koʻrsatkichlar bunday tovarlarning (xizmatlarning) eʼlon qilingan narxlarining eng kam va eng
koʻp koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlgan oraliq ushbu Kodeksning 186-moddasi oʻn ikkinchi va oʻn
uchinchi qismlariga muvofiq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bunda faqat
nazorat qilinadigan bitim taalluqli boʻlgan vaqt davrida taqqoslanadigan shartlar asosida tuzilgan
bitimlar boʻyicha maʼlumotlar inobatga olinadi.
(8-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi ushbu modda qoidalariga muvofiq
aniqlangan bozor narxlari oraligʻi chegarasida boʻlsa, soliq solish maqsadlarida ushbu narx bozor
narxlariga muvofiq boʻlgan narx deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlari oraligʻining eng kam
miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, ushbu narx bozor narxlariga
muvofiq boʻlmagan narx deb eʼtirof etiladi. Mazkur nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, soliq
solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatiga teng boʻlgan narx qabul qilinadi.
(10-q.)
Soliq solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu
moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim
boʻlgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchi zararining summasi oshishiga olib
kelmasa, amalga oshiriladi.