(2-q.)
Tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida boʻlinmalar
kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga
qoʻyilishi lozim.
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan
savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan
yuridik
shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyiladi.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida
yirik soliq toʻlovchilarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali
amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida
hisobga qoʻyilishi lozim.
(6-q.)
Jismoniy shaxslar oʻz yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
(7-q.)
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk
joylashgan
yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa
asoslarga koʻra hisobga qoʻyilishi lozim.
(8-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organlarida hisobga qoʻyish
tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi.
129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi
(1-q.)
Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda olinadigan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish,
agar ushbu moddada
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga
oshiriladi.
(2-q.)
Soliq organlari oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchilar hisobga
olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobi yuritilishini
taʼminlashi shart.
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan
maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga qoʻyish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
1) yuridik shaxs oʻzi
joylashgan yerida, filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan yerida;
2) chet el notijorat nohukumat tashkilotining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston
Respublikasi
hududida boʻlinmasi orqali amalga oshirish joyida;
3) yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyida yoki oʻz yashash
joyida.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
(4-q.)
Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali oʻz
faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga
oshiriladi.
(5-q.)
Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik
shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik
shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
(6-q.)
Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston
Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz
kalendar kundan
kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs
tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini tugallagan kundan eʼtiboran oʻn
besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi.
(7-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza berilayotganda chet el yuridik
shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning oʻzida soliq organiga hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish)
uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-q.)
Chet el yuridik shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining soliq
rezidenti sifatida soliq
organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik
shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi
(Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida
amalga oshiriladi.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan
savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik
shaxslarni hisobga qoʻyish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.