(13-q.)
Penyalar soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan,
shuningdek soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki hisobidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda
tutilgan tartibda majburiy ravishda undirilishi mumkin.
(14-q.)
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda
undirish ushbu Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, boshqa jismoniy
shaxslardan esa - ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(15-q.)
Ushbu Kodeksning 120-moddasi yettinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan
hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda
undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga ham tatbiq etiladi.