-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/352
Sana21.05.2024
Hajmi2,93 Mb.
#248757
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   352
Bog'liq
soliq kodeksi 2023

113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarning 
banklar tomonidan bajarilishi tartibi 
(1-q.)
Soliq organining soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi 
lozim. 
(2-q.)
Soliq organining qaroriga koʻra hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi 
oqibatida soliq toʻlovchi (soliq agenti) koʻrgan zarar uchun bank javobgar boʻlmaydi. 
(3-q.)
Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish bank soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organining qarorini olgan kundan eʼtiboran, to 
soliq organining ushbu toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olinadigan kunga qadar 
amal qiladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda yuborilganda bank ushbu qarorni olgan 
sana va vaqt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda 
belgilanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 


(5-q.)
Agar soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchining (soliq agentining) 
nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar toʻxtatib turilgan 
bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari oʻzgarsa, mazkur qaror bank tomonidan oʻz nomini oʻzgartirgan 
soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari oʻzgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi 
shart. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin 
banklar ushbu soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar 
ochishga haqli emas, bundan qonunchilikka muvofiq undiruv yoʻl qoʻyilmaydigan hisobvaraqlar 
mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish