ishlatilib tajnis
qo‘llangan.
Qaro ko‘zum - tardu aks.
5-bayt: Husni ta’lil.
6-bayt: Tanosub.
5-topshiriq: G ‘azaldagi obrazlami aniqlang. Ulami “Tarmoqlar” usulida
ifodalashga harakat qilib kо’ring.
Esda tuting! Tahlil qilinayotgan she’riy asar matni har bir partada bo‘lishi kerak.
6-topshiriq: Taqte’sini aniqlashga harakat qiling.
Mujtassi musammani mahbuni maqtu’
36
Mafoilun failotun Mafoihin Fa’lun
V -V - VV-- V - V - - -
Qaro ko‘zum. / kelu mardum / lig‘ emdi fan / qilg‘il,
V-V-/ VV--/V -V-/--
Ko‘zum qaro/sida mardum/ kibi vatan /qilg‘il.
V-V-/VV--/V-V-/---
Lirik asarlami o‘qib-o‘rganishda uning janriy xususiyatlarini e’tiborga olish
zarur.Chunki ayrim mumtoz she’rlarning shakliy tuzilishi bir-biriga
o‘xshaydi.Bo‘lajak pedagoglar ana shu o‘xshashliklarni farqlashga o‘rganishlari
kerak.Bunday malakaga talabalar amalda qo‘llash orqali erishadilar. Talabalarga
quyidagi topshiriqlar berish orqali she’rlarning janr xususiyatlarini farqlash talab
etiladi:
1-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing. Shakliy o‘xshash bo‘lgan so‘zlarning tagiga
chizing hamda ular o‘rtasidagi o‘xshashlik qaysi jihatidan ekanligini izohlang.
1.Yod etmas emish kishini g ‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
2. Yo rab ul shahdu shakar yo labmudur,
Yo magar shahdu shakar yolabmudur.
Jonima payvasta novak otqalu
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabmudur.
2-topshiriq. Shakliy o‘xshash so‘zlar she’riyatda qanday badiiy san’atni hosil
qilishi haqidagi ma’lumotni Anvar Hojiahmedovning “She’r san’atlarini
bilasizmi?” kitobidan topib o‘qing yoki yodga olishga harakat qiling.Talabalar
topshiriqni bajarishgach, har ikki she’rni bir biridan farqlaydilar.
37
Yuzing ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun,
Yangi oy yuz tavozu ko‘rguzub, qoshingdin aylansun.
Agarchi la’l-u yoqut el zamirig‘a mufarrihdur,
Hayot afzo iki la’li guharposhingdin aylansun.
Tan-u jonim hadaf aylab, o ‘q-u tosh otsang, ey chobuk,
Biri o‘qingdin evrulsin, biri toshingdin aylansun.
Raqibing gar erur xasmim, ani yo‘ldosh etib kelsang,
Sanga jon sadqa bo‘lsun, jism yo‘ldoshingdin aylansun.
Chu o‘n sakkizga yetti yoshing, ol burqa jamolingdin
Ki, o‘n sakkiz ming olam o‘n sakkiz yoshingdan aylansun.
Boqib ko‘z uchidin pinhon fosh etding tag‘ofillar,
Yo‘q-u borim hamul pinhon ila foshingdan aylansun.
Necha qallosh esam ham, ag‘niyo ollida bosh egmon,
G‘aniylar himmat ichra ushbu qalloshingdin aylansun.
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun.
Ul oy ko‘nglig‘a qildi, Ogahiy, oh-u yoshing ta’sir,
Bori jon-u jahonim oh ila yoshingdan aylansun.
II. G‘azal ifodali o‘qilgach, uning qanday mavzuda yozilganligini aniqlash
topshiriq sifatida beriladi hamda g‘azal qofiyasini aniqlash talab etiladi. So‘ngra
g‘azal da ishtirok etayotgan obrazlar aniqlanadi.
38
Notanish so‘zlar lug‘atini tuzish topshiriq qilib beriladi
• Tavoze-kamtarlik
• La’l-u yoqut- dur-gavhar
• Zamir - ko‘ngil
• Mufarrih – shodlik
• Hayotafzo - hayotni yashnatuvchi
• Guharposh - gavhar sochuvchi
• Hadaf -nishon
• Chobuk - sho‘x ,o‘ynoqi,go‘zal; mergan
• Xasm – dusliman
• Burqa - yuz pardasi, hijob
• Pinhon - yashirin
• Tag‘ofil-beparvolik
• Fosh - oshkor
• Qallosh - kambag‘al, bechora
• Ag‘niyo - boy-badavlat
• Riyovu kizb ahli - riyokor va yolg‘onchilar
Baytlar mazmunini sharhlashga alohida e’tibor qaratiladi
• 1-bayt: Yuzingni och. quyosh senga fido bo‘lib, boshingdan aylansin. Yangi oy
yuz tavoze ko‘rguzib qoshingdan aylansin. Shoir yor yuzining yorug‘ligi
(go‘zalligi) quyoshdan ham ortiq ekanligini va uning oldida quyosh fido bo‘lishini,
yangi oy ham yor qoshining nozik va egikligi jihatidan past darajada bo‘lganligi
uchun unga ta’zim qiladi.(husni ta’lil)
♦ 2-bayt: El ko‘nglini la’l, yoqut kabi qimmatbaho toshlar xursand qiladigan
bo‘lsa, hayot bag‘ishlovchi gavhar sochuvchi ikki la’lingdan aylansun. (istiora - 2
la’l)
39
♦ 3-bayt: Ey sho‘x go‘zal, jon-u tanimni nishon qilib o‘q-u tosh otsang, biri
o‘qingdan biri toshingdan aylansun. Laf-nashr jon-o‘q, tanatosh
♦ 4-bayt: Raqib garchi men uchun dushman bo‘lsa-da, agar uni yo‘ldosh qilsang,
senga jonim fido bo‘lsin, jismim yo‘ldoshingdan (raqibdan) aylansun
♦ 5-bayt: Yoshing o‘n sakkizga yetdi, yuzingdan pardani ol, o‘n sakkiz ming olam
o‘n sakkiz yoshingdan aylansin.
♦ 6-bayt: Ko‘zing uchidan yashirin boqib, beparvoligingni fosh qilding, bor-u
yo‘g‘im o‘sha oshkor va yashirinligingdan aylansin.
♦ 7-bayt: Qancha bechora bo‘lsam ham boylar oldida bosh egmayman, ular
himmat bilan mening faqirligimdan aylansin.
♦ 8-bayt: Ey saxiy, non va osh bermoqchi bo‘lsang, sadoqat ahliga bergin, riyokor
va kizb ahli osh-u nonigndan aylanib o‘tsin.
♦ 9-bayt: Ogahiy, oh va yoshing yorning ko‘ngliga ta’sir qildi, shekilli, butun jon-u
jahonim oh va yoshingdan aylansin.
Badiiy san’atlarini aniqlash baytlar tahlili orqali olib boriladi
■ 1-bayt: Tashxis- quyosh boshingdan aylansin, oy qoshingdan aylansin; tanosib -
yuz, bosh, qosh; quyosh, oy
■ 2-bayt: Istiora - ikki la’li guharposh
■ 3-bayt:Tanosub - o‘q-u tosh, chobuk, tan, jon; laf va nashr
■ 4-bayt: Tazod - yo‘ldosh - xasm, tashxis
■ 5 -b a y t:Takrir-o ‘n sakkiz
■ 6-bayt: Tazod - pinhon - fosh
■ 7-bayt: Tazod va tard i aks - qallosh - ag‘niyo
■ 8-bayt: Istiora va tazod - sidq ahli va kizb ahli Nido - ey saxiy
■ 9-bayt:Takrir - oh va yosh; istiora - oy
Janr xususiyatlari aniqlash
■ Ja n ri: g ‘azal
40
Mavzusiga ko‘ra: oshiqona
♦ Qofiyalanishi: a-a, b-a, v-a, g-a
■ Qofiyadosh so‘zlar, ya’ni misradagi ohangdosh so‘zlar yig‘indisi: boshingdin,
qoshingdin, yo‘ldoshingdin, yoshingdan, foshingdan, oshingdin, guharposhingdin,
toshingdin, qalloshingdin,radif: “aylansun” so‘zi.
Janr xususiyatlarini aniqlash
• Qofiya turi: murdaf (radifli) qofiya, ya’ni raviydan oldin kelgan tovush cho‘ziq
unli bo‘ganligi uchun.
•Raviy, ya ‘ni qofiyani tashkil etuvchi tovush: “sh”
• Radif, ya’ni misra so‘nggida qofiyadan keyin aynan takrorlanuvchiso‘z:
“aylansun” so‘zi.
Bilimlarnifaollashtirishuchunsavollar
1. G‘azal shakliga mansub asarlaming misralari qay tarzda qofiyalanadi?
2. Ruboiy vag‘azal janrini bir-biridan farqlovchi asosiy xususiyatlarini ayting?
3. She’riyatimizda barcha misralari qofiyalangan g‘azallar ham uchiaydimi? Ular
qanday nomlanadi?
4.Hozirgi zamon she’riyatida ham g‘azalchilik va ruboiynavislik an’analari davom
ettirilganmi? Kimlar bu sohada ijod etishmoqda?
1-matn Ko‘rgali husningni zom mubtalo bo‘ldum sango, N e balolig‘ kun edikim,
oshno bo‘ldum sango. Har necha dedimki, kun-kundan uzay sendin ko‘ngul, Vahki,
kun-kundin batarroq mubtalo bo‘ldum sango. Alisher Navoiy 2-matn Ko‘zum
uchadir, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur. Yo
bodiyat firoq sayrida qilib, Yuz marhala qaf shahsuvorim keladur. Alisher Navoiy
Yuqorida keltirilgan lirik asarni janr xususiyatiga ko‘ra farqini aniqlang.
1. G ‘azal haqida nimalami bilasiz?
2. Ruboiyning qofiyalanishidagi o‘ziga xoslik to‘g‘risida fikr bildiring.
3.G‘azalchilikda kimlar shuhrat qozongan?
41
2.3. Ahmad Yassaviy ”’Hikmatlar”ini innovatsion usullar yordamida
sharhlab o‘rgatish
Hozirgi kunda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari
ta’limning ilg‘or texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni zamon
talabi darajasiga ko‘tardi. Bu o‘z navbatida ta’lim sohasiga texnologik
yondashuvni tatbiq etish va pedagogik usulni qo‘llash O‘zbekistonning milliy
ma’naviy-madaniy xususiyatlarini, tarixiy an’analarni hisobga olgan holda amalga
oshirishni talab qiladi. Inson mukammallikka intilib yashaydi. Qanday yashash
lozimligini ko‘rsatib turadigan andoza yaratish hamma zamonlarda ham ta’limtarbiyaning asosiy masalaridan biri bo‘lgan. Keyingi davrda ta’lim va tarbiya
masalalari bilan mashg‘ul kishilarga shu narsa ma’lum bo‘lib qoldiki, andoza va
namuna bo‘ladigan timsol va odob doirasini targ‘ib qilish bilan shaxs takomiliga
erishish dushvor bir masala ekan. Bolani o‘z erkiga qo‘yib berish, uning atrofida
voyaga etgach duch kelinadigan ijtimoiy hayot modeliga yaqin sharoit yaratib,
uning yoshi, bilim darajasiga mos axborot va bilimlar tizimi bilan ta’minlash,
ushbu ta’minotning eng samaralilarini ishlab chiqib, amaliyotga tabiq etish
zamonaviy adabiy ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan biriga aylanib qoldi.
E’tirof qilish kerakki, yuqorida qayd qilinganidek, bu borada anchagina yutuqlarga
ham erishildi. Adabiyot o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi nazariy masalalari
ishlab chiqildi. Maqola va risolalalr tarzida talaba va o‘qituvchilar hukmiga havola
qilinmoqda. Ushbu nazariy qarashlarni amaliyotga tatbiq qilish har bir o‘qituvchi,
murabbiyning o‘ziga havola. Mumtoz adabiyot namoyondalarining ijodini
o‘qitishda ko‘pincha o‘quv lug‘atlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Adabiyot fani yuzasidan o‘nlab ilmiy – didaktik adabiyotlar yaratilgan:
1. V.Rahmonov “O‘zbek klassik adabiy asarlari uchun qisqacha lug‘at”. Toshkent.
“O‘qituvchi”, 1983yil.
2. J.Lapasov “Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug‘ati”. Toshkent “O‘qituvchi” 1994
yil. 3. B.Hasanov “Alisher Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at”,
“Adabiyotshunoslik terminlar lug‘ati” kabilarni shular jumlasiga kiritishimiz
mumkin. Bu yaratilgan lug‘atlardan o‘quvchilar asar mazmunini tushunishga,
42
mustaqil ravishda asarlarni o‘qiganda, yoxud matnda notanish so‘zlar uchraganda
foydalanadilar.
Akademik litsey adabiyot darslikariga Ahmad Yassaviyning 40 ga yaqin
hikmati kiritilgan. Ushbu hikmatlarni o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanib
tahlil qilishga harakat qilamiz.
Yassaviy ijodining asosiy qismini islom dini, Alloh, Muhammad
payg‘ambar, turli pir-u mashoyixlar, tasavvuf bilan bog‘liq tafsilotlar tashkil etadi.
Ammo ana shular asosida inson ma’naviyati, poklik, jamiyat, hayot haqidagi
chuqur mulohazalar yuritiladi. Hikmatlarda yaxshilik, mеhr-oqibat, bеvabеchoralarga muruvvat ko‘rsatish, sabr-qanoat, shaxs kamoloti, vatan tuyg‘usi,
iymon va e’tiqod xususida, nafs va nodonlik, ilmsizlik va johillikning oqibatlari
kabilar borasida bahs yuritiladi. Shoir ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari
masalalarga o‘zgacha yondashadi. Qiyinchilik, musibat, mеhrsizlik, yo‘ldan
adashishni qoralaydi:
Na onoda rahm qoldi, na otoda,
Og‘o, ini bir-biriga mojaroda.
Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,
Mastlio‘ bilan qarindoshdin tondi, ko‘rung.
Ushbu hikmat avval o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittirladi. Keyin esa qaysi
mavzuda ekanligi o‘quvchilar tomonidan so‘raladi.
– bugungi kunda ham e’tiborsiz qolgan farzandlar bormi?
–rahmsizlikni qanday tushunasiz?
– qadriyatlardan bexabar yoshlar bunday muammolarga uchrashi
mumkinmi?
“Nima uchun?” jadvalli usuldan foydalanish mumkin.
–nima uchun insonga mehr zarur?
–chunki, inson tug‘ilishi bilanoq mehr orqali voyaga yetadi.
– nima uchun Ahmad Yassaviy mehr haqida hikmat bitdi?
– chunki mehrsiz qolgan farzand ushbu hikmatda aytilganidek, boda ichadi,
aka va ukasi bilan doim janjallashadi.
43
–nima uchun bugungi kunda mehrsizlik o‘qibatida muammolar kelib
chiqmoqda?
–chunki globallashuv jarayonida ota-onalar juda band, farzandlariga yetarli
e’tibor bermayaptilar, farzandlar nazoratsiz qolmoqda.
Ana shu tarzda o‘quvchilar bilan bahslashish mumkin.
“Yassaviy Ko‘ngli qatig‘ xaloyiq”ni shafqatga, g‘arib, yеtim, mazlumlarga
ozor еtkazmaslikka chaqiradi:
G‘ariblarni ko‘rgan yеrda og‘ritmangiz,
G‘ariblarga ochko‘zlanib so‘z qotmangiz.
Zaif ko‘rub g‘ariblarg‘a tosh otmangiz,
Bu dunyoda g‘ariblikdеk balo bo‘lmas.
“G‘arib” so‘zining lug‘aviy ma’nosini va nisbiy tushunchasini tahlil qilish
orqali hikmatning g‘oyasi aniqlanadi.
“Tarmoqlash” usulidan foydalanib, g‘arib kishi tahlil qilinadi.
Yassaviy hikmatlaridagi markaziy obraz-Olloh.U Xudo ishqi, ya’ni ishqi
ilohiyni tan oladi.Navoiy “Mahbub-ul qulub” asarida ishqni uch qismga
ajratgan.Uchinchisini “Haqgo‘ylar ishqi bo‘lib, ular haqning ishqi bilan
atalibdirlar”,-dеydi:
Ishq yo‘lida kеcha-kunduz yig‘lag‘onlar,
yolg‘iz
muhtoj
ilojsiz
chorasiz
bechora
G‘arib
kishiga
xos
jihatlar kimsasiz
44
Jondin kеchib bеlin mahkam bog‘lag‘onlar.
Xizmat qilib haq sirini anglag‘onlar
Tun uyquni harom qilib nolon bo‘lur.
Bu misralarda Ollohni tanish va uning ishqini idrok qilish ehtiroslarida
o‘rgangan oshiqlar nazarda tutilgan. Demak, ushbu hikmatda qiyosiy tahlil
vositasidan foydalansak bo‘ladi.
Yassaviya, Naqshbandiya tariqati asoschilari haqida ma’lumot beriladi. Ular
ijodidagi asosiy go‘ya ham Olloh ishqi mujassam ekanligi ta’kidlanadi.
“Tushunchalar tahlil” jadvalli usulda islom olamida mavjud tariqatlarni tahlil
qilishi va davom ettirishi mumkin.
Naqshbandiya tariqati dunyodan ko‘ngil uzgan
Yassaviya tariqati ruh kishilari
Iya Dunyoviy borliqdan, maishatdan voz
kechganlar
? ?
Ahmad Yassaviy hikmatlarining katta bir qismi nafs masalasiga qaratilgan.
Shoir ta’kidicha, “nafs yabon qushdеk qo‘lga qo‘nmas” bir narsa. Bu qush o‘z
xohishicha parvoz etavеrsa, odamni kundan kunga to‘g‘rilikdan ozdiravеradi.
Oqibatda esa:
Nafs yo‘liga kirg‘on kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldin ozib, to‘zib, toyib gumroh bo‘lur.
Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo‘lur...
Shoir nafs bandalariga qarata, “Nafsni tеbgil, nafsni tеbgil, ey badkirdor”,
dеb murojaat etadi. Yassaviy “olloh dardi”ni ishq o‘tlarida dilni yoqmoq,
poklanish iztiroblari, tama, yolg‘on, makr, mansab va boylik hirslariga qul
bo‘lmaslik dеb tushungan.
Hikmatlarda haqqoniy asosga ega bo‘lgan hayot haqiqati mujassam
ekanligini ushbu hikmat isbotlaydi. Haqiqatdan ham nafsni tiya bilishda gap ko‘p.
45
Qachon nafs tiyiladi? Nega nafsi buzuqlar doim jamiyatni illatlarga to‘ldiradi? kabi
savol javoblar asnosida dars jonlantiriladi.
“Zinama-zina” usulidan foydalanilgan holda nafsni tiyish zinalarini barcha
o‘quvchilar o‘zlari mustaqil tanlashlari, yozishlari kerak bo‘ladi.
Ba’zan imkonsizlik kayfiyati ifodalanadigan hikmatlarni o‘rganish ham
bugungi kun avlodi uchun juda muhim, negaki, ishtiyoq, harakat kabi
tushunchalar shundan keyin shakllansa ne ajab:
Ko‘zum namlik, dilim g‘amlik, mеn alamlik,
Nеchuk iloj aylarimni bilmom, do‘stlar.
Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib,
Qayu taraf kеtarimni bilmom, do‘stlar.
Har bir inson ruhiyatiga xos bo‘lgan xarakterlarga, hayotiy vaziyatlarga ham
munosib javob topa bilish ham ist’edod sanaladi. Yuqoridagi hikmatda
keltirilgan umidsizlikka tushish ruhiyati yetakchilik qiladi. Lekin hayot faqat
olg‘a intilishdan iborat ekan, o‘sha umidsizlik o‘rnida amaliy harakat qilinsa,
barcha muammolarga barham beriladi. “Mening tanlovim” usulidan
46
foydalanilgan holda o‘quvchilarning turli vaziyatlarga nisbatan qarashlari
muhokama qilinishi mumkin.
Yassaviy “Xalqda saxovat”, “podsho, vazirlarda adolat” yo‘qligidan
afsuslanadi. “Turluk balo xalq ustiga yog‘”ganidan achinadi:
Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo‘q,
Podsholarda, vazirlarda adolat yo‘q.
Darvеshlarni duosida ijobat yo‘q,
Turluk balo xalq ustiga yog‘di, do‘stlar.
Ijtimoiy hayot qiyinchiliklari va muammolari doimo xalqni ezgan va
qiynaganligini yaxshi bilamiz. Ana shunday mavzuda yozilgan hikmatlar yoki
she’rlarning mualliflarini va she’r nomini aytish uchun “Xotira” mashg‘ulotini
olib borish qulay hisoblanadi.
1.Turdi Farog‘iy
“Tor ko‘ngullik beklar man-man demang, qulluq qiling”, “Hazratim ochlikdan
o‘ldim, yegali non ber menga”g‘azali.
2.Sa’diy Sheroziy “Bo‘stondan hikoyatlar” shoh va kishi hikoyati.
3.Cho‘lpon “Buzilg‘on o‘lkaga” she’ri
Shu tarzda davom ettiriladi.
Yassaviy hikmatlarida asosiy o‘rinlardan birini nodonlik egallaydi: shoir
nodonlikni qoralaydi. Undan ranjiydi. Shoir “Duo qiling nodonlarni yuzin
ko‘rmay”, dеydi. O‘nlab hikmatlarida uni qoralaydi:
Duo qiling nodonlarni yuzin ko‘rmay,
Haq taolo rafiq bo‘lsa birdam turmay.
Bеmor bo‘lsa nodonlarni holin so‘rmay,
Nodonlardin yuz ming jafo ko‘rdum mano.
Ayo do‘stlar, nodon birla ulfat bo‘lib,
Bag‘rim kuyub, jondin to‘yub, o‘ldim mano.
To‘g‘ri aytsam egri yo‘lga bo‘yin to‘lg‘ar,
Qonlar yutub g‘am zahriga to‘ydim mano.
Еr ostig‘a qochib kirdim nodonlardin
47
Ilkim ochib duo tilab mardonlardin.
Farib jonim yuz tasadduq donolardin,
Dono topmay еr ostig‘a kirdim mano.
Ushbu hikmatni “Zanjir” usulidan foydalanib, salbiy ma’nodagi so‘zlarni
tahlil qilish mumkin.Shunda shoir kayfiyati yaxshi anglashiladi. Har bir misra
oxirida foydalanilgan fe’llar bo‘yicha bahslashish mumkin, insondagi qanday
kechinmalar shunday qarama-qarshi, asabiy holatlarga duch kelishi mumkinligi
mushohada qilinadi. So‘roq belgisi joylashgan o‘rinlarda nima uchun shunday
bo‘lganligi izohlanadi.
Ahmad Yassaviy shе’riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta’limoti bilan
bog‘liq. Pir, darvеsh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton,
iymonkabiobrazlartasavvufbilanbog‘liq. Yo‘l, rabot, karvon, o‘q kabilar og‘zaki
ijod an’analari bilan bog‘liq.
Shuning uchun bu obrazlar tizimini an’anaviy va tasavvufiy obrazlar bo‘yicha
tizimlash o‘quvchi tasavvurini boyitadi.O‘quvchilar jadvalni mustaqil to‘ldiradilar,
so‘roqlar o‘rniga obrazlarni yozadilar.
Tasavvufiy obrazlar An`anaviy obrazlar
48
Darvesh ?
Pir ?
Rasul Bog‘bon
Shayton Ona
Oshiq Ota
Obid Bobo
Zohid Otabek
Tolib Kumush
? ?
Ummat ?
? ?
Bеshak biling, bu dunyo borcha xalqdin o‘taro,
Ishonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan kеtaro.
Oto-ono, qarindosh qayon kеtdi-fikr qil,
To‘rt oyog‘lig‘ cho‘bin ot bir kun sang‘a yеtaro...
II bob yuzasidan xulosalar
Akademik litseylarda mumtoz she’riy asarlarni sharhlab o‘rganishda
interfaol usullardan foydalanish adabiyot o‘qituvchisining mahoratiga
bog‘liq.Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rganishda zamonaviy va milliy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi quyidagicha tahlil qilindi:
- Birinchi navbatda o‘qituvchi aruz vazni haqida chuqur ma’lumotga ega
bo‘lishi kerakligi ilmiy asoslandi.Darslikdagi murakkabliklarni oson hal qilish
uchun ko‘proq milliylikka tayangan ma’qul
- hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, uslublar, innovatsion
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’limning samaradorligini
ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda;
49
- pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llash bir
muncha ishimizni osonlashtiradi
- har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llanishi
shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba yoki o‘quvchini kim
o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq;
- Mumtoz asarlarni turli interfaol metodlardan foydalanib sharhlashda
o‘qituvchi ijodiy yondashuvining omili sifatida e`tirof etiladi;
- Ahmad Yassaviy ijodi bo‘yicha hikmatlarning tahlil qilishda jadvallardan
foydalanish, so‘z birikmasining ma’nodoshini topish kabi izlanishlar natijasida
o‘quvchi so‘z boyligi oshadi.
50
III. Bob Amaliyotga tadbiq etilgan dars ishlanmalari va slaydlar
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Sana: _____________Guruh : _____________ Fan:Adabiyot
DARSNING SHIORI: Har kuni to‘ldirib borilmaydigan bilim har kuni o‘lib
boradi…
Mavzu:
A.Navoiy “Xamsa” dostonlari tahlili
1.1 Ta’lim berish texnologiyasi
Mashg‘ulotvaqti:
80 daqiqa
Talabalarsoni: 30ta
Mashg‘ulotshakli Aralashdars
Mavzurejasi:
1. Alisher Navoiy va uning “Xamsa ”asari
2. “Xamsa” dostonlarining tub mohiyati
3. Asarlardagi qahramonlar haqida
4. Asosiy qahramonlarning o‘zigaxosxususiyatlari.
5. Obrazlar va ramzlarning rang-barangligi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Akademik litsey o‘quvchilariga Alisher
Navoiy va uning “Xamsa”asari tarkibidagi dostonlar haqida tushuncha berish.
Ularda insondagi komillik,mardlik, mehribonlik ,Ollohni sevish tuyg‘usini
shakllantirish.
Pedagogik vazifalar:
 AlisherNavoiyning “Xamsa” asari
to‘g‘risidama’lumotberish;
 Asarning mazmun-mohiyatini
tushuntirish;
 Tushunish qiyin bo‘lgan so‘z va
O‘quv faoliyati natijalari:
 Alisher Navoiy va uning “Xamsa”
dostoni haqida o‘zlari ham
qo‘shimcha ma’lumotlar aytib,
mavzuni mustahkamlash;
 Asardan namunalar aytib, ularni
51
jumlalar bilan o‘quvchilarni
tanishtirish;
sharhlab berish;
 Asardan olgan taassurotlarini
izohlash;
Ta’lim berish usllari Aralash dars, suhbat, savol-javob,
og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish
Ta’lim berish shakllari Ommaviy, jamoaviy, guruh
Ta’lim berish vositalari
Darsliklar, o‘quv qo‘llanma, shoir
asarlari, guruh doskasi, proektor,
tarqatmalar.
Ta’lim berish sharoiti O‘TV bilan ishlashga moslashtirilgan
xona.
Baholash
1.2. Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari
va vaqti
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
Tayyorgar- lik
bosqichi
1.Mavzu bo‘yicha dars
mazmunini tayyorlash;
2.Kirish ma’ruzasi
uchun taqdimot slaydlar
tayyorlash;
3.O‘quvchilarning
darsdagi faoliyatini
baholash mezonini
ishlab chiqish;
4.Foydalanilgan
52
adabiyotlar ro‘yxati
bilan tanishtirish.
1.Mavzuga
kirish
(15 daqiqа)
1.1. Mavzu nomini
aytadi. Adabiyotlar
ro‘yxatini berib, ularga
qisqacha ta’rif beradi.
(1-ilova).
1.2. Dars mavzusi, uning
maqsadi va dars faoliyati
natijalari bilan
tanishtirish.
1.3.O‘quvchilar
faoliyatini baholash
mezoni bilan tanishtirish
(2-ilova).
1.4.O‘quvchilar
bilimlarini faollashtirish
maqsadida savollar
beradi.
Tinglaydilar
Tinglaydilar
Tinglaydilar
O‘quvchilar berilgan savollarga
javob beradilar
2.Asosiy
bosqich
(55daqiqa)
2.1.Mavzuga doir
nazariy bilimlarni,
ma’lumotlarni beradi.
Tinglaydilar.
53
2.2.Darslikda berilgan
“Xamsa” asaridagi
dostonlardan parchalar
o‘qilib sharhlanadi.
2.3.Dostonlarning
mavzusi va mohiyati
yuzasidan o‘quvchilarga
savollar beradi.
2.4.Mavzuga tegishli
tarqatma materiallar
tarqatadi.
Tinglaydilar.
O‘quvchilarsavollargajavobberadilar.
O‘quvchilar guruh bo‘lib ishlaydilar.
Javob beradi
3.Yakuniybosqich
(10daqiqa)
3.1.Mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarda yuzaga
kelgan savollaga javob
beriladi.
3.2.Mavzu
xulosalanadi.Yakuniy
sharh aytiladi
Savollar beriladi.
Tinglaydilar
DARSNING BORISHI
TASHKILIY QISM
• Salomlashish, davomat
• Xonaning tozaligi
• O‘quvchilarning diqqati darsga qaratib olinadi
54
• DARSGA QANDAY KAYFIYAT BILAN KELDINGIZ???
(BELGILANG)
O‘quvchilardan sana so‘raladi, O‘quvchilarni raqamlash asosida guruhlarga bo‘lib
olamiz va guruhlash asosida birlashgan partalarga o‘tqizamiz.
I. O‘TGAN MAVZUNI TAKRORLASH:
O‘tgan mavzuni takrorlashda quyidagi metod va usullardan foydalanildi:
1.Klasster metodi
2. Baliq sekleti metodi
3. To‘rtinchisi ortiqcha metodi
4.Audio-video usuli
O‘quvchilarni baholash maqsadida guruhlarga oldindan tayyorlangan blets o‘yinlar
tarqatiladi:
55
1.KLASSTER
ALISHER NAVOIY
G‘AZALLARIDAGI
NOTANISH SO‘ZLAR
56
2.BALIQSEKLETI
3.TO‘RTINCHISI ORTIQCHA METODI
1. Gulruxi ranoqadim…..
2. Tifllar toshiki….
3.Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching…..
4.Sho‘x ikki g‘izolingni……
Mazkur o‘yin texnalogiyalarini o‘quvchilar quyidagicha bajaradi: 1.Klasster
Darslikda berilgan g‘azal, ruboiy, va boshqa janrlardagi sharh talab qilinadigan
so‘zlar yoziladi (to‘liq va ko‘p ma’lumot yozgan guruh a’lo baholanadi) 2. Baliq
skletida esa baliqning har bir qiltanog‘iga bittadan tepaga birinchi guruh savol
yozsa ikkinchi guruh javob yozadi.Dum qismiga esa oxirgi ya’ni olingan xulosa
yoziladi.
3.To‘rtinchisi ortiqcha metodida esa Alisher Navoiy qalamiga mansub
bo‘lmagan g‘azal olib tashalanadi va tezkorlik muhim sanaladi
57
4.Audio-video usulidan foydalanib
darslikdagi “Ko‘rgali husningni zoru mubtalo bo‘ldum sanga ”, “O‘n
sakkiz ming olam oshibi”, “Ko‘nglim
ichra dard-u g‘am ”, “Oshiq o‘ldum”
g‘azallarini mashhur hofizlar
tomonidan kuylanganini va notiqlar
tomonidan o‘qilganini talabalarga
eshittiriladi.Proektor orqali Navoiy davriga oid tayyorlab kelingan suratlardan
iborat video rolik taqdim etiladi. G‘azallarni yodlab kelgan talabalar aruz vazniga
solgan holda yoki kuylanganidek o‘qib sharhlab berishlari ham ushbu usulni
qo‘llash mobaynida amalga oshiriladi.
II.YANGI MAVZU BAYONI: Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va
an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy
boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida
yaratmagan.Nizomiy 1173-1179-yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin
Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror» (“Sirlar xazinasi”) nomli hamdnoma
yozadi. 1180-1181-yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra
“Xusrav va Shirin” dostonini yaratadi. 1188-yilda Shirvonshohlardan Axsatan I
Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor
Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan shoh Bahrom haqida “Haft paykar”
(“Yetti go‘zal”) maydonga keldi. 1196-1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratiladi.
Shu tariqa 1173-1201- yillar oralig‘ida - 28 yil davomida muallifning besh dostoni
dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni
jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va“Panj ganj” (“Besh xazina”)
nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi “Xamsa” vujudga kelgan. Nizomiydan yuz
yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy urug‘lar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy
(1253-1325) o‘zining “Xamsa”sini 1299-1301-yillarda yozib tugalladi. U “Matla’
ul-anvor” (“Nurlarning boshlanmasi”), “Shirin va Xusrav, “Majnun va Layli”,
“Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”)
dostonlarini yaratib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda
xamsachilik an’anasi paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa”deb
atalmog‘i uchun: a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta,
58
pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi doston
Xusrav va Shirin munosabatlariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va
Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va
beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi. Dehlaviydan qariyb 200 yil
keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi.Alisher
Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida -
turkiy tilda yozildi. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo‘ldi. U og‘ir va
mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat qisqa bir muddat - ikki
yil (1483 - 1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi.
U 1483- yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dostonini, 1484- yilda uch asarni:
“Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ishq qissalarini, “Sab’ai sayyor”
ishqiy-sarguzasht dostonini, 1485- yili esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik
dostonini yaratdi. Darslikda berilgan parchalarni o‘qib tahlil va sharh qilib
mma’lum bir ko‘nikmalarni ,bilimlarni hosil qilib bo‘lib yangi mavzu
mustahkamlanadi.
III.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
I. O‘quvchilar 6x6x6 metodi asosida 6 guruhga bo‘linishadi .
1-guruh : Xamsachilik an’anasi haqida gapiradi .
2-guruh : A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni haqida so‘zlaydi
3-guruh :“Farhod va Shirin” dostoni haqida so‘zlaydi .
4-guruh : “Layli va Majnun” dostoni haqida so‘zlaydi .
5-guruh : “Sab’ai sayyor” dostoni haqida so‘zlaydi .
6-guruh : “Saddi Iskandariy” dostoni haqida so‘zlaydi .
Har bir guruhdan hamma o‘quvchi qatnashishi shart .
Masalan : 1-guruhdan 1 o‘quvchi “Xamsa” chilik an’anasini Ozarbayjonlik ulug‘
shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan .
2-o‘quvchi : U 28 yil mobaynida yaratgan dostonlarini jamlab “Panj
Ganj” ya’ni “ Besh xazina” deb nomlaydi . U avvaldan niyat qilib besh
doston yozmaydi . Sh tariqa “Xamsa” chilik an’anasi paydo bo‘ladi .
59
3 - o‘quvchi : Nizomiy Ganjaviydan keyin Xusrav Dehlaviy o‘zining besh
dostondan iborat “Xamsa” sini yaratdi .
4 - o‘quvchi : Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun :
1) Besh dostondan tashkil topmog‘i ;
2) 1 - doston , alabatta pand - nasihat ta’limiy - axloqiy bo‘lmog‘i
3)2 - doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag‘ishlanmog‘i
4) 3 - doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib o‘lmog‘i
5) 4 - doston shoh Bahrom va 5 - doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi
.
5 - o‘quvchi ;
Emas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasiga panja urmoq
Kerak sher oldida ham shu jangi
Agar sher o‘lmasa bora palangi
deb Nizomiydek nazm ichra maydonda turmoq Navoiyga oson emas edi .
Lekin u “Xamsa” yaratish bo‘yicha undan o‘zib ketdi .
2 - guruh
Alisher Navoiyning “Hayrat ul – abror” dostoni haqida gapiradi .
1- o‘quvchi : Xamsaning 1 dostoni “Hayrat ul – abror” ( Yaxshi kishilarning
hayratlanishi nomi bilan mashhur ) .
2 - o‘quvchi : U falsafiy - axloqiy , ta’limiy asar . Aruzning sari bahrida
yozilgan .
3 - o‘quvchi : Uning hajmi 3988 baytni o‘z ichiga olgan , 63 bob bo‘lib , 21
bobi muqaddima , 20 bobi maqolot , 20 bobi hikoyat , 2 bobi xotimadan
iboart .
3 - guruh ;
“Farhod va Shirin” dostoni haqida ma’lumot beradi .
60
1 - o‘quvchi : Farhod va Shirin “Xamsa”ning 2 - dostoni bo‘lib , ishqiy
sarguzasht dostondir .
2 - o‘quvchi ; Hajmi 5782 bayt
4 - guruh
“Layli va Majnun”
1 - o‘quvchi : Navoiy bu dostonni “Xamsa” ning uchunchisi etib belgiladi .
2- o‘quvchi : Navoiyning bu asarida , ayniqsa , ruhiyat tasviriga alohida e’tibor
berilgan .
5 - guruh
“Sab’ai sayyor”
1 - o‘quvchi : “Sab’ai sayyor” ishqiy - sarguzasht qissa bo‘lib , yetti iqlim
shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi .
2 - o‘quvchi : Uning sevgilisi Dilorom o‘zining mustaqil fikriga ega to‘g‘riso‘z
qiz va hokazo ....
6 - guruh
“Saddi Iskandariy”
1- o‘quvchi : “Xamsa” ning yakunlovchi dostoni Iskandarga bag‘ishlangan .
2- o‘quvchi : “Saddi Iskandariy” dostoni Navoiy “Xamsa” sidagi hajm jihatidan
eng katta asardir .
3- reja bo‘yicha har bir guruh o‘quvchilari “Xamsa” dostonidagi o‘zlariga yoqqan
qahramon haqida gapirishadi .
Masalan : Menga “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod timsoli juda yoqdi
. Uning bilimliligi , boshlagan ishini oxiriga yetkazishi , ishqda vafodorligi menga
yoqdi .......
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari :
1. O‘z sochlariga bog‘lab sahroda tashlab ketilgan qahramon qaysi asarda
uchraydi ?
61
a) “Farhod va Shirin”da b) “Layli va Majnun”da
d) “Hayrat ul-Abror” da e) “Sabbai sayyor”da f) to‘g‘ri javob yoq
2. Komil inson tasviri qaysi qahramon orqali namoyon bo‘ladi ?
a) Moniy b) Boniy s) Farhod d) Bahrom e) Shirin
3. Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni
a) “Hayrat ul abror” b) “Xusrav va Shirin” s) “Farhod va Shirin”
d) Xamsa dostonlariga mansub emas e) “Lison ut tayr” dostonidan
O‘quvchilar pog‘anama-pog‘ana yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini yozadilar.
Shu orqali mavzuni tushunganliklarini bilib olamiz.
62
O‘quvchilarga Venn diagrammasi chizilgan qog‘ozlar tarqatiladi. Bunda ham
guruhlar bilan ishlash mumkin. Har bir guruhga oltitadan diagramma chizilgan
qog‘oz tarqatiladi. Ushbu usulning sharti quyidagicha; Diagrammaning birinchi
tomoniga ma’lum bir asarning o‘ziga xos tarafi yoziladi, ikkinchi tomoniga esa
keyingi ma’lum bir asarning birinchi asarga o‘xshamagan, unga qarama qarshi
bo‘lgan o‘ziga xos tarafi yoziladi.O‘rtasiga esa ikkala asarning o‘xshash jihatlari,
qarama-qarshi bo‘lmagan fikrlar yoziladi. Masalan, “ Farhod va Shirin” , “Layli va
Majnun” dostonlarini qiyoslash.
VENN DIAGRAMMASI
O‘xshash
Farqli Farqli
63
“KLASTER” metodi asosida fikrlaringizni bayon eting
“Xamsa”
tarkibidagi
dostonlardagi
tarixiy va arxaik
so‘zlarni doiralarga
joylang
64
Talabalarni bilimlarini mustahkamlash uchun “O‘z o‘rniga qo‘y”
mashqi.Beshta doston ham alohida mana shu shaklda tayyorlanadi.
IV.Darsni yakunlash: O‘quvchilardan yana bir bor tushunmagan savollari
so‘raladi, so‘ng uyga vazifa qilib, “Xamsa” dostonlarini to‘liq shaklda o‘qib kelish
aytiladi.
1 billoh — bu o‘rinda xalq
2 biym — badbaxt boyqush
3 quloq yolqishi — qo‘rquv
4 bumi manhus— quloq
qizishi
5 oshufta — xudo haqqi
6 xoma — so‘ng
7 summa — umid, iltimos
8 xayl — parishon
9 tavaqqu — qalam
65
V.Rag‘batlantirish: Darsda faol ishtirok etgan va etmagan talabalar rangli
kartochkalar bilan baholanadi.
DARSDAN QANDAY KAYFIYAT BILAN KETYAPSIZ???
(BELGILANG)
66
Mavzu: Z. M Bobur lirikasi
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsadi: O‘tilgan mavzuni takrorlash, lirika, g‘azal, ruboiy haqida
ma’lumot berish, ifodali o‘qishga o‘rgatish, og‘zaki nutqini
o‘stirish, lug‘at bilan ishlashga o‘rgatish;
II. Rivojlantiruvchi maqsadi:Talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqiy tafakkurini oshirish, mumtoz
she’riyatimiz namoyondalaridan faxrlanish tuyg‘usini
shakllantirish;
III. Tarbiyaviy maqsadi: Talabalarning qalbida mumtoz adabiyotimiz vakillariga
bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirish, vatanni sevish va uni qadriga
yetish va komil inson ruhida tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish.
Dars turi: bahs – munozara, musobaqa, savol- javob, suhbat,sharh
Dars uslubi: an’anaviy metod, ma’ruza metodi, faollashtirish, erkin fikr aytishga
o‘rgatish, xotirasini kuchaytirish,sharhlash,milliylik,audio-video,
Dars jihozi: darslik, badiiy asarlar, tarqatmali testlar, AKT,
Fanlararo aloqa: ona tili, tarix, tasviriy san’at
Darsning blokchizmasi
№ Darsning borishi Vaqti
1. Tashkiliy qism 10 daqiqa
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash 15 daqiqa
3. O‘tilgan mavzuni yakunlash 10 daqiqa
4. Yangi darsning bayoni 25 daqiqa
5. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
67
Darsning shiori: Vaqtingni bekorga o‘tkazmagin hech,
Ilm olish uchun o‘qi erta-kech
DARSNING BORISHI
I Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni aniqlash;
d) madhiya kuylash;
e) she’riy daqiqalar o‘tkazish
Talabalarni ikki guruhga ajratiladi va musobaqa tarzida o‘tilgan mavzu
mustahkamlanadi. Guruhlar shoir asarlari nomi bilan ataladi.
O‘qituvchi savoli : Nima uchun shunday nomladingiz va u qanday asar
O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarga beriladigan savollar:
6. Guruhlar ishini yakunlash va
baholash
5 daqiqa
7. Uyga vazifa berish 5 daqiqa
Jami: 80 daqiqa
68
1-savol: Bobur qachon va qayerda dunyoga kelgan?
2-savol: Shoirning ota-onalari haqida qisqacha ma’lumot bering.
3-savol: Bobur necha yoshida va nechanchi yilda taxtga o‘tiradi.
4-savol: Bobur hayoti davomida qanday ishlarni amalga oshirdi.
5-savol: 1526-yil 21-dekabrda shoir hayotida qanday voqea yuz beradi?
6-savol: Bobur qachon vafot etgan va uning vasiyatiga binoan uning qayerga
ko‘chirilgan?
7-savol: Bobur farzandlari haqida ma’lumot bering. Ularning ismlarini sanab
being.
8-savol: Boburning qanday asarlarini bilasiz?
9-savol: Xo‘ja Ahrorning qaysi asarini tarjima qiladi?
10-savol: “Boburnoma” qanday asar va qaysi davr voqealarini o‘z ichiga oladi?
So‘ng baholanadi? O‘qituvchi o‘tgan mavzuni yakunlaydi. Bobur haqida
yaratilgan kinofilmlar, badiiy asarlar haqida ma’lumot beradi. O‘qituvchi savol
beradi.
O‘qituvchi: Z. M. Bobur haqida kimlar o‘zlarining samimiy tilaklarini bayon
etishgan
Javoharla’l Neru: “Bobur- dilbar shaxs .... Uyg‘onish davrining tipik hukmdori,
mard va tadbirkor odam bo‘lgan”.
N. I. Veselovskiy: “Bobur botirligining cheki bo‘lmagan: uning butun hayoti jasorat
namunlari bilan to‘lib- toshib yotibdi”
Erskin: “Biz Osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari genial va talantli
kishilarni kamdan – kam uchratamiz”.
Eduard Xolden: “Bobur fe’li sajiyasiga ko‘ra Trezorga qaraganda sevishga
arzigulikdir”
69
Rajiv Gandi: “Farg‘onalik mard, nozikdid Bobur ismli yigit gang
tekisliklarimizgacha yetib kelgan, buyuk mo‘g‘illar sulolasi atalgan
saltanatimizga asos solib, o‘zini hind deb bilgan edi”
Yangi darsning bayoni
Dastlab o‘quvchilarga lirika haqida ma’lumot beriladi. Bobur o‘zbek va
fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab, 1519
– yilda Qobulda, 1528-29 Yilda Hindistonda devonlar tuzgan.Bu ikki top’lam
o‘sha joylar nomi bilan “Qobul devoni”, “Hind
devoni” deb ataladi. Qobul devoni topilgan emas.
Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan
she’rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119 tasi
g‘azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir
devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo
kabi janrlar ham o‘rin olgan. Bobur devonining
katta qismi g‘azallardan iborat. G‘azallarning ma’lum qismi hasbi hol xususiyatiga
ega bo‘lib, shoir hayotining muayyan lavhasi bilan bog‘lanadi. Uning “Topmadim”
radifli g‘azalini olaylik. Unda Samarqandday ulug‘ va muqaddas ota yurtini ikki
marotaba qo‘lga kiritib, ikki marotaba qo‘ldan berishiztirobi, madad kutgan
kishilarning loqayd va beparvoligi tug‘dirgan yo‘lg‘izlik hissi, sarsonlikda kechgan
kunlar alami an’naviy ishqiy mavzuga xos tafsillar orqali ifodalangan. Bobur
g‘azallari mavzuga ko‘ra xilma-xildir. Unda hayotga bo‘lgan mehrt aks etgan
jo‘shqin g‘azallar ham, afsus nadomat to‘la sh’erlar ham bor. Shoir hoh dunyoning
achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi,
odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz
zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Insonga
xos quvonch ham, g‘am ham bu g‘azallarda bor.Shu va boshqa ma’lumotlar aytilib
darslikda berilgan she’rlari tahlil qilinadi,sharhlanadi.
Bobur ruboiy janrida ham samarali ijod qildi. U tabiatan ijtimoiy –
falsafiy bo‘lgan ruboiy janriga kundalik hayotiy mazmunni kiritdi. Uning
70
ruboiylari sarson – sargardon kechgan hayotining iqrornomalaridan taassurot
qoldiradi. Hech bir yurt uning uchun Vatan bo‘lolmaydi.
Tole yo‘qi jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab netayin , ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Bobur she’riyatini o‘qib bir narsaga amin bo‘lasiz: u hayotni sevadi, umrning har
qanday daqiqasini g‘animat biladi. Shuning uchun har qanday og‘ir kunlarda ham
yashashga intildi, izlanishdan to‘xtamadi, ijodda davom etdi. Shoirning
hayotsevarligi, ayniqsa yoz fasli, do‘stlarninf suhbati “Sendek menga bir yori
jafokor topilmas” kabi g‘azallarida yaqqol aks etgan. Demak, shoir she’rlari
benihoya samimiy tuyg‘ular bilan yog‘rilgan.
Mustahkamlash:
Yangi mavzu yuzasidan savollar:
1. Bobur ko‘proq aysi janrda ijod qilgan?
2. Uning qanday g‘azal va ruboiylarini bilasiz?

71
ХULOSA


Bugungi mustaqillik davrida respublikamiz iqtisodiy – siyosiy , ijtimoiy –
madaniy sohalarda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib, jahon bozori iqtisodiyotiga,
maorif jabhasida jahon standarti darajasiga dadil qadamlar bilan ilgarilab
bormoqdaki, bu esa o‘z navbatida o‘qitishning yangi shakllari va metodlarini kashf
qilish, tajriba orttirish vazifasini har biri o‘qituvchi oldiga ko‘ndalang qo‘ymoqda .
“ Har bir dars – o‘qilmagan yangi bir badiiy asar, Dars tashkil qiluvchi o‘ziga xos
san’atkordir.”O‘quvchilik yillarimda ustozlarimning dars berish usullarini
kuzatganimda, ularning ba’zilaridagi allaqanday xislatlar meni o‘ziga rom etsa, qay
birlarini darslari o‘ta zerikarli onlarimga achinish hissi paydo bo‘lardi. O‘sha
paytlarda buning sababini hozirgidek chuqur idrok eta olmasamda, bir narsani
tushunardimki, o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilsa va sevsa, unga bor vujudini
baxsh eta olsa, o‘quvchilari uning darsini zo‘r hayajon va sog‘inish bilan kutadilar.
