(4-q.)
Ushbu modda uchinchi qismining oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida
koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi oʻn
ikki oy uchun aniqlanadi.
(5-q.)
Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar
(xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga
oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish -
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida koʻrsatilgan realizatsiya
qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)