O‘zbekistоn Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi




Download 55.68 Kb.
Sana15.03.2024
Hajmi55.68 Kb.
#173385
Bog'liq
Dars ishlanma Keldiyeva Tursunoy
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona-fayllar.org, 2 5253983912094350046, Sanlı izbe-izlik hám onıń beriliwi, 4 mavzu, Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi, Shablonlar bilan ishlash (1), Дастурий таъминот тизимларини лойихалаш узб, Tabiiy fandan dars ishlanma 3-sinf (1), Odam tanasi, 1- ва 2-лаборатория ишлари, Raxmonov Akbarjon

O‘zbekistоn Respublikasi
Xalq ta`limi vazirligi
Yangiqo’rg’оn tuman
xalq ta`limi bo‘limiga
qarashli 37-umumiy o‘rta
ta`lim maktabi
bоshlang’ich sinf o’qituvchisi
keldiyeva TURSUNOYning
Ona tili fanidan bir sоatlik ochiq




Yangiqo’rg’on tumani
2020
ONA TILI 3- SINF
Mavzu:. So'z turkumlari. ( 405-406-mashq)
Maqsad: Ta’limiy: “So'z turkumlari” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash,ot, sifat, fe`l,son so`z turkumlarini topish va belgilay olish, so`zlarga ma`nodosh so`zlar topishni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad:Ozoda va tartibli bo`lishni, o`z ustida ishlash va mas`uliyatli bo`lishni tarbiyalash,aqlli ,do`stlar bilan ahil –inoq bo`lishga chorlash.
Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish, bo`g`inga to`g`ri ko`chira olish, husnixat bilan yozish malakalarini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash, o`z bilimi ustida ishlash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o`zidan kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo`lish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: do`stlariga, yaqinlariga va atrofdagilarga mehribon bo`la oladi;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: maktabga kelib ketadigan vaqtni bilisoh;
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob``, kichik guruhlar bilan ishlash, o`zini –o`zi baholash metodi.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.multemedali ilovalar

Dars borishi:



1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan darsni so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

17

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`laman. 1-guruh Ot , 2-guruh Sifat , 3-guruh Son, 4-guruh Fe`l .


1-guruh Ot guruhidan nomiga oid she`r aytadi.
Shaxs-narsa nomiman,
Deyishadi meni ot,
So`roqlarim kim­­­ nima
Men bilan ko`ngillar shod.
2-guruh Sifat
Shaxs-narsa ning belgisiman,
Kattayu kichik ,ko`rkam,
Qanday qanaqa so`rog`im
Latofatga to`la qalbim.
3-guruh Son
Sonning asli nomini
Shaxs-narsa sanog`ini
Gohida tartibini,
Anglataman barini.
4-guruh Fe`l
Nomim deyishadi fe`l
Harakatlarim xilma-xil.
Bo`lishli va bo`lishsizman
Bosh bo`lakman , kesimman.
Guruhlar dars davomidagi savol va topshiriqlarga javob berish orqali o`z-o`zlarini va guruhlarini g`olibligini taminlaydilar.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: Uy vazifalari tekshiriladi. O`tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi.
1-savol. Gapni chegaralarini qanday aniqlanadi
2-savol. Gap ifoda maqsadiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi
3-savol. Gapning ohiriga qanday tinish belgilari qo`yiladi
4-savol.Bahor fasli haqida gap tuzing
Yangi mavzu bayoni:So`z turkumlari
So`z turkumlari –ot, sifat, son, fe`l. Ularning so`roqlari, gapdagi vazifasi bilan tanishmiz va eslab olamiz.
405-mashq. O`qing. Mazmunini so`zlab bering.
Multemediya orqali matn eshittiriladi.
AQL VA BOYLIK
Bir chol to`rt o`g`il bilan yashardi.Bir kuni chol
-O`g`illarim, men qarib qoldim. Orangizda birontangiz oila boshlig`i bo`lishingiz kerak. Har qaysingiz menga aqlli va davlantmand ekanligingizni ko`rsating,-debdi.
Katta o`g`il zumrad ko`zli oltin uzugini , ikkinchi o`g`il zarbof cho`ponini, ucunchi o`g`il kumush va jovohirlar qadalgan kamarini ko`rsatibdi. Chol kenja o`g`liga
-Sen nega indamaysan – debdi.
-Menga zumrad ko`zli uzuk ham, zarbof cho`pon ham , qimmatbaho kamar ham yo`q. Lekin mehnatkash qo`lim , botir yuragim , aqlli boshim bor,-debdi kenja o`g`il.
Kenja o`g`ilning javobi cholga yoqibdi. Bor –yo`gini kenja o`g`liga meros qilib qoldiribdi.

Mana matn bilan ham tanishib chiqdik. Ma`nosini so`raladi. Kenja o`g`il aqlli tufayli boylik topdi. Chunki boylikni mehnat qilish orqali topish mumkinligini u bilardi. Mehnat qilish orqali siz hurmatga, do`stlarga, boylikka erishishingiz mumkin.