Akademik litseylar adabiy ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik vositalar bo‘lmish o‘quv dasturi, darsliklar
hamda metodik qo‘llanmalar yaratishda mantiqiy izchillik, tizimlilik qat’iy
uzviylik bo‘lishini ta’minlash bu bosqichda adabiyot o‘qitishning samaradorligini
oshirishning muhim shartidir. Akademik litsey adabiyot darslarida sharhlab
o‘qishni qanday tashkil qilish kerak, uning turlari masalasini ishimizda
oydinlashtirishga harakat qildik Ya. Avlaqulov “ Ona tili va adabiyot fani o‘zining
qiziqarliligi, hayot haqiqatini yorqin ochib berishi, jasoratga undoshi, sehrli olami
bilan o‘quvchilarni rom etishi va shuning uchun u bolalarning sevimli faniga
aylanishi kerak “ – deya ta’kidlar ekan, demak , adabiyot o‘qituvchisi o‘z fanining,
kasbining fidoiysi bo‘lishi lozimdir . Xulosa qilib aytganda , akademik litsey
adabiyot darslarida mumtoz adabiyot asarlarini sharhlab o‘rgatish o‘qituvchidan
juda katta pedagogik mahorat va ijodiy izlanishni talab qiladi . Ishonamizki, hozir
ham, kelgusida ham bo‘lajak o‘qituvchilar va tajribali o‘qituvchilar shunday yo‘lni
tutib, ijodiy tajribalarida unumli foydalanadilar..Bitiruv malakaviy ishimizda
asosan turli metodlardan foydalanib natijaga erishish-ni maqsad qildik.Bulardan
72
“Interfaol metodlar, muammoli ta’lim metodi, Sharhlash , Audio-video, 6x6x6,
to‘rtinchisi ortiqcha ,Baliq skleti, Aqliy hujum ,Tarmoqlash, Venn diagrammasi”
kabi mustaqil fikrlashga faollikka, izlanuvchanlikka ijodkorlikka yo‘llovchi ilg‘or
ta’lim usullari vositasida tashkil etiladigan darslar orqali o‘quvchilarda milliy va
umuminsoniy tuyg‘ularni tarkib toptirish va yanada yuksaltirish mumkin. Bundan
tashqari dars ishlanmalar va slaydlar yaratdik. Ularda nazariy bilimlarimizni,
interfaol usullarni amaliyotga tatbiq etishga harakat qildik. Bu texnologiyalar
mumtoz she’rlarni namunalarini sharhlashda, o‘rganishda, mavzuni o‘quvchilarga
yetkazishda, tahlil qilishda ulardan o‘rinli foydalanish zarur va muhim ekanligini
ko‘rsatdi.Tadqiqot ishimiz natijasiga ko‘ra quyidagi tavsiyalarni berish maqsadga
muvofiq:
1.Ma’naviy-ma’rifiy ta’limda akademik litsey o‘quvchilarini
tarbiyalashda milliy qadriyat turlaridan foydalanish;
2.Mumtoz she’r namunalarini shahlash asosida akademik litsey
o‘quvchilariga moslashtirilgan dars ishlanmalari tuzish yaxshi
natijalarni beradi.
3. Adabiyotimizni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarning
shakllantirishning turlari bu yoshdagi o‘smirlarning idrok qilish
jarayonini mustahkamlaydi.
4.Mumtoz adabiyot namoyondalari tomonidan bizga qoldirgan boy
me’rosini avaylab asrab, chuqur o‘rganib , uni zamon yutuqlari bilan
ijodiy boyitib akademik litsey o‘quvchilarini tafakkuri, dunyoqarashini
milliy qadriyatlar asosida shakllantirib, kundalik turmushlarida
qo‘llashga o‘rgatish muhimdir.
5.Akademik litsey o‘quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda
buyuk allomalarning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi o‘gitlari, she’rlari
pandnomalaridan foydalanib borilsa yaxshi natijalarga erishiladi.

73
Foydalanilgan adabiyotlar


1. Akademik litseylarning ijtimoiy gumanitar fanlar va horijiy filologiya
yo‘nalishidagi tarmoq talim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o‘quv
dasturlari. T., 2005, 122-bet.
2. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. - T.:Fan,
2010.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent,
Ma’naviyat, 2008. 139-bet.
4. Б.Тўхлиев. Адабиёт ўқитиш методикаси. Тошкент, Алишер Навоий
номидаги .Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010, 8-9-
бетлар.
5. Valixo‘jaev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi.Toshkent, 1993, 138-139-
betlar.
6. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-jildlik, 14-jild, T., Fan, 1967, 143-144-betlar
7. Alisher Navoiy. Asarlar, 14-jild, Toshkent, Fan, 179-bet.
8. Zahiriddin Muhammad Bobur. Muxtasar. Toshkent, fan, 1971, 25-bet.
9. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. T., O‘qituvchi, 1995.
10.Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. Toshkent, Sharq, 1999, 131-
bet.
11.Ҳаққулов И. Ким нимага таянади? — Т.: “3арқалам”, 2006. 16-бет.
12.МаллаевH. Ўзбек адабиёти тарихи. —Т. “Ўқитувчи”, 1976, 8-бет.
13.Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсириҳилол. — Т. “Шарқ
2007-й., 562-бет.
14.Носиров О. Ўзбек адабиётида ғазал. — Т.: “Ўқитувчи”, 1972.
15.ИсҳоқовЁ. Faзaл. — Т.: “Фан”, 1978 й.
16.Адабий тур ва жанрлар. Лирика. — Т.: “Фан”, 1992, 193—194-бетлар.
17.Abu Nasr Farobiy. She’r san’ati. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979. –186
b.
74
18.Ahmedov S. Adabyot darslarida epik janrlarni o‘rganish. Adabyot
o‘qituvchilariga yordam. – T.: O‘qituvchi, 1986, 92-b.
19. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. –
557 b.
20.Niyozmetova T. Adabiy ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan
foydalanish.//Til va adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar.1-
qism. T., 2008.
21.Yo‘ldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumta’lim maktablarining 8-sinf
“Adabiyot” darsligi uchun metodik qo‘llanma. – T.: Sharq, 2004.
.
22.Zunnunov A. “Badiiy asar tahlili metodikasi” Toshkent: “O‘qituvchi” 1983.
23.Zunnunov A., N.Xotamov., J.Esonov., A.Ibrohimov., “Adabiyot o‘qitish
metodikasi” Toshkent: “O‘qituvchi” 1992.
24.Yo‘ldoshev Q. , Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o‘qitish
metodikasi. Toshkent: “O‘qituvchi” 1994.
25.Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent:
“O‘qituvchi” 1996.
26.Rajabova I. Adabiyot darslarini interfaol usullarda tashkil etish. Toshkent:
“Tamaddun”, 2010.
27.Tolipov. O‘.O‘quv – tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy
etish. Toshkent: 2004.
28.Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Nashrga tayyorlovchi R.Abdushukurov.
Toshkent, 1992.
29.To‘xliyev B., Sarimsoqov B. Adabiyot (akademik litseylar uchun o‘quv
dastur). – T.: O‘qituvchi, 2000. – 288 b.
30.To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. “Adabiyot”(majmua).
Akademik litseylarning ikkinchi bosqichi uchun darslik. – “BAYOZ”, 2016.
31.To‘xliyev B., Niyozmetova R. va b. “Til va adabiyot ta’limining zamonaviy
texnologiyalari”. Toshkent, 2011.
32. www.ziyouz.com
75
33. www.wikipedia.org
Download 67.4 Kb.




Download 67.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

Download 67.4 Kb.