(15-q.)
Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish
toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) qarz summasi;
2) kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan soliq;
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi hamda muddatlari.
(16-q.)
Tegishli hollarda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash
imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda garov predmeti boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlar,
kafillik xati yoki bank kafolati koʻrsatilishi kerak.
(17-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish
toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni
toʻlash uchun belgilangan kundan eʼtiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar boʻlgan
butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar toʻlovning koʻrsatilgan muddati ushbu qaror kuchga
kiradigan kundan oldin boʻlsa, qarz summasiga kiritiladi.
(18-q.)
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mol-mulk garovi
evaziga beriladigan boʻlsa, uni berish toʻgʻrisidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 107-moddasida
nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga
kiradi.
(19-q.)
Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad
etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi kerak. Agar soliq toʻlovchi tomonidan yuborilgan
xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandida nazarda tutilgan asoslarga
muvofiq boʻlmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash
boʻyicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(20-q.)
Soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini
berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda
shikoyat qilishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(21-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish
toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan
kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga
yuboriladi.