(24-q.)
Soliq organi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingani toʻgʻrisida soliq
toʻlovchini ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin besh kun ichida xabardor qiladi.
(25-q.)
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror mol-mulk xatlab qoʻyilgan paytdan to ushbu
qaror uni chiqargan soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilingunga
qadar yoxud ushbu qaror yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingunga qadar
amal qiladi.
(26-q.)
Ushbu moddada belgilangan qoidalar yuridik shaxs boʻlgan soliq agentining mol-
mulkini xatlashga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(27-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir
soliq majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida ushbu moddaning qoidalari quyidagi
xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi:
birinchi navbatda ushbu soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul
ishtirokchisining mol-mulki xatlanadi;
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki
ushbu soliq majburiyatini bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, soliq organi yetishmagan
summa qismida ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli mol-
mulkni xatlashga haqli. Bunda soliq organining rahbari (uning oʻrinbosari) soliq toʻlovchilar
toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining boshqa
ishtirokchilari mol-mulkini qaysi ketma-ketlikda xatlashni mustaqil ravishda belgilaydi.