Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana oladi; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlashda xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qila oladi.
A2+
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi (tavsifnoma yozish, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma.)
O‘zini o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga oladi, lider bo‘la oladi, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi; konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana oladi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi.
A2+
o‘zining qiziqishlariga qarab qobiliyatlarini namoyon qila oladi, ongli kasb tanlash, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘ladi.
|