|
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish imkoniyatini yuzaga keltirdi
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 169 Kb. | | #233801 |
Bog'liq axrorjonova kurs 2Xulosa.
Biz tabiatning bir bo’lagidirmiz. Tabiat ona bo’lsa, biz uning vujudidan barpo bo’lgan va vaqtinchalikka ajralib chiqqan bolasidirmiz. Shuning uchun tabiatning har bir chizig’ida, detalida, hodisasida bizning rasmimiz va ruhimiz muhrlangan. Bu muhrni ochib ko’rsatuvchi shxs esa san’atkordir. Axir, shiddatimizda yozning va bahor daryolarning shiddati, isyonimizda yildirimning chaqnashi, hurriyat istagida – ozod qushlar hayoti, shamol yulqilab tushirolmayotgan yaproqda – hayotga yengib bo’lmas ishtiyoq va muhabbatmiz, tonggi oftobda – zo’rlik va istibdod zulmidan yorishgan ongimiz, sel va toshqinda – ruhning jilovlanmagan qudrati namoyon emasmi? ”Hayotning buyuk salatanati bilan o’z qondoshligini, mushtarakligini, birligini anglamaslik emas, balki anglash tuyg’usi ruhimizni tabiatning sirli hodisalarida o’z aksini ko’rishga majbur etadi deb yozadi V.Belinskiy. – Chamasi, ruhimiz insonda shaxs bo’lib qaror topgan individualligi bilan umumdan ajralib chiqqan sayin o’ziga qondoshligini sezishdan mahrum tabiat bilan yaxlitligini shu qadar jonliroq va teranroq anglay boshlaydi. Tabiatda bizning ruh yo’q, lekin bizda tabiat ruhi bor. Negaki borliqning qonuni shunday: oliy mavjuot pastrog’ini o’zida jamlagan bo’lishi shart. Ha, bizning ruhimizda tabiat bilan umumiylik bor va bu umumiylik hayotdir. Shuning uchun ham u ruhga shu qadar tushunarli va qardosh tilda ”so’zlaydi”.
O‘zbek adabiyotshunosligida obraz atamasiga ko‘plab ta’riflarni uchratishimiz mumkin. Adabiyotshunos B.Sarimsoqovning “Badiiylik asoslari va me’zonlari” asarida “…badiiylikning mohiyatini voqelikni obrazlar vositasida inʼikos ettirish tashkil etadi. Shu bois ham badiiylik - obraz, obrazlilik demakdir”1 degan fikrlarni olg‘a suradi. Obraz atamasiga turli qomuslar va lug‘atlarda etimologik izoh berilmay, lekin obrazning san’at turlarida voqelikni o‘zlashtirishning vositasi, ekanligi7. izohlanadi. Badiiy obraz xususiyatlarini o‘rganishni atamaning mazmunidan boshlagan ma’qulroq. “Obraz” atamasi “raz” (chiziq) so‘zidan olingan bo‘lib, “raz” so'zidan “razit” (“chizmoq, yonmoq, o‘ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib, o‘yib, yo'nib shakl yasamoq”) so'zi yasalgan. “Obrazit”dan “obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan. “Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so‘z bo‘lib, u voqeahodisalarning hayolda namoyon bo‘ladigan manzarasini bildiradi.8 Slavyanlar “obraz” deganda, avvalo, odamzodni azob-uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg‘ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan.2
Adabiyotshunos D.Quronov badiiy obrazga ta’rif berar ekan “borliqning san’atkor ko‘zi bilan ko‘ringan va ideal asosda ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo‘lgan aksidir” degan fikirlarni ilgari sursa, H.Umurov qarashlarida adabiyotga hayotdagi barcha unsurlar kirishini hisobga oligan holda, ularning san’atkor ongi va qalbida jilolanishi eng muhimi insonlashib bir butunlik kasb etishini obraz deb yuritish zarur qabilidagi fikrlar berilgan. Lekin V.G.Belinskiy takidlaganidek, san’atdagi eng oliy predmet – inson hisoblanishini inobatga olib obraz atamasini insonga nisbatan qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Har bir ijodkor hayotni kuzatar ekan, kuzatishlari asnosida voqeliklarni taffakkur qiladi, shu jihatdan T.Boboyev badiiy obrazni “inson hayotining badiiy manzarasi”3 deya ta’kidlaydi. Bir qator adabiyotshunoslar badiiy obraz xususiyatlari, turlari haqida to‘xtalar ekan, turlicha yondashuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, D.Quronovning “Adabiyot nazariyasi asoslari” darsligida obrazning 1. Individuallashtirilgan umumlashma; 2) konkretlilik; 3) ratsional va emotsional birlik sifatida; 4) metaforiklik; 5) assotsiativlik; 6) tugallanmaganlik; 7) ko‘p ma’nolilik kabi xususiyatlari tafsiflanadi. Adabiy asarda inson hayoti manzaralarini tasvirlash jarayonida namoyon bo‘ladigan quyidagi to‘rt bosqichni T.Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida badiiy obraz xususiyatlari sifatida tavsif beradi 1. Badiiy obrazning umumlashmaligi; 2. Badiiy obrazning konkretligi va individualligi; 9. 4. Badiiy obrazning estetik ta’sirchanligi. H.Umurovning “Adabiyotshunoslik nazariyasi” darsligida esa bu masalaga quyidagicha yondashuvni ko‘rishimiz mumkin: 1. Ko'rgazmali (illyustrativ) obrazdagi – umumlashtirish. 2. Suratli (fotografik) obrazdagi – individuallik. 3. Badiiy to‘qima. 4. Estetik ta’sirdorlik. 5. Tasavvur va aqlning ishtiroki. Adabiyotshunoslar tomonidan obraz xususiyatlariga doir yana bir farqli holat uning yaratilishiga oid nazariyalarda o‘z aksini topadi. Ma’lumki, adabiyotshunoslik ilmida obraz yaratishning ikki xil usul orqali amalga oshishini ko‘rishimiz mumkin: 1) Jamlamlash yo‘li bilan obraz yaratish – bunda ijodkor xayotdagi ko‘pgina shaxslarni kuzatish asosida ularning xarakter xususiyatlari, ruhiyati, turmush tarzi, urf-odati kabi masalalarni puxta o‘rganadi va eng muhim deb topgan jihatlarini ijodiy qayta ishlab umumlashtiradi va ma’lum bir obraz orqali ifodalaydi. Misol tariqasida T.Malikning “Alvido bolalik” asaridagi Qamariddin obrazida yozuvchi jamiyatdagi jinoyat ko‘chasiga kirgan yoshlarning tipik vakilini tasvirlagan. 2) Protatip asosida obraz yaratish – protatip yunoncha protos-ilk, dastlabki; topos-namuna, nishona degan ma’noni bildiradi. Protatip asosida obraz yaratishda ijodkor ma’lum bir tarixiy yoki zamondosh shaxslarni aks ettiradi. Bu tarzada badiiy obraz yaratishni xarakterli jihati shundaki, hayotda mavjud bo‘lgan tarixiy shaxs badiiy obraz asosini tashkil qiladi. Misol uchun I.Sultonning “Alisher Navoiy” asaridagi Navoiy, Husayn Boyqaro kabi obrazlar. XULOSA Yuqoridagi obrazlarning yaratilish asoslariga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida yana bir qator shartli ravishda obraz turlarini ko‘rishimiz mumkin. Mashur rus yozuvchisi Lev Tolstoyning quyidagi fikrlari badiiy obrazlarning turfa xil va rangbarang ekanligini ko‘rsatgandek bo‘ladi: “Odamlar daryodek gap, hammasining suvi bir xil, hamma joyda o‘sha suv, lekin daryo goh keng bo‘ldi goh tor, goh tez oqadi goh sekin, suvi goh tiniq bo‘ldi goh loyqa, goh sovuq goh iliq bo‘ldi. Odamlar ham shuunday…”
O‘zbek adabiyotshunoslari obrazlar tasnifiga to‘xtalar ekan, ularni yaratilish usuli, uslub va tasviriy vositalar, ijodiy metod asoslariga ko‘ra, asar qurulishidagi o‘rniga qarab murakkablik va ko‘lamlilik, perdmetlik va umumlashmalik darajasiga, ifoda va tasvir planlari munosabatiga ko‘ra qator turlarga bo‘lib tahlil qilingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish imkoniyatini yuzaga keltirdi
|