49-modda. Qimmatli qogʻozlar (1-q.)
Qimmatli qogʻozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi
oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar
tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir.
(2-q.)
Qimmatli qogʻozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari,
depozitar tilxatlar, opsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari kiradi, shuningdek qonunchilikka
yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq qimmatli qogʻozlar
deb eʼtirof etiladigan boshqa qimmatli qogʻozlar kiradi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(3-q.)
Qimmatli qogʻozlarni emissiyaviy qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan
qonunchilik bilan belgilanadi.
(4-q.)
Agar qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiya muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar mezonlariga muvofiq boʻlsa, soliq toʻlovchi uni mustaqil
ravishda soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiyalar jumlasiga
yoki muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar jumlasiga kiritishga haqli.
(5-q.)
Soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida
rioya etilgan taqdirda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlayotgan
qimmatli qogʻozlar (muomaladagi qimmatli qogʻozlar) deb eʼtirof etiladi:
ular qimmatli qogʻozlar savdolarining hech boʻlmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan
muomalaga kiritilgan boʻlsa;
ularning narxlari (kotirovkalari) toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon
qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday
manfaatdor shaxsga qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran
uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa;
soliq toʻlovchi bu qimmatli qogʻozlarga doir bitimni tuzgan sanadan eʼtiboran oʻtgan ketma-
ket uch oy ichida ular boʻyicha hech boʻlmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan
boʻlsa (bundan qimmatli qogʻozlarni birlamchi joylashtirish chogʻidagi bozor kotirovkasining
hisob-kitobi mustasno).