• 15-BOB. SOLIQ QARZINI UNDIRISH
  • 120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
  • -modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi 
    talabnomani bajarish 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
    Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik 
    faoliyatiga doir qismi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran 
    oltmish kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120-122-
    moddalarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq 
    organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq 
    toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi. 
    15-BOB. SOLIQ QARZINI UNDIRISH 
    120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    121-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi 
    pul mablagʻlari hisobidan undirish 
    122-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
    guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi 
    pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish 
    123-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish 
    124-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
    guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish 
    125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan 
    jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish 
    120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    (1-q.)
    Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda bu 
    qarzni undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 


    (2-q.)
    Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan, ushbu moddada 
    nazarda tutilgan hollarda esa - boshqa shaxslardan undiriladi. 
    (3-q.)
    Agar soliq toʻlovchining soliqlar boʻyicha qarzini uzishga doir majburiyati bank 
    kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, soliq 
    toʻlovchi soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzmagan yoki toʻliq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq 
    qarzining toʻlanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud 
    garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart. 
    (4-q.)
    Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish ushbu 
    Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
    (5-q.)
    Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish ushbu 
    Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
    (6-q.)
    Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish dastlab 
    uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, ular yetishmagan taqdirda esa mazkur 
    shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. 
    (7-q.)
    Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining yoki boshqa shaxsning 
    soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish imkoni boʻlmagan 
    qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin. 
    (8-q.)
    Agar soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan 
    tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan 
    boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin. 
    (9-q.)
    Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi toʻgʻrisida bilgan paytdan eʼtiboran oʻzining pul 
    mablagʻlarini yoki boshqa mulkini oʻzga shaxslarga bergan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi 
    shu shaxslardan undirilishi mumkin. 
    (10-q.)
    Ushbu modda sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarining qoidalari tovarlarni 
    (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yoki boshqa daromadlar yoxud pul 
    mablagʻlari yoki boshqa mulk oʻzga shaxslarga bir nechta operatsiyalar orqali oʻtkazib berilganligi 
    aniqlangan hollarda ham qoʻllaniladi.
    (11-q.)
    Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda mazkur 
    shaxslardan soliq qarzini undirish soliq toʻlovchining realizatsiya qilingan tovarlari (ishlari, 
    xizmatlari) uchun kelib tushgan tushum, boshqa daromadlari, u tomonidan oʻtkazilgan pul 
    mablagʻlari, boshqa mol-mulkning qiymati doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur 
    shaxslar toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida va soliq toʻlovchining soliq qarzi 
    miqdoriga bogʻliq tarzda ushbu qarzni undirishni koʻrsatilgan qaysi shaxslardan va qanday 
    nisbatda undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli. 
    (12-q.)
    Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq 
    qarzini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. 
    (13-q.)
    Soliqni sud tartibida undirish quyidagi hollarda ham amalga oshiriladi, agar soliqni 
    toʻlash majburiyati: 
    1) soliq organi tomonidan bitimni tavsiflashni, soliq toʻlovchining maqomini yoki faoliyati 
    xususiyatini oʻzgartirishga asoslangan boʻlsa; 


    2) oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan transfert narx 
    belgilash chogʻidagi soliq nazorati natijalariga koʻra yuzaga kelgan boʻlsa. 
    (14-q.)
    Ushbu bobning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali 
    tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar boʻyicha soliq qarzini undirishga, 
    shuningdek soliq agentlarining soliq qarzini undirishga ham tatbiq etiladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish