• 275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish
  • -BOB. ALOHIDA HOLLARDA SOLIQ SOLISHNING




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet200/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    38-BOB. ALOHIDA HOLLARDA SOLIQ SOLISHNING 
    OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
    275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv 
    yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni 
    amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish 
    va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    276-modda. Qayta tashkil etilganda soliq 
    solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    277-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni 
    olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan 
    tovarlarni olib chiqishda soliq solishning 
    oʻziga xos xususiyatlari 
    275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv 
    yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni 
    amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish 
    va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi 
    shartnomaning) ishtirokchilaridan hech boʻlmaganda bittasi Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
    rezidenti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, 
    soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu 
    Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan operatsiyalarning umumiy 
    hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb 
    yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.
    (2-q.)
    Mazkur qoida oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi 
    shartnomaga) muvofiq shirkat ishlarini yuritish kimning zimmasiga yuklatilganligidan qatʼi nazar, 
    qoʻllaniladi. 


    (3-q.)
    Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) 
    konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq operatsiyalarni 
    amalga oshirishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi 
    zimmasiga soliq toʻlovchining ushbu boʻlimda belgilangan majburiyatlari yuklatiladi. 
    (4-q.)
    Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) 
    konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni 
    (xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli 
    boshqaruvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hisobvaraq-
    fakturalarni taqdim etishi shart. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (5-q.)
    Soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi 
    (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya 
    qilish uchun olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliqni hisobga olish imkoniyati faqat 
    shirkatning ishonchli shaxsiga, basharti sotuvchilar tomonidan ushbu shaxsga soliq toʻgʻrisidagi 
    qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlsa, beriladi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (6-q.)
    Shirkatning ishonchli shaxsi tomonidan boshqa faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, 
    oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq 
    operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan va ushbu shaxs tomonidan oʻzining 
    boshqa faoliyati amalga oshirilganda foydalaniladigan tovarlarning (xizmatlarning) alohida-
    alohida hisobi mavjud boʻlganda, soliq summalarini hisobga olishga boʻlgan huquq yuzaga keladi. 
    (7-q.)
    Soliqni hisobga olishga oid qism boʻyicha xuddi shunday qoidalar konsessiya bitimiga 
    yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan 
    operatsiyalarga nisbatan belgilanadi. 
    (8-q.)
    Shirkatning soliq hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan ishonchli shaxsi, 
    konsessioner, ishonchli boshqaruvchi oddiy shirkat shartnomasini (birgalikdagi faoliyat 
    toʻgʻrisidagi shartnomani) konsessiya bitimini, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini 
    bajarish jarayonida amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini har bir koʻrsatib oʻtilgan 
    shartnoma boʻyicha alohida-alohida yuritadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish