kompaniyasida qaysi yuridik shaxs orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, nazorat qiluvchi
shaxsning ana shu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushiga mutanosib ulushda amalga oshiriladi.
(12-q.)
Agar bunda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsda
soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi lozim boʻlgan foydasining summasi nolga teng boʻlsa,
soliq toʻlovchi uni foyda soligʻi (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) boʻyicha soliq
deklaratsiyasida aks ettirmaydi.
(13-q.)
Nazorat qiluvchi shaxs quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda soliq boʻyicha soliq
hisobotini taqdim etadi, bunda ushbu soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda mazkur shaxs
tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi hisobga olinadi:
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq hisoboti taqdim etilgan soliq boʻyicha
soliq bazasini aniqlashda foyda hisobga olingan davr uchun moliyaviy hisoboti yoki moliyaviy
hisobot mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa hujjatlar;
2) agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlatning
(hududning) qonunchiligiga yoki taʼsis (korporativ) hujjatlariga muvofiq bu moliyaviy
hisobotning auditini majburiy ravishda oʻtkazish belgilangan boʻlsa yoki audit chet el tashkiloti
tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan nazorat
qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar
(ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak.
(15-q.)
Agar moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasini soliq hisobotini taqdim etish
bilan bir vaqtda taqdim etish mumkin boʻlmasa, moliyaviy hisobot nazorat qilinadigan chet el
kompaniyalari toʻgʻrisidagi bildirishnomada moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi
tuzilgan sana sifatida aks etgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim
etiladi.
(16-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning
XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million soʻmdan ortiqni tashkil etsa,
tegishli soliq boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi
qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi.
(17-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi moliya yili yakunlari boʻyicha foydani
(toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonunchiligida ushbu foydani ustav kapitalini
koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar (paychilar,
ishonchli vakillar yoki boshqa shaxslar) oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi
shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)