Endi ajratib ko`rsatilgan gaplarni ko`chirib yozamiz.
Bir chol to`rt o`g`li bilan yashardi. Kenja o`g`ilning javobi cholga yoqibdi.
Shu gaplardagi har bir gap bo`lagi qaysi so`z turkumiga kirishini ayting.
Bir-son, chol- ot, to`rt- son, o`gli- ot, bilan- bog`lovchi, yashardi- fe`l, kenja- sifat, javob- nima, yoqibdi-fe`l.
DAM OLISH DAQIQASI
Hozir barchamiz ismlarimiz bosh harifiga mos sifat qo`yib ismlarimizni aytamiz.
Topqir Tursunoy, malohatli Munisa, jasur Johongir, zukko Zuhra, aqlli Anvarjon, bilimdon Bunyod, rostgo`y Roziya, dono Dilbar, farosatli Fotima, rahmdil Rahmonjon, oqil Ollohberdi.
406-mashq.Berilgan so`zlarga ma`nodosh so`z toping. Ma`nodosh otlarni alohida , ma`nodosh sifatlarni alohida yonma-yon qilib yozing.
Avval so`zlarga so`roq beramiz.
Toza-qanaqa, tiniq-qanaqa, do`st-kim, quvnoq-qanaqa, ovoz-nima, go`zal-qanday, shabada-nima, yaproq-nima, katta-qanday, quyosh-nima.
Endi bu so`zlarga ma`nodosh so`z topamiz.
Toza-ozoda, tiniq-zilol, do`st-o`rtoq, quvnoq-sho`x, ovoz- tovush, go`zal-chiroyli, shabada-shomol, yaproq-barg, katta-baland, quyosh-oftob.
Ma`nodosh otlarni alohida, ma`nodosh sifatlarni alohida guruhlab yozamiz.
Do`st-o`rtoq toza-ozoda
Ovoz-tovush tiniq-zilol
Shabada-shamol quvnoq-sho`x
Yaproq-barg go`zal-chiroyli
Quyosh-oftob katta-baland
DARSNI MUSTAHKAMLASH
Bahor faslini biz juda yaxshi ko`ramiz, ayniqsa varrak uchurishni yoqtiramiz. Sinfimizda ham shunday varrak bor. Uning sovollari unga uchib tetishga yo`l qo`ymayapti. Siz unga yordam berasizmi.
Guruhlar varrakdagi savollarga javob beradilar.
Varrak savollari
1.Tovushlarni nima qilamiz
2.Alifbo nima
3.Gap va so`zning qanday farqi bor
4.Matn nima
5.Nutq qanday turlari bor
6.Darak gap deb qanday gaplarga aytiladi
7.Bosh bo`laklarga nimalar kiradi
8.Ikkinchi darajali bo`lak deb nimaga aytiladi
Bildingiz birin-ketin
Barchangizga ofarin/
-So`z turkumlari
Ot ,sifat, son, fe`lmiz,
Qanday qancha qanaqa
Kim nima so`rog`imiz.
Bizlarsiz gap tuzilmas
So`z marjoni tuzilmas
Ahil bo`lsak hamisha,
Do`stlik ipi uzilmas.

1 . Darak gap berilgan qatorni oping.


A ) Bugungi darslarni qildingmi?
B ) Gulla, yashna, hur O’zbekiston!
C ) Men darslarni tayyorlab bo’ldim.
2 . – la fe’l yasovchi qo’shimchasi bilan yasalgan so’zni toping.
A ) oqla B ) lola C ) bola
3 . – illa fe’l yasovchi qo’shimchasini qo’shib yasalgan fe’l ishtirok etgan gapni toping.
A ) Asalarilar bog’, dala kezib ish…ydilar.
B ) Chumchuqlar oftobda isinib chir…ydi.
C ) Alisher kuchugini bo’ynidan quchib erka…di
4 . Fe’l yasovchi qo’shimchalarni toping.
A ) – chi, - dosh, - kor B ) – li, - chan, - dor C ) – la, illa, -ulla
5 . Chegarachi Vatanni _____. Chiziqcha o’rniga mos so’zni qo’ying.
A ) qo’riqlaydi B ) poylaydi C ) topadi
6 . Bo’lishsiz fe’l qatnashgan gapni toping.
A ) Bugun yomg’ir yog’di.
B ) Umidjon bugungi darslarini tayyorlamadi.
C ) O’rik daraxti rosa gulladi.
7 ) So’roq gap berilgan qatorni toping.
A ) Bugungi darslarni qildingmi?
B ) Gulla, yashna, hur O’zbekiston!
C ) Men darslarni tayyorlab bo’ldim.
8 . Ish so’zidan yasalgan sifatni toping.
A ) ishla B ) ishchi C ) ishchan
9 . Buyruq gapni toping.
A ) Ertaga yomg’ir yog’adi.
B ) Darslaringni tezroq tayyorla.
C ) Bolalar kitob o’qishdi.
10 . Xizmat + chi + ning asos va qo’shimchalar tartibi to’g’ri yozilgan qatorni toping.
A ) asos, so’z yasovchi qoshimcha, so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimcha
B ) asos, so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimcha, so’z yasovchi qo’shimcha
B ) so’z yasovchi qo’shimcha, so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimcha, asos
BAHOLASH
Guruhlarni yig`gan rag`bat kartochkalari sanog`iga qarab g`olib guruh aniqlanadi.
-O`quvchilar bugun darsga kimlar ko`proq qatnashdi
O`quvchilar kimlarni ismlarini tilga olgan bo`lsa shu o`quvchilar baholari aytiladi.
UYGA VAZIFA
407-mashq. O`qing. Gaplarning mazmuniga qarab ,oxiriga tegishli tinish belgisini qo`yib ko`chiring.
O`quvchilarga uy vazifa tushuntiriladi.
Istiqlol bergan ne`matni qadrlaylik. Bu darak gap.
O`quvchilar bugungi dars yoqdimi , nimasi bilan yoqdi, so`z turkumlarini qanday o`rni bor ekan. Shu savollarga o`z fikringizni bildiring va uychamizga yopishtiring.

Download 55.68 Kb.




Download 55.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistоn Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi

Download 55.68 Kb.