garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan
aksiz
toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan berish;
aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul berish;
aksiz toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash yoki
dividendlar toʻlash hisobidan berish;
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
hissa
sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha
sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda
yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan
ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi)
qaytarib sotib
olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar
qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish,
shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli
boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan,
aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom
ashyo va materiallarning
mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga
realizatsiya qilish yoki
ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aksiz toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish;
9) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) Oʻzbekiston
Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi,
yoʻqotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor
tomonidan tovarning qiymati sugʻurta orqali toʻlangan yoki uning oʻrni qoplangan taqdirda, aksiz
soligʻi sugʻurta orqali toʻlash (oʻrnini qoplash) ulushida toʻlanadi.
(2-q.)
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida)
realizatsiya qilish;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi
tahririga qarang)
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab
chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni keyinchalik Oʻzbekiston
Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
3) ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga
suyultirilgan gazni maishiy
ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz toʻlanadigan tovarlarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda
insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
davlatlar,
hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan
texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirish;
agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro
moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
5) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq
solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy
shaxslar tomonidan import
qilish. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar
tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini
sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining
texnik vositalari;
7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya
hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari)
mahsulotlariga.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)