1-SINF
(33 soat, haftasiga 1 soatdan)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish.
|