-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/352
Sana21.05.2024
Hajmi2,93 Mb.
#248757
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   352
Bog'liq
soliq kodeksi 2023

99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish 
toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar 
(1-q.)
Quyidagi organlar soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar 
qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb 
yuritiladi): 
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1-5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar 
boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va 
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan soliqlarni, shuningdek 
aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga 
bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga 
(bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida 
olinadigan foyda soligʻi hamda soliq agenti sifatida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi 
mustasno) ham haqli
(OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi 
tahririga qarang) 


2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6-8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va 
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni 
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin; 
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati 
bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha - bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan 
tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar 
mustasno). 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 
17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-
moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli. 

Download 2,93 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish