• 44-modda. Royalti
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    42-modda. Daromad 
    Nafni baholash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin 
    boʻlgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf daromad deb eʼtirof 
    etiladi. 
    43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi
    manbalardan olinadigan daromadlar 
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchining daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
    daromadlar yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar 
    jumlasiga kiritilishi mumkin. 
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda 
    Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va 
    iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bogʻliq 
    boʻlgan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar 
    jumlasiga kiradi. 


    (3-q.)
    Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi 
    manbalardan olingan daromadlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan 
    olingan daromadlarga qatʼiy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish 
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur 
    daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish 
    mumkin boʻlgan ulushi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan 
    daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi. 
    44-modda. Royalti 
    (1-q.)
    Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun 
    toʻlovlar royalti deb eʼtirof etiladi, shu jumladan: 
    sanʼat, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazalariga
    chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, 
    audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va 
    fonogrammalarga boʻlgan mualliflik huquqlari; 
    patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga oʻxshash turlari; 
    sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika 
    sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari 
    toʻgʻrisidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan 
    qoʻllaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi tufayli) haqiqiy yoki 
    potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar 
    bunday maʼlumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud 
    boʻlmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin boʻlsa, bu axborot nou-
    xau deb tushuniladi.
    (2-q.)
    Quyidagilar uchun toʻlanadigan toʻlovlarga royalti sifatida qaralmaydi: 
    1) kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki 
    imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari 
    bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday 
    foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusxalar soni bilan chegaralangan boʻlsa; 
    2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1-
    bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari oʻzida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni 
    (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik; 
    3) kompyuter dasturlarini va maʼlumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy 
    vositalarini va axborot mahsulotlarini) ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni oʻrnatish, ularga 
    ishlov berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar 
    koʻrsatganlik; 
    4) buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish natijasi 
    hisoblanadigan, yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega boʻlgan axborotdan 
    foydalanganlik; 
    5) dasturiy mahsulotning nusxalarini ularni takrorlash huquqisiz yoki agar ularni takrorlash 
    yakuniy isteʼmolchi tomonidan foydalanish bilan cheklangan boʻlsa, tarqatishga boʻlgan huquqni 
    oʻtkazganlik. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish