Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan nazorat
qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga
kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, -
nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim boʻlgan
foydasiga nisbatan tegishincha foyda soligʻi boʻyicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin oʻn
million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.